Bilishga doir ruhiy jarayon —
sezgi, idrok, xotira, xayol,
tafakkur, nutqni rivojlantirish aqliy
tarbiyaning muhim vazifa-
sidir. Tevarak-atrofni bilish sezish va idrok etishdan boshlanadi.
Ularning rivojlanganlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, borliqni
bilib olish imkoniyati shunchalik ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun
uni bog‘cha yoshidan boshlab rivojlantirib borish zarur.
Bilishga qiziqish va aqliy qobiliyatni, aqliy mehnat madaniyatini
rivojlantirish.
Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini,
ularning sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida bilishga qi
ziqish hosil qilishdan iborat.
Aqliy tarbiyaning
vazifasi uning mazmuni, metodi va tashkil
etilishiga qarab belgilanadi.
Pedagogika fani aqliy tarbiya berish vazifalarini samarali hal
etishda bolaning imkoniyatlaridan to ‘g‘ri foydalanish, bola orga-
nizmining umumiy charchashiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan
ortiqcha yuk b o ‘lmasligi yo‘llarini topish uchun maktabgacha
tarbiya yoshidagi bolalaming aqliy rivojlanishi qonunlari va im-
koniyatlarini o ‘rganish bilan shug‘ullanadi.
Keyingi yillarda olib borilgan psixologik-pedagogik
tadqiqot-
laming natijalari maktabgacha tarbiya yoshi davrida bolalaming aqliy
rivojlanishida juda katta imkoniyatlar mavjudligini ko‘rsatadi. Bulami
hisobga olgan holda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga
beriladigan bilim, malaka va ko‘nikmalami yanada chuqurlashtirish,
hajmini kengaytirish maqsadga muvofiq.
Maktabgacha tarbiya yoshining oxiriga kelib bolalar tevarak-
atrof to ‘g‘risida kattagina hajmdagi eng oddiy bilim va tushun-
chalarga ega boMib qoladilar, asosiy fikrlash jarayonini egallab
oladilar,
narsa va buyumlardagi, voqealardagi muhim va muhim
bo‘lmagan tomonlami ajrata oladigan bo‘lib qoladilar. Ularda o‘quv
faoliyatining dastlabki ko‘rsatkichlari shakllanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshining dastlabki bosqichlarida bola
larda tasawur ta ’limi bo‘ladi. Hayotiy tajribaning ortib borishi va
tafakkurning rivojlanishi bilan ijodiy xayol tarkib topadi. Kichik
maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun ko‘rgazmali-hara-
katli, ko‘rgazmali-obrazli tafakkur xosdir. Buning asosida so‘z,
mantiqiy tafakkur, tushunchali tafakkur rivojlantiriladi. Tarbiyachi
bolalarda tafakkur faoliyatini tarkib toptirishi, bu hodisalarni,
voqealami chuqur anglab olish, ularning muhim bo‘lgan va mu
him bo‘lmagan tomonlarini ajratishga o‘rgatishi lozim.
83
Qiziquvchanlik bolaga xos xususiyatdir.
U bolaning tevarak-
atrofdagi voqea-hodisalarga, narsa va buyumlarga qiziqish bilan
qarashida, hamma narsani ushlab, his qilib, diqqat bilan ku-
zatishida namoyon bo‘ladi. Tarbiyachi
kuzatishlar tashkil etib,
bolalarda paydo bo‘lgan savollarga o ‘z vaqtida javob berishga ha
rakat qiladi, ularni mustaqil javob qidirishga yollab, maktab
gacha tarbiya yoshidagi bolalarda qiziquvchanlikning susayishiga
yo‘l qo‘ymaydi.
Aqliy tarbiyaning vazifasi bolalar qiziquvchanligini, ulaming
sinchkovligini rivojlantirish va shular asosida biUshga qiziqish hosil
qilishdan iborat.
Bolalar bog‘chasi oldida bolalarning aqliy qobiliyatini rivoj
lantirish vazifasi turibdi. Qobiliyatlar tegishli faoliyat jarayonida
namoyon boladi va rivojlanadi. Inson ziyraklik, fahm-farosatlilik,
tanqidiy ko‘z
bilan qarash, sermulohazalik kabi sifatlari bilan aj-
ralib turishi mumkin. Aqliy ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish,
ya’ni eng oddiy faoliyat usullari, predmetlami tekshirish, ulardagi
muhim va muhim bolm agan belgilami ajratib ko‘rsatish, boshqa
predmetlar bilan taqqoslash va hokazolami tarkib toptirish mak
tabgacha tarbiya yoshidagi bolalarga aqliy tarbiya berish vazifalari-
dandir. Bu ko‘nikma va malakalar bilish
faoliyatining tarkibiy
qismlari bo‘lib, bolaga bilimlami muvaffaqiyatli egallab olishga
yordam beradi. Masalan, o‘simliklar va hayvonlar bilan tanishtirish
bo‘yicha sistemali mashg‘ulotlar olib borilgandan keyin bolalar
ayrim o‘simliklar yoki hayvonlar to ‘g‘risida m a’lum bir tasawurga
ega bo‘ladilar.
So‘ngra bolalardagi aqliy ko‘nikma va malakalarni rivojlan
tirish maqsadida tarbiyachi bolalar bilan quyidagi mashg‘u-
lotlarni o ‘tkazishni rejalashtirishi mumkin: «Paxta o ‘simligini
momaqaymoq o ‘simligi bilan taqqoslash», «Qafasdagi ikki xil
qushni bir-biriga taqqoslash» didaktik o ‘yini va sh.k. Eng muhimi
shundaki, bolalarga bilim beribgina qolmasdan,
ularni olgan
bilimlaridan aqliy va amaliy vazifalarni hal etishda foydalanishga
o ‘rgatish zarur.
Ilk va bog‘cha yoshi davrida bolalarda tevarak-atrofga bolgan
qiziqish juda tez o ‘sadi. Qiziqish bolaning aqliy rivojlanishini
harakatga keltiruvchi qudratli kuchdir. Kattalar bolaning qi
ziquvchanligini, bilishga b o lg an har qanday xohishini sezishlari
va rag‘batlantirib borishlari kerak.