va muhim belgisi sanaladi. Fuqarolarning mavjudligi sababli  davlat




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/106
Sana02.08.2024
Hajmi3,92 Mb.
#269074
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   106
Bog'liq
Pedagogikasi

va
muhim belgisi sanaladi. Fuqarolarning mavjudligi sababli 
davlat
mavhum tushuncha bo‘lmay, muayyan mexanizm sifatida 
may-
donga chiqadi. Huquqiy o‘m i qonun yo‘li bilan 
kafolatlangan
shaxsning davlat ichkarisida yoki tashqarisida 
bo‘lishidan 
qtt'l 
nazar, m a’lum bir davlatga qarashliligi holatiga fuqarolik deylltdli 
Shunday huquqqa ega shaxs fuqaro, deb ataladi.
121


Jamiyat tomonidan qonunchilik yo‘li bilan belgilangan talab 
fuqaro xulqini baholash, xatti-harakatlar mohiyatini tahlil qilish 
uchun mezon bo‘lib xizmat qiladi. Ana shu talablarga muvofiq 
fuqaroning xulq-atvoridagi ayrim ko‘rinishlar, harakatlar yoki 
odatlar m a’qullanadi yoki qoralanadi.
0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining maqsadi erkin, de- 
mokratik, insonparvar, huquqiy davlat va jamiyat qurishdir. Bu 
jamiyatni bunyod etish jarayoni yangi ijtimoiy fuqarolik tarbiyasi 
vazifalarini murakkablashtiradi. Chunki demokratik-huquqiy ja ­
miyat barpo etilishining muvaffaqiyati fuqaroning ijtimoiy-siyosiy 
onglilik darajasiga, fuqarolik fazilatlarining qaror topganligiga
ijtimoiy faollik ko‘rsatkichlariga bog‘liq.
Fuqarolikning ijtimoiy asosi yangi iqtisodiy munosabatlar 
bo‘lib, unda fUqarolaming shaxsiy manfaati jamiyat manfaati bilan 
qo‘shilib uyg‘unlashib ketadi.
Milliy va umuminsoniy qadriyatlar g‘oyalari, demokratik 
talablar hamda axloqiy-huquqiy m e’yorlarga muvofiq faoliyat 
yuritish ijtimoiy fuqarolik munosabatlarining muhim qoidasiga 
aylanadi.
Fuqarolik tarbiyasining maqsadi fuqarolik tushunchasining 
mohiyatini anglash orqali yosh avlodda yuksak darajadagi fu­
qarolik madaniyatini shakllantirish, ularni xalq, Vatan, jamiyat 
uchun fidoyi insonlar etib tarbiyalashdan iboratdir.
Fuqarolik tarbiyasining vazifalari asosan quyidagilardan iborat:
— yosh avlodni doimiy ravishda jamiyatda ustuvor mavqega 
ega bo‘lgan axloqiy va huquqiy m e’yorlarga rioya etishga 
o‘rgatib borish;
— bolalarga fuqarolik huquq va burchlari to ‘g‘risida dastlabki 
m a’lumotlar berib borish, ularda fuqarolik faoliyatini tash­
kil etish borasida elementar ko‘nikma va malakalar hosil 
qilish;
— bolalarda davlat ramzlariga hurmat va muhabbatni qaror 
toptirish, Respublika Prezidenti sha’ni, or-nomusini himoya 
qilishga tayyorgarlik hissini shakllantirish;
— bolalarda xalq o‘tmishi, milliy qadriyatlariga nisbatan mu­
habbat tuyg‘usini uyg‘otish, ularda g‘ururlanish, faxrlanish 
va iftixor hislarini oshirish;
— Vatan, xalq va millat ishiga sodiqlik, o‘z manfaatlarini yurt 
manfaatlari bilan uyg‘unlashtira olishiga erishish, fidoyi 
fuqaroni tarbiyalab voyaga yetkazish;
122


— Vatan, yurt ozodligi va mustaqilligini e’zozlovchi, ardoq- 
lovchi, uni himoya qilishga tayyor fuqaroni tarbiyalash ishiga 
keng jamoatchilik e ’tiborini jalb etish;
— bolalarda fuqarolik tarbiyasini tashkil etishda shaxsning 
Konstitutsiyada k o ‘rsatilgan huquqlaridan foydalanish 
hamda burchlarining bajarilishi xususida m a’lumotlar be­
rish, ularda ijtimoiy faoliyatni tashkil etishda huquqlaridan 
foydalanish va burchlarini bajarish bo'yicha ko‘nikma va ma­
lakalarni hosil qilish maqsadga muvofiqdir.

Download 3,92 Mb.
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   106




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



va muhim belgisi sanaladi. Fuqarolarning mavjudligi sababli  davlat

Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish