3—4 yoshli bolalar bilan о ynaladigan о “yin turlari:
«Ot o‘yim>,
«Kesak qo‘ydi», «Ko‘z boylagich», «Choriy chambar», «Awala-
kam», «Tayoq irg‘itish», «Quloq cho‘zish», «Chitti gul», «Xolam
mehmonga keldi», «Uchdi-uchdi».
4—5 yoshli bolalar bilan о ynaladigan о yin turlari:
«Chir ay-
lanma», «Chillak», «Tortishmachoq», «Lafta», «Dor o‘yin», «Ko‘p-
kari», «Berkinmachoq», «Jami», «Chertan devor gir-gir aylan».
K atta yoshdagi bolalar uchun o ‘yinlar:
«Chavandozlar»,
«Doiraga tort», «Do‘ppi yashirma», «Sapalak», «Besh tosh», «Oq
terakmi ko‘k terak». Bu o‘yinlar orqali bolalarda chaqqonlik, o‘z-
o‘zini boshqara olish va o‘ziga ishonch tarbiyalanadi, qat’iyatlilik
ko‘nikmalari shakllanadi, fikrlashga o‘rgatilib
boriladi, topqirlik
qobiliyatlari rivojlanadi, hoziijavob bo‘lishga tayyorlanib boriladi.
Xalq harakatli o‘yinlarini tashkil etish va bolalarga o‘rgatishda
quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:
1. Bolani ruhiy jihatdan o‘yinga tayyorlash.
2. O'yin jarayonida bolalaming jismoniy
tayyorgarligi va yosh
xususiyatlariga e’tibor berish.
3. Har bir o'yinning pedagogik tomonlarini nazardan qochir-
maslik.
4. 0 ‘yinlarni ijtimoiy-foydali mehnat bilan bog‘lagan
holda
hayotga tatbiq etish.
5. 0 ‘yin davomida o‘zaro munosabatlami yanada mustahkamlash.
6. Jamoa bo‘lib birgalikda harakat qilish,
jamoa manfaatiga
hurmat va e’tiborli bo‘lish.
0 ‘zbek xalqining ermak va ovutmachoq o‘yinlari bilan, asosan,
bolaning ilk yosh davridan boshlab shug‘ullanib boriladi. Bu o ‘yin-
lar asosan kattalarning bevosita rahbarligida harakat va so‘zlaming
uyg‘unlashuvi bilan o‘ynatiladi. Masalan, «Barmoqlar», «Sich-
qon-sichqon» o‘yinlari orqali bolalarda xushchaqchaqlik kay-
fiyatlari hosil qilinib tasawurlari o‘sib boradi. Xalqimizda «Bolaning
ilonni changallaydigan davri» degan ibora bor.
Bu hikmat bola hali
qo‘rqish hissini bilmaydigan davrida, ya’ni yaxshi-yomonni ajrata
olmaydigan vaqtida qo‘llaniladi. Xuddi shu davrda «Sichqon-sichqon»
o‘yini qo‘l keladi.
Ilk yoshdagi bolalar dastro‘moldan yasalgan «sichqon»ning
harakatlanishidan
qattiq zavqlanib, qiyqirib yayraydilar. «Sich-
qon»ni harakatlantiruvchi katta odam uning juda chaqqonligini
namoyish etishi kerak. Bu ovutmachoq go‘dakka sichqon shakli va
uning juda yugurdakligi to ‘g‘risida tasawur hosil qilishga ko‘mak-
69
lashadi. Ermak o‘yinlardan «Oymoma», «Bog‘ga kirsam maylimi»,
«Alla», «Aji-aji», «Boylandi», «Chapakka-xo-chapakka»
orqali
bolalarni muloqotga o‘rgatib boriladi. Bu jarayonda bolalarning
eshitish, ko‘rish, sezish, his qila olish
kabi sensor qobiliyatlari
faollashadi. Bolalarning nutq faolligini o‘stirish maqsadida aytishma