onalaming umumiy majlisida bir yil muddatga saylanadi. Bu qo‘-
mitaga har bir yosh guruh ota-onalaridan 1—2 vakil saylanadi.
Qo‘mitanirig asosiy vazifasi mudiraga maktabgacha ta’lim muas-
sasasining xo‘jalik va ta’lim-tarbiya ishlarida yordam berish, qo‘mita
a’zolari, ota-onalar majlisi
va kechalami tayyorlash, o‘tkazish va
boshqa isblarda tarbiyachilarga ko‘maklashishdir.
Ota-onalar qo‘mitasi bolalarning ota-onalari bilan tanishadi,
bolalami tayyorlash bo‘yicha ular bilan ish olib boradi. Qo‘mita
a’zolari har ikki oyda bir marta yig‘ilish o‘tkazadi. Ota-onalar
qo‘mitasi mudiraning ish rejalari va ishning ahvoli to‘g‘risidagi
ota-onalami qiziqtiruvchi ba’zi masalalar haqidagi ma’ruza va hi-
sobotini eshitishga haqlidir.
Ota-onalar qo‘mitasining faoliyati haqidagi hujjatlar maktab
gacha ta’lim muassasasida saqlanadi.