• Birinchidan, rivojlantiruvchi pedagogik oyinlar maxsus topshiriqlar majmuasidan iborat bo‘ladi. Ikkinchidan
  • Uchinchidan, topshiriqlar mustaqil bajarilishini ta’minlash 77
  •  ‘yin vositalari bo‘yicha




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet44/106
    Sana02.08.2024
    Hajmi3,92 Mb.
    #269074
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   106
    Bog'liq
    Pedagogikasi

    0 ‘yin vositalari bo‘yicha: 
    o‘yin vositalari (koptok, piramida
    kub va boshq.) bilan amalga oshiriladigan o‘yinlar va o‘yin vosi- 
    talarisiz amalga oshiriladigan o‘yinlar xontaxta ustida, xonada va 
    dalada o‘ynaladigan o‘yinlar, kompyuter va televizor o‘yinlari kabi 
    texnik vositalar.
    Maktabgacha ta’limda yoshi kattalarning to ‘plagan tajribasini 
    kichik yoshdagilarga singdirish jarayonida o‘yinlar ta’lim metodi 
    sifatida namoyon bo‘ladi. 0 ‘yin metodlariga qarab maktabgacha 
    ta’lim vazifalaridan kelib chiqib, predmetli, sujetli-ishchan, dra- 
    malashtirilgan o‘yinlardan keng foydalaniladi.
    Maktabgacha ta ’limda rivojlantimvchi pedagogik o ‘yinlarni 
    o ‘quv tarbiya jarayonida qo‘llash quyidagi o‘ziga xos xarakterga ega 
    bo‘ladi. 
    Birinchidan,
    rivojlantiruvchi pedagogik o'yinlar maxsus 
    topshiriqlar majmuasidan iborat bo‘ladi. 
    Ikkinchidan,
    o‘yin fao- 
    liyatidagi topshiriqlar rangli kublar, g‘ishtchalar, kvadratlar, plas- 
    tilin, karton qog‘ozlar, konstruktor-mexanik majmualarida turli 
    ornament, rasm va jimjimador predmetlar vositasida amalga oshi­
    riladi. 
    Uchinchidan,
    topshiriqlar mustaqil bajarilishini ta’minlash
    77


    maqsadida ulami osondan qiyinga tomon, aniq vaqt oralig‘ida sifatli 
    bajarilishini ta ’minlash darkor.
    Maktabgacha ta’lim muassasalarida interfaol o ‘yinlardan foy- 
    dalanish ijobiy natijalarga olib keladi. Bu o'yinlar jarayonida bola 
    passiv obyektdan faol subyektga aylanadi. Tarbiyachining asosiy 
    vazifasi esa o‘yinni tashkil etish, bolalar ijodiga sharoit yaratishdan 
    iborat.
    Interfaol o ‘yinlar jarayonida bola mustaqil fikrini to ‘g‘ri bayon 
    etishga, boshqalarni tinglashga o ‘rganadi, boshqacha qilib ayt- 
    ganda interfaol o ‘yinlar orqali kelajakda har bir bola uchun zarur 
    bo‘lgan ijobiy sifatlar shakllantiriladi. Interfaol o ‘yinlarni sama- 
    rali o‘tkazish uchun quyidagi qoidalarga e’tibor berish lozim:
    1. Mashg‘ulot oldidan bolalar o‘yin qoidalari va mazmu nini 
    qay darajada tushunganliklarini aniqlash.
    2. Bolalarning yosh xususiyatlari va bir-birlariga bolgan muno­
    sabatlarini hisobga olish.
    3. Har bir bolaning qobiliyati va psixologik xususiyatlarini e’ti- 
    borga olish.
    4. 0 ‘yin jarayonida bolalarga qiziq bolgan materiallardan foy- 
    dalanish.
    5. Diqqat va e’tibomi jalb etadigan uslublarni izlab topish.
    6. Bolalarga rollarni to ‘g‘ri taqsimlash.
    7. 0 ‘yindan qanday m aqsadda foydalanish m um kinligini 
    bilish.
    8. 0 ‘yinning asosiy bosqichlari haqida tasawurga ega bo‘lish va 
    natijalarini prognoz qilish.
    Pedagogik nuqtayi nazardan to ‘g‘ri tashkil etilgan o ‘yin bo­
    laning axloqiy, irodaviy xususiyatlarini shakllantirish bilan birga 
    unda bilim olishga, atrofdagi olam sirlarini ochishga qiziqish uy- 
    g‘otadi. Shuning uchun maktabgacha ta ’lim muassasalarida o‘yin 
    texnologiyalaridan keng foydalanish kerak.
    0 ‘yinlar texnologiyasi tushunchasi pedagogik texnologiyaning 
    tarkibiy qismidir. 0 ‘yin texnologiyasi an’anaviy ta’limdagi o‘yin 
    metodidan o'zining aniq maqsadi, amalga oshirish kerak bolgan 
    jarayonlarning mantiqiy ketma-ketligi va o‘zaro bogliqligi, oldin­
    dan belgilangan natijalarga erishish kafolati bilan farq qiladi.
    Xulosa qilib shuni ta’kidlash kerakki, yuqoridagi nazariy asos- 
    lardan foydalanish maktabgacha ta’lim-tarbiya jarayoni samara- 
    dorUgini oshirishga xizmat qiladi.

    Download 3,92 Mb.
    1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   106




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish