2. Oila tajribasining ijobiy tomonlari,
oiladagi bola tarbiyasida
yo‘l qo‘yilgan xatolar va ularning oldini olish, bartaraf etish yo‘llari
to ‘g‘risida targ‘ibot ishlari olib boriladi.
3. Pedagogik targ‘ibotga tayyorlashda ota-onalarning har xil
saviyada ekanliklari hisobga olinib, ular uchun tayyorlangan axborot
materiallari ishonarli, ko'rgazmali va ularning his-tuyg‘usiga ta’sir
ko‘rsatadigan bo‘lishi kerak.
Shunday qilib, maktabgacha ta ’lim muassasasi va ota-onalar
bilan hamkorlik ishlarini muntazam ravishda olib borgandagina
oila tarbiyasi va ijtimoiy tarbiya o‘rtasidagi birlik o‘rnatilishi
mumkin.