8.3. Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim
/
berishning o‘ziga xosligi
Ta’lim maktabgacha tarbiya yoshidagi
bolaning bilish qobi-
liyatlarini muntazam-rejali ravishda rivojlantirib borish,
bolalar
bog‘chasi tarbiya dasturida belgilangan eng oddiy bilimlar siste-
masi bilan qurollantirish, malaka va ko‘nikmalami shakllantirish-
dan iborat. Maktabgacha tarbiya yoshidagi
bolalarga aqliy tarbiya
berishda ta ’lim yetakchi rol o‘ynaydi. Chunki, ta’lim jarayonida
aqliy tarbiyaga doir hamma masalalar hal etiladi. Ta’lim bolalarga
izchillik bilan bilim berishni, bu bilimlami
aniqlash va sistema-
lashtirishni, bilish jarayonlarini, tafakkur faolligini rivojlantirishni
nazarda tutadi.
Ta’lim kuzatuvchanlik, qiziquvchanlik va aqlning sinchkovlik,
ziyraklik, tanqidiylik kabi sifatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
U jismoniy, estetik va m ehnat tarbiyasini muvaffaqiyatli amalga
oshirish uchun ham zarurdir. Bog‘chada
bolalarga madaniy-
gigiyenik ko‘nikmalar, asosiy harakatlar o‘rgatiladi, ular mada-
niy-axloqiy qoidalarni o‘zlashtirib oladilar.
Bolalarda o‘quv faoliyatlari asoslari ta ’lim
jarayonida hosil
qilinadi, ularning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi uchun muhim
shart-sharoitlar yaratiladi. Ta’limni ikki yo‘l
bilan amalga oshirish
maqsadga muvofiqdir.
Birinchi yo ‘li
— bolalaming bilim, malaka, ko‘nikmalami kat
talar bilan o‘zaro munosabatda boMishi orqali egallab borishidir.
Ikkinchi yo ‘li
— maxsus tayyorgarligi bor kishilaming maxsus
o‘quv muassasalarida
bolalami kerakli bilim, malaka, ko'nikma-
lardan rejali ravishda xabardor qilib borishidir. Bunday yo‘l bilan
ta’lim berishdan maqsad yosh avlodni zamonaviy ishlab chiqa-
rishda,
jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida faol qat-
nashtirish uchun zarur bo‘lgan fan yutuqlari bilan tanishtirishdir.
Bolalarga ta’lim berish jarayonida
quyidagi metodlardan foy-
dalaniladi:
Ko‘rgazmali
Og‘zaki
Amaliy
0 ‘yin metodlari