• 14-bob. BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH 14.1. Bolalarni maktabga tayyorlash masalalari
  • < ? >  Nazorat savollari




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet71/106
    Sana02.08.2024
    Hajmi3,92 Mb.
    #269074
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   106
    Bog'liq
    Pedagogikasi

    125


    < ? > 
    Nazorat savollari
    --------------
    1. Fuqaro atamasining ma’nosini izohlang.
    2. Maktabgacha yoshdagi bolalarga fuqaroga xos bo‘lgan qanday sifatlar
    o‘rgatiladi?
    3. Fuqarolik tarbiyasining vazifalari.
    4. Davlat ramzlariga hurmat hissini qanday metodlar orqali o‘r- 
    gatiladi?
    5. Fuqaroga xos bo‘lgan sifatlami shakllantirishda milliy qadriyatlaming
    о‘mi qanday?


    14-bob.
    BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH
    14.1. Bolalarni maktabga tayyorlash masalalari
    Maktabdagi majburiy ta’lim bolaga ma’lum talablarni qo‘yadi. 
    M a’lumki, bola ta’lim-tarbiyaviy muassasaning talablarini bajara 
    oladigan rivojlanish darajasiga yetishi kerak, faqat shundagina bolani 
    maktabga berish mumkin.
    Olimlar qanday qilib maktabga tayyorgarlik darajasini aniq- 
    lashadi? Pedagogik va psixologik adabiyotlarda bolaning ta ’lim 
    va tarbiya jarayoniga kirib, uning mazmunini muvaffaqiyatli o‘z- 
    lashtirib olishi shaxsning umumiy rivojlanganligi deb ko‘rsatilgan.
    Psixologlar maktabga umumiy tayyorgarlikning quyidagi to- 
    monlarini ajratadilar: jismoniy, aqliy, ijtimoiy-axloqiy (yoki ij­
    timoiy his-tuyg‘uli) va sababli (motivli).
    Boshlang‘ich maktab bolani o ‘qitishga tayyorgarlik darajasiga 
    o ‘z talablarini qo‘yadi. Talablardan biri — bog‘cha bolalariga xos 
    bo‘lgan kun tartibiga rioya qilish. Bolaning bog‘chaga borish vaqti 
    oilaviy sharoitga qarab belgilanadi. Ammo maktabga borish 
    majburiy — bola darslarga har kuni kelishi shart.
    Bog‘cha bolasi kun bo‘yi tuzilishi va mazmuni qiziq bo‘lgan 
    turli xil faoliyatlar bilan shug‘ullanadi. Bola asosan, o‘z xohishi 
    bo‘yicha oVnaydi yoki ish bilan shug‘ullanadi. Maktabda esa kun- 
    ning birinchi qismini tartibli (sistemali) o‘qitish egallaydi, bun- 
    dan tashqari kunning ikkinchi qismida ham ma’lum vaqtni dars- 
    lami tayyorlashga ajratish kerak. Maktabda bola o‘z xohishi va qi- 
    ziqishi bilan tanlagan mashg‘ulotlar chegaralangan. Bola maktab 
    tartibi va darslar jadvaliga bo‘ysunishi kerak. Har qanday ob- 
    havoda bola maktabga vaqtida kelishi, o‘quv qurollarini olib kelishi, 
    maktab ta ’lim sharoitlariga ko‘nikishi kerak. Darslarda m a’lum 
    vaqt tinch o‘tirib, diqqatini bir joyga jalb qilib ishlashi, tanaffusda 
    esa nisbatan qisqa vaqt ichida o‘z kuchlarim tiklab olishi kerak boladi.
    Shunday qilib, maktab hayotiga jismoniy va ruhiy jihatdan 
    o‘rganish uchun bola eng aw al sog‘lom, jismoniy chiniqqan va
    127


    chidamli bo‘lishi kerak. Sistemali ta ’lim uchun bolaning aqliy 
    rivojlanishi, ya’ni, aniqrog‘i, maktabga umumiy ruhiy tayyorgarligi 
    muhim, deb hisoblanadi.
    Bola birinchi sinfda uch fan (o‘qish, yozuv va matema- 
    tika)ning asoslarini, tabiat va jamiyat to ‘g‘risida oddiy bilimlarni 
    egallaydi. Bola odamlar, jismlar va tevarak-atrofdagi hodisalar 
    haqida m a’lum tasaw ur bilan maktabga kelishi kerak. Bolaning 
    o ‘quv materialni to ‘liq o‘zlashtirishi va ta ’limning bola qobiliyat- 
    lariga mos kelishi uning aqliy faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi.
    Bolaning yaxshi o‘qishiga aqliy faoliyatining rivojlanish da­
    rajasi, idrok, tasawur, xotira va tafakkur fimksiyalari hamda aqliy 
    faoliyat bilan shug‘ullanish odatlari ta’sir qiladi. Bola tahlil qi- 
    lishni, ya’ni narsalarni (predmetlami) idrok etganda muhim va 
    muhim bo‘lmaganlarni ajrata bilish, kuzatayotgan hodisalarni 
    umumlashtirish, guruhlash kabilami o‘rganishi kerak. Bola zehnli, 
    ziyrak, topqir, mustaqil bo‘lishi kerak. Zavq, xursandchilik keltira- 
    digan aqliy faoliyatiga nisbatan bolada qiziqish paydo bo‘ladi.
    Ta’limning muvaffaqiyatli bolishi ko‘p jihatdan bola nutqining 
    rivojlanish darajasiga, uning lug‘at boyligiga, mustaqil, aniq, 
    ifodali va grammatik jihatdan to ‘g‘ri gapira olishiga bog‘liq bo‘ladi.
    Bolada maktabga borish bilan nafaqat hayot tartibi va asosiy 
    faoliyatida, balki ijtimoiy o‘rnida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. 
    Bola munosabatlari shakllangan tanish tengdoshlar va kattalar 
    jamoasidan, notanish bolalar va kattalar jamiyatiga o‘tadi.
    Oldingi jam oada bola o ‘zining huquq, burch va imtiyozla- 
    rini bilar edi, yangi shakllanayotgan maktab jamoasida esa bola 
    o ‘zini boshidan ko‘rsatishi kerak. Bolaning burch va huquqlari, 
    maktabgacha davrga nisbatan aniqroq va qattiqroq belgilanadi. 
    Bola faoliyatini baholashning muhim mezonlaridan biri nafaqat 
    maktabda, balki oilada, tengdoshlar davrasida muvaffaqiyatli 
    o‘qish bo‘lib qoladi.
    Maktabda uzoq muddat ota-ona g‘amxo‘rligisiz bo‘lgani sa­
    babli, bola o ‘z yoshiga mos his-tuyg‘u va iroda mustahkamligiga 
    ega bo‘lishi, o‘z xulqini nazorat qila olishi kerak. Agar o‘quvchi 
    o‘qishga ijobiy yondashsa, o‘qishni xohlab, intilsa, ta’limdagi bosh- 
    lang‘ich qiyinchiliklami tezroq va osonroq bartaraf etadi. Irodali 
    bo‘lish bolaga barcha maktab vazifalarini doimiy va muvaffaqiyatli 
    bajarishida muhim ahamiyatga ega.
    Bilim va ijtimoiy hayot qonun-qoidalariga rioya qilish, xarakter 
    ijobiy jihatlarining shakllanganligi bolaga boshqa bolalar bilan
    128


    muloqotda, sinfdoshlar bilan do‘stona munosabat o‘rnatishda va 
    jamoada faol ishtirok etishida juda katta yordam beradi.
    Bolaning maktabga umumiy tayyorgarligi deganda uning har 
    tomonlama rivojlanganligi tushuniladi. Biror tomonining rivojlan- 
    magani, zaifligi (aqliy, his-tuyg‘uli, irodaviy yoki amaliy) mak­
    tabda o‘zlashtirmaslikning sabablaridan bo‘lishi mumkin.
    Shu bilan birgalikda, bolalar birinchi sinfda o‘quv fanlarining 
    (o‘qish, yozuv, matematika) mazmunini o ‘zlashtirish uchun 
    maxsus bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘Ushlari kerak. Ma- 
    salan, matematikani o‘qitishda o‘qituvchi bola narsalarning rangi, 
    shakli, katta-kichikligi, sonini ajrata biladi deb hisoblaydi, yozuvni 
    o‘rganishda esa bola yozuv va rasm qurollarini to ‘g‘ri ishlata oli- 
    shiga, grafik mashqlarni bajara olishiga tayanadi. Shu kabi bilim, 
    malaka va ko‘nikmalar maktabga maxsus tayyorgarlikni tashkil 
    etadi. Umumiy va maxsus tayyorgarlik bir-biriga zid kelmaydi. 
    Maktab fanlarini o‘zlashtirishda bolaning maxsus tayyorgarligi 
    umumiy tayyorgarlikdan kelib chiqadi, unga mos keladi, tayanadi.
    Bola shaxsini rivojlantirishda ma’lum bir tomoniga (asosan, 
    aqliy) kuchli yo‘naltirish berishga alohida e’tibor berish kerak. 
    Kattalar har doim shuni esda tutishlari kerakki, bolani tezlash- 
    tirilgan, jadal o‘qitish zarur hisoblanadi.
    Maktabgacha davr inson shaxsini shakllantirishda juda katta 
    ahamiyatga ega. Agar shaxsni har taraflam a shakllantirishda 
    aynan shu yoshdagi qulay sharoitlar qo‘llanilmasa, rivojlanish 
    to ‘xtab qolishi mumkin yoki chetlanishlarini bartaraf etish ni- 
    hoyatda og‘ir kechadi.
    7 yosh — bola yangi sharoitga tez o ‘rganadigan va o ‘qish 
    jarayonida muvaffaqiyatli ishtirok etadigan davr hisoblanadi. 
    Y.A. Kamenskiy bola hayotining yettinchi yilini bekorchilikda 
    buzilib ketmaslik uchun m aktabda o ‘qishni boshlaydigan vaqt 
    deb hisoblagan. Bolaning ona maktabida 5—6 yil ta ’lim-tarbiya 
    olishini (bolaning oiladagi tarbiyasi nazarda tutilgan) u yetarli 
    va optim al m uhlat, deb hisoblagan.
    Maktabga tayyor bo‘lgan bola jismoniy chiniqqan, har qanday 
    ob-havoda uzoq vaqt yura oladi, asosiy harakat malakalariga ega, 
    u o‘zining harakatlarini nazorat qila oladi, tozalikka rioya qiladi.
    Bola bilimining rivojlanganligi uning jamiyat va tabiatdagi vo- 
    qea-hodisalarni tushunib yetishi, kuzatish qobiliyati, hodisalarni 
    to ‘g‘ri nomlashi bilan aniqlanadi. Bola o‘z fikrlarini ifoda eta 
    bilishi kerak, ijodiy va mustaqil fikrlay olishi, aniq ko‘rgazma
    129


    materialga tayanib, masalalarni yecha bilishi kerak. 6—7 yoshli 
    bola oiladan tashqarida ham o ‘zini dadil tutishi kerak. Shakllan- 
    gan madaniy ko‘nikmalari o ‘z tengdoshlari bilan munosabat- 
    lar o ‘matishiga yordam beradi.
    Bola mustaqil kiyinishni, ovqat yeyishni, narsalarini toza va 
    tartibli saqlashni o ‘rganishi kerak. Bola kattalar mehnatining 
    muhimligini tushunishi va hurmat qilishi kerak. H ar qanday 
    ishga ijobiy yondashib, uni diqqat, e’tibor bilan vaqtida bajarishi 
    lozim.
    Bolada estetik idrokni shakllantirish, o ‘zining yoshiga mos 
    badiiy asarlarga qiziqish uyg‘otish, yon-atrofni estetik jihatdan 
    bezatishiga intilishini rivojlantirish kerak. Bola musiqa, adabiy 
    so‘z, rasmlarning chiroyini sezishni o‘rganishi, ashula aytish, 
    rasm chizish, yasash, topishm oqlar, laparlar, tez aytishlar
    maqollar, ertaklarni bilishi va aytib berishi, kitoblami avaylashni 
    bilishi kerak.

    Download 3,92 Mb.
    1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   106




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish