13-bob.
FUQAROLIK TARBIYASI
13.1. Fuqarolik tarbiyasining mazmuni,
maqsad va vazifalari
Mustaqil respublikamizda shakllanayotgan milliy istiqlol g‘o-
yalari fuqarolarini Konstitutsiyada e’tirof etilgan
insonparvarlik,
demokratik, huquqiy davlat va huquqiy jamiyatni barpo etishdek
ezgu maqsad atrofida birlashtirishga xizmat qiladi. Har bir fu-
qaroning
ijtimoiy-siyosiy, huquqiy faolligini yuzaga keltirish, fu
qarolik (huquqiy) madaniyatini qaror toptirish fuqarolik (huqu
qiy) jamiyatning asosiy talabi sanaladi.
Davrning ushbu o‘ta dolzarb talabi 0 ‘zbekiston Respublikasi
hukumati tomonidan qabul qilingan qator qonun va qarorlar,
shuningdek, 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.
Karimov
asarlari mazmunida o‘zining yorqin ifodasini topdi. Aholi o‘r-
tasida milliy istiqlol mafkurasi g‘oyalarini targ‘ib etdi. Ijtimoiy
tarbiyaning samarali, izchil tizimini yaratish, jamiyatda fuqarolik
(huquqiy) madaniyatini shakllantirish
muammolarining ijobiy
hal etilishi jamiyat ijtimoiy hayoti uchun muhim ahamiyatga
egadir.
Ijtimoiy hayotda fuqarolik madaniyatining shakllanishi uchun
zarur shart-sharoitlami vujudga keltirish: bir tomondan,
jamiyat
manfaatlari uchun, ikkinchi tomondan, shaxs (fuqaro) manfaat-
lari, shuningdek, jamiyat hamda fuqaroning birgalikdagi manfaat-
lariga to‘la mos keladi. Shu sababli respublika mustaqilligi sharoi-
tida ijtimoiy ta ’lim-tarbiyani tashkil etish mazmunini tubdan
yangilash zaruriyati yuzaga keladi. Ijtimoiy tarbiyani keng ko‘lamda
tashkil etish bugungi kunning da’vati va talabi bo‘lib qolmoqda.
0 ‘z fuqarolariga ega b o ‘lish har bir davlatning zarur