Kuzatish metodi
bolalami tevarak-atrof bilan tanishtirish im
konini beradi. Bunda bolalar ko‘rish,
eshitish, sezish idroklari
orqali bilimlami egallash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu esa, asosan,
yangi bilim berishda qo‘llaniladi. Kuzatish —
bolalarning narsa,
voqealaming ma’lum maqsadi bilan rejali idrok etishidir. Bu usul
ma’lum obyektlarni kuzatishda yetakchi o‘rinni egallaydi.
Namoyish etish metodi.
Bu metodda
tarbiyachi bolalarga nar-
saning o‘zini yoki tasvirini ko‘rsatadi. Kuzatish so‘z bilan qo‘shib
olib boriladi. Bu asosan bevosita kuzatib, ko‘rib bo‘lmaydigan
narsalar bilan tanishtirishda qo‘llaniladi. Masalan,
hayvonlar,
o‘simliklar hayoti bilan tanishtirish.
Texnikaviy vositalardan foydalanish
MTMda ta ’lim jarayonini
qiziqarliroq o‘tkazishni ta ’minlaydi. Tevarak-atrof bilan tanish
tirish imkoniyatini kengaytiradi. Texnikaviy vositalardan tar
biyachi katta va tayyorlov guruhlarida foydalanadi. Kichik gu-
m hlardan boshlab bolalarga hikoyalarga ishlangan suratlar ko‘r-
satiladi. Bu buyum va narsalarni izchillik bilan idrok etish im
konini beradi va sinchkovlik hislarini o ‘stiradi.
Hikoya qilib berish metodida
materialni aniq, obrazli, ta ’sir-
chan bayon qilinadi. 0 ‘rta guruhdan boshlab badiiy asarlarni
ifodali o ‘qib beriladi. Bu bolalarga ta ’lim
berishda va ularning
aqliy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Hikoya qilib
berish metodi mustaqil metod sifatida qo‘llaniladi.
Suhbat metodi.
Suhbat MTM didaktikasida muhim o‘rinni
egallaydi. Tarbiyachi bolalar bilim va amaliy tajribalariga suyanib,
savollardan foydalangan holda ularni yangi bilimlami egallashiga,
mustahkamlashiga harakat qiladi. «Suhbat 3—4 yoshli bolalar bilan
o ‘tkazilmaydi. 4—5 yoshli bolalar
bilan ham suhbat mustaqil
mashg‘ulot sifatida o‘tkazilmaydi. Bu yoshda kuzatish qisqa suhbat
bilan qo‘shib olib boriladi. 6 yoshdan boshlab suhbat mustaqil
mashg‘ulot tarzida o ‘tkazilishi mumkin»1.
Amaliy metod.
Bu metod tarbiyachiga bolalarning turli-tuman
amaliy faoliyatlarini tashkil etishga, bilim, malaka va ko‘nikmalami
egallab olishga yordam beradi. Bu metod orqali bola buyumlaming
o‘ziga tanish bo‘lmagan xususiyatlarini bilib oladi.
Tarbiyachi
amaliy mashg‘ulotlarda bolalarning oldiga vazifa qo‘yib, bolalardan
mashq qilishni talab etadi. Shular orqali bola bilim, ko‘nikma va
malakalarni egallab oladi.