Maktabgacha ta’lim muassasalarida
axloqiy tarbiya berish har
xil vositalar yordamida amalga oshiriladi. Birinchi galda bolalarni
har xil faoliyatlar vositasida mashg‘ulotlarda va mashg‘ulotlardan
tashqari vaqtlarda, ta ’lim berish orqali
kattalar mehnati bilan
tanishtiriladi.
Har xil bayramlar, ijtimoiy hayot voqealari, bolalar adabiyoti,
musiqa, о ‘yin
materiallari, ommaviy axborot vositalari — tele-
videniya, radio va boshqalar bolalaming axloqiy tarbiyasiga katta
ta ’sir ko‘rsatadi.
Kichik yoshli bolalar axloqiy tasawur va bilimlarni faqat o‘yin
mashg‘ulotlarida yaxshi o‘zlashtirib oladilar.
Bolalar tomonidan
0‘zlashtirib olingan axloqiy tasawurlarni ularga ongli ravishda
tushuntirish dastlab mashg‘ulotlarda, keyinchalik o‘yin, mehnat
jarayonlarida, sayrda, mustaqil faoliyatlar orqali amalga oshiriladi.
9.3. Axloqiy tarbiyaning asosiy
tamoyillari va metodlari
Axloqiy tarbiyaning asosiy tamoyillari quyidagilami o‘z ichiga
oladi:
— g‘oyaviy va tarbiyaviy ishning ma’lum maqsadga
qaratilganligi;
— ta’lim-tarbiya ishiga bola shaxsini hurmat qilgan holda yon-
dashish;
— axloqiy tarbiya ishini hayot va zamon bilan birga olib borish;
— bolalaming faolligi;
— oila va MTM tarbiyaviy ta ’sirining birligi;
— bola shaxsidagi ijobiy sifatlarga suyanish;
— bola shaxsining har tomonlama rivojlanishini ko‘zda tutish.
Axloqiy tarbiya tamoyillarini pedagogik shart-sharoit bilan
qo‘shib amalga oshirish bolaning axloqiy
rivojlanishiga samarali
ta ’sir etadi.