15-bob.
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASINING
OILA BILAN HAMKORLIK SHAKLLARI
15.1. Tarbiyachilarning oila bilan olib boradigan ishi
. Maktabgacha ta ’lim muassasasi tarbiyachilarining oila bilan
olib boradigan ishi mazmuniga quyidagilar kiradi:
• ota-onalarga o‘z farzandlarining tarbiyasi uchun davlat va
jamiyat oldida javobgar ekanliklarini tushuntirib borish;
• ota-onalami bola tarbiyasi uchun zarur bo‘lgan bilim, mala-
kalardan xabardor qilish (bolalarning yosh,
anatomik-fizio-
logik va ruhiy xususiyatlari, ularni oilada tarbiyalashning maz
muni, metodi, shart-sharoitlari bilan tanishtirish);
• bola tarbiyasida oila bilan hamjihatlik, bolani to‘g‘ri tarbiya-
lashni nazorat qilib borish, oila tarbiyasining eng yaxshi
namunalarini o‘rganish va ommalashtirish.
Bola bog‘chada egallagan eng yaxshi fazilatlami oila sharoitida
davom ettirib, oilada egallagan eng yaxshi fazilatlami bolalar bog‘-
chasida namoyon qilsa istalgan ijobiy natijalarga erishish mumkin.
Tarbiyachilar oila tarbiyasiga doir ijobiy ishlarni ko‘ribgina
qolmay, balki uni qo‘llab-quwatlash va shu asosida ota-onalar
e’tiborini bola tarbiyasida hali hal etilmagan vazifalarga qaratishlari
lozim. Yuqoridagi ishlarni rejalashtirish, tashkil etish va ularga
rahbarlik qilishda mudira javobgar shaxs hisoblanadi.
Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha yillik reja tuziladi.
Bu reja
pedagogik kengashda muhokama qilinadi. Rejada umumiy va guruhiy
majlislar, ota-onalar uchun ochiq eshik kunlari, suhbat va mas-
lahatlar, otaliq tashkilotlarda ko‘rgazmalar tashkil etish va konsert-
lar qo‘yib berish, shuningdek, bu tadbirlami o‘tkazish vaqtlari
va unga mas’ul bo‘lgan shaxslar belgilanadi.
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlaming mavzulari va maz
muni tarbiyachi-metodistning rejasida va tarbiyachining kalendar
rejasida aks etadi.
Ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha juda ko‘p ishlarni
tarbiyachi-
pedagog amalga oshiradi, chunki u bola tarbiyasida yuz berayotgan
135
o‘zgarishlami hammadan ko‘proq ko‘radi va bolalar hayoti bilan
yaqindan tanish bo‘ladi. U ota-onalarga bolalar tarbiyasida nima-
larga ko‘proq e’tibor berish kerakligi, ularni maktab ta’limiga tay
yorlash, sog‘lig‘ini saqlash, ovqati va kun tartibini to ‘g‘ri tashkil
etish va boshqalar sohasida tavsiyalar berib boradi.
Bolalar bog‘chasi va oila o‘rtasida hamkorlik o'matishda mudira,
pedagoglar jamoasi va ota-onalar birgalikda faol ishtirok etishlari
lozim. Shundagina bola tarbiyasida kutilgan natijalaiga erishish mumkin.
Ota-onalar bilan ishlashda quyidagi alohida ish shakllaridan
foydalaniladi: suhbatlar, maslahatlar,
oilalarga borish, ayrim ota-
onalami bog‘chaga taklif etish, alohida esdaliklar va ko‘chma pap-
kalardan foydalanish.
Bolaning uyiga borishdan ko‘zlangan maqsad — oila sharoiti,
bolaning oiladagi xulqi, qiziqishlari, ota-onasi va oila a’zolari bilan
tanishish, shuningdek, ota-onalami bola tarbiyasining samarali
usullari bilan tanishtirish va oilaning bola tarbiyasidagi ijobiy taj-
ribalarini o‘rganib, ommalashtirishdir.
Tarbiyachi bolaning uyiga tekshiruvchi sifatida emas, balki do‘st,
bola tarbiyasidek murakkab ishda yordam beruvchi
sifatida borishi,
oila a’zolari bilan nazokat va xushmuomalalik bilan munosabatda
bo‘lishi kerak. Tarbiyachi har bir oilaga borishidan awal o‘z oldiga
aniq maqsad qo‘yishi, qaysi mavzuda suhbatlashishini oldindan
belgilab olishi lozim. Ota-onalarga beriladigan savollar puxta o‘y-
langan bo‘lishi kerak.
Suhbat shunday tuzilishi kerakki, tarbiyachi bilan ota-ona bir-
birlarini yaxshi tushunishlari, ular o‘rtasida ishonchli aloqa o‘r-
natilishi darkor. Oilaga borishdan oldin tarbiyachi shu oila to‘g‘risida
(ota-onalarning fe’l-atvori, oilaviy munosabatlar, bolaning rivoj
lanish darajasi) to ‘g‘risida ma’lum tasawurlarga ega bo‘lishi kerak.
Tarbiyachi ota-onalar hurmati va ishonchini qozonmoq uchun
awal ota-onalarga bolaning ijobiy fazilatlari to‘g‘risida fikr, mulo-
hazalarini bildiradi va bolaning uyidagi hayotini qanday tashkil
etish kerakligi, unga nimalami o‘qib va hikoya
qilib berish mum-
kinligi, bolaning kun tartibi, uni oila mehnatida qatnashtirish,
kattalarga hurmat ruhida tarbiyalash kabi ta ’lim-tarbiya ishlari
mazmuni va usullari bo‘yicha tavsiyalar beradi.
Albatta, tarbiyachining oila bilan oUb boradigan ishida bolaning
yoshi, imkoniyatlari, o‘ziga xos xususiyatlari e’tiborga olinadi. Tar
biyachining ota-onalarga beradigan tavsiya va maslahatlari ishonarU
bolishi uchun ota-onalar yoki oilaning boshqa a’zolari maktab-
136
gacha ta’lim muassasasiga taklif qilinadi. Bunda ota-onalar bola
ning navbatchilik vazifasini qanday bajarayotganini yoki sayrga
chiqishdan awal u qanday o‘ynayotganini ko‘radilar,
bolalarning
uquv va imkoniyatlariga ishonch hosil qiladilar.
Oilaga borishning maqsad va mazmuni tarbiyachining rejasi va
hisobotida, kundalik daftarida aks ettirilishi kerak. Tarbiyachi har
bir bolaning oilasiga yiliga kamida 2 marta borishi kerak.
Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlaming mazmuni rang-
barang bo‘lib, unda ayrim masalalar birgalikda muhokama qilinishi
taqozo etiladi. Masalan:
• bolalami tarbiyalashda oilaning roli, ota-onalaming vazifasi
to ‘g‘risidagi
qonunlar, bolalami maktabga tayyorlash haqida;
• maktabgacha tarbiya muassasalarining yillik ish rejasi to‘g‘risida;
• ota-onalar jamoatchiligining ishi haqidagi masalalar shular
jumlasidandir.
Bu masalalami jamoa bo‘Ub muhokama qilish uchun ota-onalar-
ning guruhi va umumiy majlislari, maslahatlar, konferensiyalar,
ota-onalar kechalari kabi ish shakllari jamoa ish shakllariga kiradi.