xursand bo‘ladi, bir maromdagi tovush va harakatlardan huzur
qiladi. Bola hayotining birinchi yilida
uning sensor-hissiy qabul
qiluvchanligi takomillashib boradi. Bunda kattalarning ta ’siri alo
hida o‘rinni egallaydi. Kattalarning ochiq yuz bilan so‘zlashuvlari
bolaga buyumlarning xususiyatlariga ijobiy munosabatda b o ‘lish-
lariga yordam beradi. Va aksincha, kattalarning
ogohlantiruvchi
ovozi, ularning yuzidagi xursandchilik alomati yoki xo‘mrayib
qarashlari, jerkib berishlari va hokazolar bolalarda shu buyumga
yoki uning sifatiga salbiy munosabatni shakllantiradi.
Bola hayotining ikkinchi yilida uning idroki sekin-asta ta
komillashib boradi. Bola endi faqat
borliq xususiyatlarini emas,
shu bilan birga san’at asarlaridagi ayrim estetik ifoda vositalarini
idrok eta boshlaydi. Bu yoshdagi bolalarda musiqaning quvnoq va
g‘amginligiga ularning qattiq va sokin ohangiga,
ohista va tezligiga
javob ta’siri paydo bo‘ladi.
0 ‘rta guruh bolalarida
go‘zallikni
idrok etish jarayoni aniq
ifodalangan, ta’sirli, faol tusda bo‘ladi. Bu, ayniqsa, qo‘g‘irchoq
teatri, kino, multfilm, teatrlarni tomosha
qilganlarida namoyon
bo‘ladi. Bu yoshdan boshlab bolalar tanish bo‘lgan san’at asarlarini
yangi asarlar bilan solishtiradilar va ba’zi bir xulosalar chiqaradilar.
Bolalar ertakni hikoyadan, marshni raqsdan, allani o‘yindan ajrata
boshlaydilar. Katta guruhning oxirlariga kelganda ular musiqani,
badiiy asarlami diqqat bilan tinglaydilar.
Ularda ijobiy qahramon-
lardan quvonib, salbiy qahramonlarning harakatlaridan xafa bo‘lish
holatlari yuz beradi.