borga olish zarur. Kichik bolaga yaxshi bo‘l deganingiz bilan yaxshi
bo‘lib qolmaydi, chunki yaxshilik bilan yomonlikni to ‘g‘ri tahlil
qilishga uning hayotiy tajribasi yetishmaydi.
Bu yoshdagi bolalami
yaxshi ishlar qilishga o‘rgatiladi: yiqilib tushgan bolani turg‘azib
qo‘yishga yordam berish, uning ustki kiyimlarini qoqib
q o ‘y is h ,
yupatish, o‘simlik
va hayvonlami parvarish qilish, o‘yinchog‘ini
o‘rtog‘iga berib turish, tik turgan kishiga joy ko‘rsatish, eng muhimi
boshqalarga ko‘rsatgan xizmatidan xursand bo‘lishga o‘rgatish.
Kamtarlik, to ‘g ‘rilik, halollik va quvnoqlik xususiyatlarini tar
biyalash.
Bu xususiyatlar sog‘lom shaxsni tarbiyalashning eng mu
him omillaridan hisoblanadi.
Kamtarlik har bir kishining eng muhim va oliyjanob fazilat-
laridan biridir.
Bu asosan, maktab yoshidan tarbiyalanadi. Ammo
maktabgacha yoshdan boshlab, bolalarga kamtarlik hissini singdirib,
manmanlik, takabburlik va maqtanchoqlikni yo‘qotib borish zarur.
Maktabgacha yoshdagi bolalar o ‘zlarini boshqa bolalardan
ustun qo‘yishga
urinadilar, ba’zan ota-onalarining kasbi bilan
ham maqtanadilar. Bunday holatda ota-onalar bilan tegishli ish
olib borish, bolalarga har bir kasbning
zarurligi va muhimligini
aniq misollar bilan tushuntirish zarur. Bolalar ayrim ishlaming
uddasidan chiqib, boshqa bolalami kamsitsalar,
tarbiyachi bolaga
biror narsani bilmagan o‘rtog‘iga o‘rgatish kerakligini, o‘z-o‘zini
maqtash yarashmasligini tushuntiradi.
Sofdillik va rostgo‘ylikni tarbiyalash yolg‘onchilik, vijdonsizlik
paydo bo‘lishining oldini olish va unga qarshi kurash bilan uzviy
bog‘liqdir.
Ba’zi bolalar o‘zlari to ‘qigan, kattalardan
eshitgan ertaklarini
tushlarida ko‘rgandek qilib ko'rsatishga urinadilar. Bunday holda
ham urishmasdan «Ertak» to ‘qishni yaxshi bilgani uchun maq
tash kerak.
Shunday qilib, bolalardagi xarakteming ijobiy namunalarini,
ularning yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda axloqiy tarbiya
ning hamma samarali usullari
bilan tarbiyalanib borilsa, ijobiy
natijalarga erishish mumkin.