o ‘g ‘ilc h a sm m g
uy m ehnatida yo rd am benshim
bilgan dadasi tashqaridan kirib, jo ‘rttaga ham m a eshitsin deb,
baland ovoz bilan o‘choqqa olov yoqish uchun o ‘tin olib kelish
kerak ekanligini aytadi. Buni eshitgan o ‘g‘li kattalarga imo-ishora
bilan murojaat qilib,
o ‘zi
o‘tirgan bolalar stulidan pastga tushirib
qo‘yishlarini iltimos qiladi va stuldan tushib, katta qadam lar bilan
tashqariga chiqib ketadi. U jiddiy tus bilan bitta tarashani ko‘tanb
kelib o‘choq oldiga
q o ‘yadi
va yengil nafas olib, q o ‘lini qoliga
artadi hammaga bir nazar tashlab chiqadi, kattalam ing «bara-
kalla»sini eshitib, ishini davom ettirishga ketadi. Bu bolaning o‘ziga
ishonchini orttiradi, kuchiga kuch qo‘shadi, um ilhomlantiradi.
Ba’zi bir mehnatsevar, serg‘ayrat ota-onalar o eg‘li yoki qizi
qo‘lidan ish kelmaydigan no‘noq, m ehnatdan o‘zirxi olib qocha-
106
digan ishyoqmas bo‘lib o‘sayotganini ko‘rib hayron bo‘ladilar. «Bu
kimga o‘xshadi ekan?» deb ajablanishadi. Holbuki, farzandining
uquvsiz yoki yalqov b o ‘lishiga ota-ona ham sababchi bo‘ladi. «Hali
bu yosh, suyagi qotgani yo‘q. Ish bo‘lsa qochib ketmas, katta
bo‘lganda qilar», deb uni avaylaydilar. Bu xunuk oqibatlarga olib
kelishi tabiiydir. Bolani yoshligidan mehnatga o ‘rgatib borish
muhimdir.
Ba’zi ota-onalar bolalarga qaychi, bolg‘a, mix, igna ushlashni
m an qiladilar. Bu — noto‘g‘ri. Hayot va kuzatishlar shunday xu-
losaga olib keldiki, bolalarga shu oddiy asboblar bilan muomala
qilish o‘rgatilsa, ular kattalarning qilgan ishlariga qarab ham oddiy
asboblarni to ‘g‘ri ushlashni, ulardan to ‘g‘ri foydalanishni o‘r-
ganadilar. Kartoshka tozalaydigan maxsus pichoq bilan muomala
qilish o‘rgatilsa, 5—6 yashar bola kattalarning iltimosiga ko‘ra
kartoshka, sabzi artishi mumkin.
Bolani mehnat qurollari bilan tanishtirishni asta-sekin, dara-
jama-daraja amalga oshirish mumkin. Bunda asboblardan qanday
foydalanishni ko‘rsatib, tushuntirib berish lozim.
Bola mehnatining samarasi va mahsuloti katta yoki kichik bo‘-
lishiga qaramasdan hurmat qilinishi kerak. Bolaning yosh xusu
siyatlarini e’tiborga olib, ishni bajarish jarayonida tez-tez dalda
berib turmoq kerak. Bola ishni sekin bajarsa, uni shoshiltirmaslik,
agarda ish bajarishda qo‘pol harakatlar qilsa, unga ta’na qilmaslik
kerak. Ba’zan shunday hollarni ham uchratamizki, bola bironta
ishni nom a’qul qilsa, ayrim ota-onalar buni bolaga har doim
eslatib, uning ish bajara olmasligini ta’na qilib, kamsitib, bolani
ishdan sovutadilar.
M ehnat qilish jarayonida bolani zeriktirib qo‘ymaslik uchun
unga davomli ish bermaslik kerak. Shuning bilan birga hamisha
bir xil ish topshirmasdan, ishning vaqtini chegaralab, uni xilma-
xil qilib turish zarur. Aks holda bola ishdan bezor bo‘ladi va ish
bolani zeriktiradi. Masalan, uyni bezatish uchun parvarish qili-
nadigan gullardan oleandr (tolgul)ning barglari changini artishni
topshirish bolani zeriktirib qo‘yadi. Chunki, bu gulning barglari
mayda va ko‘p. Agarda fikus guli barglarining changini artish
topshirilsa, bu bolaga m a’qul tushadi, chunki uning barglari
katta va yapaloq.
Bolaga topshirish mumkin bo‘lgan ishlardan kartoshka toza-
lash, idish-tovoq yuvish, uyni yig‘ishtirish, uy oldidagi gulzorda
ishlash, do‘kondan non sotib olib kelishni ko‘rsatish mumkin.
107
D o‘kondan hamisha birorta narsa (non, choy, qand, qatiq, gazeta,
gugurt, sovun, tish pastasi) olib kelib turishni bolaga topshirish
foydalidir. Shunday qilganda bola javobgarlikni sezadi. 0 ‘m i bilan
shu narsani ham qayd qilish kerakki, bolalarga tamaki, spirtli
ichimliklar sotib olib kelishni topshirish mutlaqo mumkin emas.
M ehnat jarayonida ish o'ngidan kelishi, zerikarli bo‘lmasligi,
vaqtning tez o ‘tishini ta ’minlash uchun ishga doir ashulalar
aytishni bolaga o‘rgatish yaxshi.
Agar oilada bitta bola bo‘lsa, uni ham, albatta, mehnatga va
ayniqsa, jamoa bo‘lib mehnat qilishga o‘rgatish kerak. Buning
uchun eng yaxshi vositalar: barcha oila a’zolari ish qilayotganda
bolaga ham yoshiga yarasha vazifa topshirish yoki qo‘shni bolalar
bilan birgalashib ishlashni tashkil qilish zarur.
A. S. Makarenkoning ota-onalarga bergan maslahatlariga asos-
lanib, bolaga besh yoshgacha yaxshi tarbiya berish kerak. Chunki,
bu vaqtda bola konkret fikrlaydi, uning tashqi sezgi organlari
nihoyatda taraqqiy etgan bo‘ladi. Oiladagi kattalar, ota-onalar bola
uchun m o‘tabar bo‘lib, bola kattalarga taqlid qiladi, ulaming gap-
so‘ziga e’tibor qiladi. Keyingi tarbiya oilada berilgan dastlabki tar-
biyaga asoslansa, maktabdagi tarbiyaviy ish oiladagi tarbiyaning
tabiiy davomi bo‘ladi. Xuddi shunday, bolaga mehnat tarbiyasini
ham kichik yoshidanoq oilada bermoq kerak.
Bolalarni mehnatga psixologik jihatdan tayyorlash nazarda tu-
tilganda, bu faqat mehnat malakalari bilan chegaralanib qol-
masligi lozim. Asosiy maqsad bolada har qanday mehnatga ham
hurmatni tarbiyalashdan iboratdir. Bolani m ehnat qilishga o ‘r-
gatish bu oddiy mexanik mashq bo‘lmasdan, balki asta-sekin
bolaga mehnatning mohiyatini, mehnat bu ijtimoiy hodisa ekan-
ligini tushuntirishdan ham iboratdir.
Boladan boshlagan ishni oxirigacha yetkazishni, uni o ‘lda-
jo ‘lda qoldirmaslikni talab qilish muhimdir. Bu bolada iroda kuchini
tarbiyalaydi. Agar bolada kichik yoshidan boshlab ishni bajarishda
tirishqoqlik tarbiyalanmasa, u ishga kirishishdan oldin, ishni ba-
jarish davomida ishni yoqtirmasdan, qiynalib bajaradi.
Mehnat unga ma’qul tushmaydi. Ota-onalar bolalaridagi ish-
yoqmaslik kabi xususiyat bilan qiziqib ko‘rsalar, uning sababini
aniqlab olishlari qiyin emas.
Erkin o ‘yindan majburiy mehnatga o ‘tish bolaning ichki
dunyosida katta o‘zgarish yasaydi, uning taraqqiyotida yangi davr
ochadi. Chunki, o‘yindagi tirishqoqlik bilan mehnatdagi tirishqoqlik
108
o‘rtasida, uning mazmunidan qat’i nazar farq bor. Endi faqat
o ‘yindagina/em as, balki mehnatda maqsadga erishish zarur.
Mehnatda maqsadga erishishda tirishqoqlikka odatlanish sistemali
ravishda mehnat qilish, zo‘r berib ishlay bilishning ahamiyati
katta.
Bola yoshligidan o‘z kuchiga yarasha mehnat qilishga o ‘rgatilar
ekan, mehnat qilish bolaning tinkasini quritmasdan, balki uning
hamma vaqt mehnat faoliyatiga tayyor ekanligidan darak beradi.
0 ‘yindan mehnatga o‘tish tayyorgarligiga ega bo‘lmagan bolada esa,
qandaydir bir qarama-qarshilik paydo bo‘ladi. Unda faoliyat ish-
tiyoqi bo‘lishi bilan birga, mehnat qilishdagi zo‘r berishga nafrat
tuyg‘usi ham bor. Agar mana shu qarama-qarshiliklar o‘z vaqtida
bartaraf qilinmasa, bola erinchoq bo‘lib qoladi va umuman bolaning
faolligi pasayishi mumkin.
Mehnat qilishga o ‘rgangan bolaning holati boshqachadir, u
hamisha mehnat qilishga tayyor. Mehnatdagi muvaffaqiyat esa uning
kayfiyatini ham o‘zgartiradi: bola qanoat hosil qiladi, unda o‘z
kuchiga ishonch paydo bo‘ladi va g‘ayratiga g‘ayrat qo‘shiladi.
Mehnat qilishga odatlanish tarbiyalanmasa, bolada har qanday
mehnatga nafrat bilan qarash, kishi mehnatidan foydalanish kabi
yomon odat tarbiyalanadi. Tajriba yana shuni ko‘rsatadiki, ishyoq-
mas, yalqov bolalarga nisbatan mehnatsevar bolalar axloqiy jihat
dan yuksakdir. Shuning uchun ham mehnat axloq tarbiyasining
asosi hisoblanadi.
Mehnat qilishni tushuntirish va ishontirish bilan birga qo‘shib
olib borilgan vaqtdagina bolalarda yuksak axloqiy sifatlar tarbiyalanadi.
< ?
>
|