11-bob.
ESTETIK TARBIYA
11.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarning
estetik tarbiyasi
Estetik tarbiya keng m a’noli tushuncha bo‘lib,
unga tabiat,
mehnat, ijtimoiy hayot, turmush va san’atga estetik munosabatni
tarbiyalash kiradi.
Estetik tarbiya o‘z navbatida bolalarga har tomonlama tarbiya
berishning bir qismi hisoblanadi. U, ayniqsa,
axloqiy tarbiya
bilan uzviy bogcliq. San’at va hayot go‘zalligi bilan tanishtirib
borish
bolaning aqlini, hissini tarbiyalab qolmay,
shu bilan bir
qatorda uning xayol va fantaziyasini ham rivojlantiradi. Bolalarda
go‘zallikni idrok etishni tarbiyalash
orqali ularda boshqa ki-
shilarning kechinmalarini his eta bilish: xursandchiliklariga sherik
bo‘lish, qayg‘usini birga baham ko‘rish kabi xususiyatlar tarkib
toptiriladi.
«Estetik tarbiya» tushunchasi bilan bir qatorda «badiiy tarbiya»
tushunchasi ham mavjud. Badiiy tarbiya san’at asarlari orqali tar-
biyalashdir. Estetik va axloqiy tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi shun-
daki, kishining go‘zallikni idrok etishdan quvonishi uning boshqa
kishilarga yaxshilik qilganidan xursand bo‘lishiga o ‘xshab ketadi.
Aksincha, go‘zallikni ko‘ra
bilmaslik, undan zavqlana olmaslik
yomon ishlarni qilishga olib keladi.
Tarbiyaning bu turi mehnat tarbiyasi bilan ham bog‘liq. Mehnat
faoliyati bolalarni quvontiradi, ular biror-bir foydali
ishni bajara-
yotib, o‘zlarining imkoniyatlari o‘sib borayotganligini sezadilar.
Estetik va jismoniy tarbiya o‘rtasida o‘zaro bog‘lanish bor. Kishi
ning mustahkam sog‘lig‘i, jismoniy kamolotisiz uning go‘zalligini
tasawur etib bo‘lmaydi. Uning chiroyli gavda tuzilishi,
musiqa
ostida chiroyli harakatlar qilishi shular jumlasiga kiradi.
Bolalarning estetik rivojlanishi ulaming kundalik hayoti bilan
chambarchas bog‘liq.