biyachiga dastur mazmunini ma’lum
sistema asosida bolalarga
qiziqarli qilib yetkazishga yordam beradi.
Oynayi jahon orqali beriladigan «U kim, bu nima?» ko‘rsatuvi,
radio orqali beriladigan «Ertaklar olamiga sayohat» o‘yin-eshit-
tirishi orqali bolalar u yoki bu o‘lkaning tabiati, hayvonot olami,
xalqlarning urf-odati bilan tanishadilar.
Axloqiy sifatlari tarbiya-
lanadi. Ularda namoyish etilgan teleko'rsatuvlar orqali tabiatda yuz
berayotgan jarayonlar, o‘simlik, hayvonlar olami to ‘g‘risida to ‘-
laqonli tasawur hosil bo‘ladi.
Amaliy metod.
Bolalami tabiat bilan tanishtirishda tabiiy ma-
teriallar bilan o‘ynaladigan didaktik o‘yinlardan foydalanish maq-
sadga muvofiq.
Buning uchun meva-sabzavotlar, daraxt novda-
lari, xona gullaridan foydalanish mumkin. Bolalarni o'simliklar
bilan tanishtirishda quyidagi o‘yinlardan foydalanish mumkin:
« 0 ‘simliklami nomiga qarab top», «Bargiga qarab top», «Ta’riflan-
gan o‘simlik yoki mevani top» va. h.k.
Og‘zaki metod.
Bolalaiga ekologik tarbiya berishda tarbiyachining
tushuntirishi, hikoya qilib berishi, xalq maqollaridan, masallaridan
foydalanishi, suhbat kabi og‘zaki metodlaming o‘m i kattadir. Ta
biatning faol himoyachilarini tarbiyalash uchun maktabgacha ta’lim
yoshidagi bolalar bilan quyidagi yo‘nalishlarda ish olib boriladi:
1. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga tabiat olami, undagi
voqea-hodisalar o‘rtasidagi bog‘liqlik to‘g‘risida aniq bilimlar berish.
2. Bolalarda tabiat, uni asrab-avaylash, uning boyliklarini oshi-
rishga oid faoliyatni shakllantirish.
3. Bolalami respublikamizning tabiatini qo‘riqlash,
uni asrab-
avaylash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirish.