Ota-onalar uchun tayyorlangan ma’ruzani tegishli mavzudagi
kinofilm, diapozitivlar ko‘rish bilan qo‘shib olib borish mumkin.
Bolalar hayoti, faoliyati to ‘g‘risidagi
misollardan foydalanganda
ijobiy materiallar ko‘proq bo‘lishi kerak, salbiy faktlami gapirishda
ehtiyotkorlik va odob doirasidan chetga chiqmaslik, tanqid qilinuv-
chilaming nomlari ko‘rsatilmasligi lozim. Tanqidiy mulohazalar
majlisdan keyin yakka tartibdagi suhbat orqali ota-onalarga yetka-
zilishi, bola tarbiyasidagi xato va kamchiliklami bartaraf etish bo‘-
yicha aniq tavsiyalar taklif etilishi mumkin.
Yilning oxirida o'tkaziladigan guruh majlisida ota-onalarga bir
yil mobaynida amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya
ishlari va kelgusi
yilning rejalari haqida gapirib beriladi. Bu majlisda faol ota-onalar
ham hisob beradilar va faollaming yangi tarkibi saylanadi.