• Suhbat uchun kerakli materiallar. Tabiat haqidagi, qo‘riqxona haqidagi rasmlar. Suhbatning borishi.
  • Ekologik tarbiyada bog‘chadagi tabiat




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet67/106
    Sana02.08.2024
    Hajmi3,92 Mb.
    #269074
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   106
    Bog'liq
    Pedagogikasi

    12.3. Ekologik tarbiyada bog‘chadagi tabiat
    burchagining ahamiyati
    Maqsad.
    Bolalarning o‘simlik va hayvonlami himoya qilish, 
    hamda ulaming barchasi kishilaming yordamiga, g‘amxo‘rligiga 
    muhtojligi haqidagi tasawurlarini aniqlash. 0 ‘simlik, hayvonlar 
    haqidagi tasawurlarini mustahkamlash, hayvonot va o‘simliklar 
    dunyosini ehtiyot qilish zarurligini tushuntirish.
    Suhbat uchun kerakli materiallar.
    Tabiat haqidagi, 
    qo‘riqxona
    haqidagi rasmlar.
    Suhbatning borishi.
    Suhbatni quyidagi savollar bilan 
    boshlaeh
    mumkin: Biz xiyobonni nega sevamiz? 0 ‘rmon, dalani-chi? 
    Daryo-
    119


    ni-chi? 0 ‘simliklaming o‘sishi uchun nimalar kerak? Bolalar 
    o ‘rmonda o‘zlarini qanday tutishlari kerak? Biz qushlarga qanday 
    g‘amxo‘rlik qildik?
    Keyin respublikamizning boshqa yerlaridagi yowoyi hayvonlar, 
    parrandalar va hayvonlami asrash haqida so‘zlab berish, bolalar 
    bilan rasmlar ko‘rish mumkin.
    Tabiatga muhabbat, unga ehtiyotkorlik munosabatini, o‘simlik 
    va hayvoniarga g‘amxo‘rlikni tarbiyalash va shular orqaU tabiatga 
    qiziqish, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, tabiatni saqlovchi va uning 
    boyliklarini ko'paytiruvchi kattalarning mehnatiga hurmatni tarbiya- 
    lash kabi vazifalami amalga oshirishda tabiat burchagining ahamiyati 
    katta. Tabiat burchagining muhim tomoni yana shundaki uni bolalar 
    har kuni ko‘radilar. Tarbiyachi rahbarligida bolalar tabiat burcha- 
    gidagi o‘simlik va hayvonlami sistemaU ravishda kuzatib, parvarish 
    qilib boradilar. Natijada o‘simlik va hayvonlar dunyosining rang- 
    barangligi, ularning o‘sishi, rivojlanishi, ular uchun qanday sharoit 
    kerakligi to‘g‘risidagi tasawur va tushunchalami egallab boradilar.
    Tarbiyachi bolalarda solishtirish malakasini shakllantiradi. 
    Hayvon va o‘simliklami bir-biri bilan solishtirish orqali ular o‘r- 
    tasidagi umumiylik va farqlami, ularga xos belgi va xususiyatlami 
    bilib oladilar. Tarbiyachi bolalar diqqatini o‘simliklaming chiroyli 
    gullashiga, barglaming shakli va tusiga, akvariumdagi baliqlarning 
    chiroyli ko‘rinishi va chaqqon harakatiga jalb etadi. Natijada bo­
    lalar bu go‘zalliklarni ko‘zlari bilan ко‘rib, qalblari bilan his 
    etadilar, ularning estetik didi o‘sadi. Bolalar tabiat burchagidagi 
    o‘simlik va hayvonlami tarbiyachi rahbarligida kuzatib, parvarish 
    qilib borishlari natijasida tabiatga ehtiyotkorlik munosabatlari 
    shakllanadi. Ularda tabiatni yanada gullab-yashnashi uchun o‘z 
    hissasini qo‘shish, bundan tashqari qo‘ldan kelgan mehnati bilan 
    bu jarayonda qatnashish xohishini uyg‘otadi.
    < ; > 

    Download 3,92 Mb.
    1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   106




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish