larining mayda harakatlari yaxshi rivojlanmagan. Lug‘at boyligi,
o‘z fikrlarini ifodalashi chegaralangan, xotirasi sust, umumlash-
tirishni bajara olmaydi va hokazo.
Bularga nafaqat bolaning yomon ijtimoiy ahvoli sabab bo‘-
ladi,
balki nasliy omillar, jiddiy va murakkab kasalliklari, yengil
tug‘ma jarohatlari, nevrozlar keltirib chiqaradigan sharoitlar
ham sabab bo‘ladi.
Maktabga tayyor bo‘lmagan bolaning qabul qilishi bola shaxsi-
ning rivojlanishiga har tom onlam a yomon ta ’sir etadi. 0 ‘qish-
dagi o ‘zlashtira olmasliklar bolada o ‘qishga nisbatan salbiy mu-
nosabat tug‘diradi. Uning jism oniy va ruhiy sog‘lig‘i ham xavf
ostida. U larda nevroz belgilari paydo b o ‘lishi mumkin:
uyqu-
ning buzilishi, siydik ushlay olmaslik, bosh og‘riqlari va bosh-
qalar. Tarbiyasida ham qiyinchiliklar paydo b o ‘la boshlaydi:
bola qanday bo‘lmasin o ‘ziga diqqat-e’tiborni qaratmoqchi bo‘-
ladi, yomon harakatlar qila boshlaydi. Agar bolaning maktabga
tayyor emasligini vaqtida aniqlansa, bunday hollarning oldini
olish mumkin bo‘ladi.
Bolaning maktabga tayyorligini turli
sohadagi mutaxassislar
aniqlay oladilar. Bolalar shifokori bolani tekshirib, somatik rivoj-
lanishini aniqlaydi, agar ma’lum bir jismoniy, ruhiy kamchiligi
bo‘lsa, uni ruhiy-pedagogik tekshiruvga yuboradi. M a’lum bir
nuqsonlarga ega b o ‘lgan bolalar maxsus maktabga yuboriladi.
1 sentabrga qadar 7 yoshga to ‘lmagan, bolalar bog‘chasiga bor-
magan,
pedagogik qoloq, nutq kamchiliklari, jism oniy rivojla
nish kamchiliklari b o ‘lgan bolalarni maxsus konsultatsiyalar,
boshlang‘ich sinf o'qituvchilari tekshirib beradilar.
Tum an ruhiy-pedagogik konsultatsiyalarida bolaning m ak
tabga tayyorgarligini har tomonlama aniqlashadi. Ular ta ’lim-
tarbiyadagi qiyinchiliklarni bartaraf etishda profilaktik va kor-
reksion usullarni tavsiya etadilar, tarbiya sohasiga oid maslahat-
lar beradilar. Bular bilan birga tum an mahalla qo‘m italari faol
ishtirok etadilar. Bola tarbiyasiga salbiy ta ’sir etadigan ota-onalar
bilan m ahalla q o ‘m italari va boshqa ijtim oiy tashkilotlar
ishlashadi.
Tuman ruhiy-pedagogik konsultatsiyalarida bolalarning mak
tabga tayyorligini aniqlashda psixologik testlardan foydalaniladi.
Testlami mazmun jihatdan ikki guruhga bo‘lish mumkin:
1.
0 ‘qish jarayonida ishtirok etadigan
alohida psixologik to-
monlaming shakllanish darajasini aniqlaydigan testlar.
131
2. Maktabga umumiy tayyorgarlikni tekshiradigan testlar.
Konsultantlar bolani ota-onalar oldida tekshiruvdan o‘tka-
zadilar. So‘ngra tekshiruvlar natijalari asosida quyidagi chora-
larni maslahat beradilar:
a) umumta’lim maktabining 1-sinfiga yozish;
b) o‘qishni 1 yilga qoldirish;
d) bolani bog‘cha yoki maktab qoshidagi maxsus sinfga
yozdirish;
e) bolani maxsus maktabga yozdirish.
Konsultatsiyalarning xulosasi asosida mahalla qo‘mitalarining
maktab bo‘limlari bola qayerda o'qishini hal qilishadi. Agar bola
7 yoshga to ‘lib, ammo uning sog‘lig‘i yaxshi bo‘lmasa, unda
tekshiruvlar natijasiga ko‘ra o‘qish 1 yilga qoldiriladi. 1 yildan
so‘ng, bola qaytadan maxsus tekshiruvdan o‘tadi va qayerda o‘qishi
hal qilinadi.
Agar bola tarbiyasida ishtirok etadigan
shaxslar unga alohida
e’tibor ajratishsa, uning har tomonlama rivojlanishiga yaxshi
sharoit yaratib berishsa, yordam berishsa, o‘qishdan qolgan muhlat
ijobiy natija beradi.
0 ‘qishdan qolgan bolalar bilan ishlashda tarbiyachilar uchun
hozircha maxsus dasturlar ishlab chiqilmagan. Pedagoglar bun
day bolalar bilan mavjud bo'lgan maktabgacha ta’lim muassa
sasida ta’lim va tarbiya dasturi bo‘yicha ishlashmoqda, faqat ularga
ko‘proq e ’tibor ajratadilar.
Maktabda o‘qishni o‘zlashtira olmaydigan bolalar uchun max
sus sinflar ochiladi. Bunday sinfda o'qishni vaqtincha o‘zlashtira
olmaydigan, normal intellektga ega bo‘lgan bolalar o ‘qiydilar.
0 ‘qishdagi qoloqlikni individual mashg‘ulotlar, alohida parvarish
va maxsus kurs tartibi yordamida bartaraf etish mumkin.
Maxsus sinf 12—15 o‘quvchiga m o‘ljallangan bo‘lib,
maktab
direktorining ruxsati bilan ochiladi. Maxsus sinfga o ‘tkazish sinf
rahbari tavsiyasi, maktab shifokori va ruhiy-pedagogik konsultatsiya
xulosasi asosida amalga oshiriladi. 0 ‘quvchi maxsus sinfda vaqtincha,
uning o‘qishdagi qoloqligi bartaraf etilguncha qoladi. Sinfda 2 yilgacha
o‘qish mumkin.
Aqliy va jismoniy, nutq kamchiliklariga ega bo‘lgan, qiyin tar-
biyalanadigan, kasal va quw atsiz bolalar maxsus maktablarga
yuboriladi. Bularga aqli zaif bolalar uchun maxsus maktablar
va yordam chi maktablar kiradi.