• Ijodiy o‘yinlar va ularga rahbarlik.
  • О‘yin nazariyasining asosiy masalalari




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet30/106
    Sana02.08.2024
    Hajmi3,92 Mb.
    #269074
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   106
    Bog'liq
    Pedagogikasi

    7.2. О‘yin nazariyasining asosiy masalalari
    0 ‘yinning mohiyati va o ‘ziga xos xususiyatlari. 
    0 ‘yin — 
    buyumli predmetli va ijtimoiy voqelikda harakat qilish va uni 
    anglashga yo‘naltirilgan jarayondir. U o ‘zining kelib chiqish, 
    yo‘nalish va mazmuniga ko‘ra ijtimoiy voqelik hisoblanadi. 0 ‘yin, 
    bu — bola faoliyatining yorqin turi. Unda maqsadning mavjudligi, 
    sabablar, amalga oshirish vositalarining rejali harakatlari, natijaning 
    mavjudligi uning o ‘ziga xosligidir. Xususiyatlarning orasida 
    sabablaming o‘ziga xosligi asosiy hisoblanadi. 0 ‘yin jarayonida 
    bolaning psixik bilish jarayoni, irodasi, hissiyoti, ehtiyoji va 
    qiziqishlari, ta’sirchanligi — uning butun shaxsiyati shakllanadi.
    Bola o‘yinda o‘zining bevosita ehtiyoj va qiziqishlaridan kelib 
    chiqadi. Bolalarning o‘yinlari o‘zining rang-barangligi bilan ajralib 
    turadi. 0 ‘yin o‘z mazmuni va tashkil etilishi, bolalarga ta’sir ko‘r- 
    satish darajasi, buyumlaming turlari hamda kelib chiqishiga ko‘ra 
    ijodiy va qoidali o‘yinlarga bo‘linadi.
    58


    Ijodiy o‘yinlar — bolalarning mustaqil, ijodiy, o‘zlari o‘ylab 
    chiqqan 
    0
    ‘yin, majmuyi. Bunda bolalar o‘z taassurotlari, borliq 
    hayotdagi tusnunchalari va unga bo‘lgan o‘z munosabatlarini aks 
    ettiradi. Ijodiy o‘yinlar quyidagi turkumlarga bolinadi:
    • sujetli-rolli;
    • dramalashtirilgan;
    • qurilish;
    • tabiat materiallari bilan o‘ynaladigan o‘yinlar.
    Ijodiy o‘yinlar va ularga rahbarlik. 
    Ijodiy o‘yinlar boshqa tur 
    o‘yinlardan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
    1. 0 ‘yin mazmunining o‘ziga xosligi.
    2. Rollaming mavjudligi.
    3. XayoUy vaziyatning mavjudligi.
    0 ‘yin mazmunining o‘ziga xosligi uning eng muhim xususiyat- 
    laridan biridir. Pedagog va psixologlarning tadqiqotlari shuni 
    ko‘rsatadiki, kattalarning ijtimoiy hayoti o‘zining rang-barang 
    ko‘rinishlari bilan sujetli-rolli o‘yinlarning mazmuni bo‘lib xizmat 
    qilar ekan. Ular bolalar kattalar ijtimoiy hayotining namunasini 
    oladigan faoliyat turi o‘yin ekanligini asoslab berdilar.
    Ijodiy o‘yinlar sujetlari va mazmunining rang-barangligi, ulami 
    tavsiflash zaruratini keltirib chiqaradi. Sujet o‘yin faoliyati tizimida 
    asosiy komponent sifatida o‘z ichiga personajni, hayotiy vaziyatni, 
    harakat va personajlar munosabatini oladi. Ijodiy o‘yinlarda xayoliy 
    vaziyatning mavjud bolishi bolaning tafakkurini o‘stirib, sujet va 
    rollar o‘yin mazmunini takomillashtiradi. Ijodiy sujetli-rolli o ‘yin- 
    laming o ‘ziga xos sabablari mavjuddir. Buning eng asosiy sababi
    — bolalarning kattalar bilan birgalikda ijtimoiy hayot kechirishga 
    intilishidir. Bu sabablar bolaning yoshiga qarab, о ‘yin mazmuniga 
    qarab o ‘zgarib boradi. Kichik yoshdagi bolalarda asosiy sabab 
    buyumlar bilan bajariladigan qiziqarli harakatlar bo‘lsa, bola katta 
    bolgan sari o‘yindagi kattalar harakatlarini va munosabatlarini 
    qayta aks ettirish asosiy sabab b o lib xizmat qiladi. Shunga ko‘ra, 
    o‘yinlami sujeti, mazmuniga ko‘ra uch guruhga bolish mumkin:
    1. Maishiy o‘yinlar (oila, bolalar bog‘chasi va boshqa voqelikni 
    aks ettiradigan).
    2. Mehnat mavzuyidagi o‘yinlar (oila va kattalar mehnatida 
    ishtirok etish, o‘z-o‘ziga xizmat va boshq.).
    3. Ijtimoiy mavzudagi o‘yinlar.
    Bolalar rollami tanlab o‘ynaydilar. Sujetli-rolli o‘yinlarda xatti- 
    liarakatlarni, qoidalarni egallash asosida, rolda mujassamlash-
    59


    tirilgan axloqiy qoidalar ham o‘zlashtiriladi. 0 ‘yinda kishilar tur- 
    mushiga, ishlariga, jamiyatdagi xulq-atvor me’yor va qoidalariga 
    ijobiy munosabat shakllantiriladi. Xuddi shu jarayonda o‘yin muo­
    mala madaniyatini shakllantirish vositasi sifatida ham yuzaga ke- 
    ladi. Aqliy tarbiyaning asosiy vositalaridan biri sujetli o'yin hi- 
    soblanib, unda bola atrof-muhitdagi voqea va hodisalarni aks et- 
    tirib, xayolan ularni qayta tiklaydi. 0 ‘yinning xayoliy vaziyati 
    bolaning aqliy faoliyatining rivojlanishiga doimo ta’sir ko‘rsatadi.
    D.B. Elkonin sujetli-rolli o ‘yinni birgalikda o'ynaladigan 
    o ‘yinda tasvirlanayotgan voqealarga, harakatlarga, buyumlarga 
    nisbatan o ‘z nuqtayi nazarini boshqalar nuqtayi nazari bilan 
    jamlash masalasi shakllanishi natijasida yalpi tafakkur bosqichiga 
    o‘tishga imkon beruvchi bilishga oid jarayon yuz berishini ta ’kid- 
    lab o‘tgan.
    0 ‘yinning san’atga yaqinligi sujetli-rolli o‘yinlardan estetik 
    tarbiyada foydalanish imkonini yaratadi. Bola o‘yinidagi ijodkorlik 
    bilan bog‘liq bo‘lgan tuyg‘ular estetik tuyg‘ularga yaqin turadi. 
    0 ‘yinda bolaning katta harakat tajribasi shakllanadi. Turli harakat- 
    lami rivojlantirish va takomillashtirish uchun qulay sharoit yara- 
    tiladi, bola rolga kiradi, o‘z roliga oid xatti-harakatlami amalga 
    oshirish uchun tasvirlayotgan rollaming o‘ziga xos xususiyatlarini 
    ongli ravishda ifodalaydi.
    Ikki yoshdagi bolalar hayotida sujetli o‘yinchoqlar bilan juda 
    oddiy o ‘yinlar o ‘tkaziladi. Bolalar bu o ‘yinchoqlarni qo‘lda ushlab 
    yuradilar, siqib ko‘radilar, yerga tashlab ko‘radilar, o‘yinchoqlarni 
    g‘ildiratadilar, o‘yinchoqda nima tasvirlanganligiga e’tibor ber- 
    maydilar. Bu yoshda kundalik hayotda tevarak-atrofdagi katta 
    kishilar va bolalar harakatini kuzatib borishni, bu harakatlami 
    o‘z o‘yinIarida aks ettirishni o‘rgatish lozim (masalan, qo‘g‘irchoqni 
    ovqatlantirish, uyquga yotqizish va boshq.).
    Bu yoshda buyumli о‘yin bir necha bosqichda amalga oshiriladi:
    1-bosqichda bolalar o‘yinchoqlar bilan kattalar harakatlariga 
    taqhd qiladilar;
    2-bosqichda o‘zlashtirgan harakatlami mustaqil bajara bosh- 
    laydilar, so‘ngra bu harakatlami boshqa buyumlarga ko‘chiradilar;
    3-bosqichda tasviriy o‘yin vujudga keladi, uning mazmunini 
    shartli qurollar bilan bajariladigan harakatlar tashkil qiladi.
    Bola kundalik hayotda kuzatgan buyumlar bilan bajariladigan 
    harakatlarga taqlid qiladi (gazeta o‘qiydi, yer chopadi, kir yuvadi), 
    bulaming hammasi sujetli-rolli o‘yin uchun sharoit yaratadi.
    60


    Uch yoshga qadam qo‘ygan bolalar bilan suhbatlar, kuzatishlar 
    o‘tkazish, ularga hikoya va ertaklar o‘qib berish, maslahat berish 
    orqali o‘yinlarga qiziqtirish kerak. 0 ‘yinda bolalami katta ish-ha- 
    rakatning faqat tashqi tomonigagina taqlid qildirmay, balki ularni 
    odamlaming, mehnatga bo‘lgan munosabatlariga ham taqlid qil- 
    dirish, bolalarda ahillik bilan o‘ynay olish, rollarni taqsimlay bi­
    lish, ko‘zlangan maqsadga erisha olish, ko‘nikmalarini tarbiyalash, 
    tortinchoq va uyatchan bolalarga loyiq rollarni taklif qilib, ulaming 
    o‘yinga qo‘shilishiga yordam berish kerak. Bolalarda xayol tasav- 
    vurlarini o‘stirish ularda mustaqil biron yangi o‘yinni ijod etish, 
    bu o‘yinga kerakli narsalami tanlash, binolar qurish, ba’zi o‘yin- 
    choqlami o‘z q o li bilan yasash, badiiy mashg‘ulotlarda orttirgan 
    malakalarini o‘yinda qo‘llash, qo‘shiqlar aytish, she’r o‘qish, 
    chizgan rasmlaridan va yasagan narsalaridan foydalanish istagini 
    uyg‘otadi.
    Jamoa 

    Download 3,92 Mb.
    1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   106




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish