1. Bolalarda maktabga borganda, o‘z tengdoshlari bilan o ‘qi-
gan va o ‘ynaganda xursandchilik hissini tug‘dirish.
2. Bolalarga maktabdagi ta ’limning mohiyatini tushuntirish,
ularni maktabdagi faoliyat turlari bilan tanishtirish.
3. Bolalarda bo‘lajak o‘qituvchilarga nisbatan hurmat va ishonchni
shakllantirish.
H ozirda o ta-o n alar bolalarni m aktabga qanday tayyor-
lashmoqda? Ota-onalarning ko‘pchiligi maktabda yaxshi o ‘qish-
ning shartlaridan biri — shaxsning umumiy rivojlanishi, deb
hisoblashadi. Ammo bolaning aqliy rivojlanishi eng asosiysi deb
bilishadi, shuning uchun mashg‘ulotlarda bilim, nutq, tafakkur
va xotirani rviojlantirishga harakat qiladilar. Keyingi o ‘ringa bo
laning o‘qish va yozish malakalarini rivojlantirishni qo‘yishadi,
yodlatishadi, suhbatlashishadi, birgalikda mantiqiy o‘yinlar o ‘y-
nashadi. Gohida mehnat, sport, ashula yoki raqs bilan shug'ul-
lantirishadi.
Xulosa qilib aytganda, bolani maktabga tayyorlashda mak
tabgacha ta ’lim muassasalari tarbiyachilari bilan ota-onalarning
hamkorlikda ish yuritishi ijobiy natija beradi.