Estetik tarbiyaning vazifalari




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/106
Sana02.08.2024
Hajmi3,92 Mb.
#269074
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106
Bog'liq
Pedagogikasi

11.2. Estetik tarbiyaning vazifalari
Estetik tarbiyaning vazifalari tarbiyaning umumiy maqsadidan 
kelib chiqib, bolaning yosh imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda 
belgilanadi:
1. Bolalami hayotdagi go‘zallikni tushunishga, sevishga, ta- 
biatda, turmushda, yaratuvchanlik mehnatida, ijtimoiy hayotda, 
kishilaming xatti-harakatlarida bolalarga tushunarli bo‘lgan go‘zal- 
liklami ko‘ra bilishga o‘rgatish. Ularda estetik his, estetik did, estetik 
munosabatni tarbiyalash. Kuchlari yetganicha hayotda go‘zallik 
yaratishda faol ishtirok etish istagini tarbiyalash.
2. Bolalami badiiy ijodning turli janrlarida (badiiy asar, mu- 
siqa, qo‘shiq, raqs, rasm) yaratilgan san’at asarlarini ko‘rish, 
tushunish va sevishga o‘rgatish orqali ularda estetik ong qirralarini
111


shakllantirish; chiroylini xunukdan, g‘amginlikni xursandchi- 
likdan farqlay olish; ranglami, shakl, tovushlami bir-biridan farq- 
lay olish kabi sensor etalonlar bilan tanishtirish.
3. 
Bolalarni san’atning turli sohalari: ashula, o ‘yin, o ‘qish, 
qayta hikoya qilish, ijodiy faoliyatlarda yanada faolroq harakat 
qilish, o ‘zini ko‘rsata olishga o ‘rgatish. Bular orqali bolalarda 
badiiy ijodiy qobiliyatni, xayolni o ‘stirish, fazoviy va rang muno­
sabatlarini, ko‘rish xotirasi, qo‘llami chaqqon harakatga keltira 
olish malakalarini rivojlantirish.
Estetik tarbiya vositalari quyidagilami o‘z ichiga oladi:
• bolalarni o‘rab turgan muhit, turmush estetikasi;
• tevarak-atrofdan olingan taassurotlar;
• tabiat, san’at asarlari;
• bolalarning tasviriy faoliyatlari;
• bayramlar, ko‘ngilochar tadbirlar;
• m a ’lum m aqsadli va rejali ravishda amalga oshiriladigan 
ta ’lim;
• m a’lum maqsadga qaratilgan va rejali ravishda amalga oshi­
riladigan ta’lim.
Bolalar bog‘chasini o‘rab turgan go‘zallik muhiti bolalarning 
har tomonlama kamol topishiga, estetik didlarining tarbiyalani- 
shiga yordam beradi.
Pedagogika sistemasiga xos bo‘lgan estetika va etikaning birligini 
oilada, bolalar bog‘chalarida kichkintoylami tarbiyalashda bema- 
lol qo‘llash mumkin. Lekin haqiqiy turmush estetikasini yaratish 
uchun tarbiyachi va ota-onalarning yuqori madaniyatli, yaxshi 
xulqli, xushmuomala, badiiy didli bo‘lishlari talab etiladi.
Bolalami o‘rab turadigan chiroyli narsalaming o‘zi bolaga hech 
narsa bermaydi, shuning uchun bolalami ularni ko‘rishga, qadr- 
lashga, baholay bilishga o ‘rgatish kerak. Tarbiyachi bolalarning 
diqqatini polning tozaligiga, chiroyli idishlarga, gullarga qaratadi. 
Har bir yangi narsa, yangi bezak bolalar bilan birga ko‘rib chiqiladi. 
Eng muhimi, hamma narsalami bolalarda estetik zavq uyg‘otadigan 
qilib ko‘rsatish kerak.
Bolalarda estetik zavq uyg‘otish uchun ularga kuzatilayotgan 
narsaning mazmuni va ahamiyatini tushuntirish kerak. Bolalarning 
hislariga ta’sir etish uchun bu hali yetarli emas. Eng muhimi, bu 
yerda kattalarning namunasidir. Tarbiyachining o‘zi zavqlansa, 
ortiqcha so‘zlarsiz go'zallikka qiziqish uyg‘ota oladi va bolalarda 
estetik kechinmalar paydo qila oladi.
112


Bolalar tarbiyachidan: «Nima uchun oltin kuz deyiladi?» deb 
so‘rashadi, tarbiyachi istirohat bog‘iga borib ko‘ramiz, deb javob 
beradi. Bog‘ga borishganda bolalarga taklif etadi: «Sayr qilib 
daraxtlami, yo‘lkalarni kuzatamiz». Bog‘ning eng xushmanzara 
joyiga kelganda bolalar to ‘xtab, atrofga nazar tashlashadi-da: 
«Nima uchun oltin kuzligini tushundik. Chunki barglar tillaga 
o ‘xshaydi. Ana qizil barglar», deyishadi hayajon bilan. Shamol 
bo‘lishi bilan barglar yerga tushadi. Yo‘lkalar esa to ‘shalgan gi- 
lamga o ‘xshaydi.
K o‘chaga sayrga chiqishadi. Tarbiyachi bolalarga shunday 
deydi: «Biz hozir sizlar bilan bog‘cha ko‘chasidan yurib o‘tamiz. 
Sizlar diqqat bilan kuzatib boringlar, kim qanday chiroyli narsa 
ko‘rsa, sayrdan keyin so‘zlab beradi».
Shuni ta’kidlash kerakki, ajoyibot yonimizdadir, bolalami shu 
ajoyibotni ko‘ra bilishga, undan hayratlaria olishga o ‘rgatish 
lozim. Tabiatning go‘zalligini va ajoyibligini inson hayot go‘zal- 
ligiga, san’at go‘zalligi va ajoyibotiga aylantir^di- Jonajon tabiat 
estetik tarbiyaning qudratli vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Teva- 
rak-atrofdagi tabiat go‘zalligi, hatto eng kichik bolani ham qu- 
vontiradi. Uning tuyg‘ular va xayollarda saqlangan go‘zalligi bo- 
lalikda, ayniqsa, yorqin va chuqur idrok qilinadi, inson bulami 
butun hayoti davomida esidan chiqarmaydi.
Sayr, ekskursiya vaqtida tarbiyachi bolalarning diqqatini ta­
biatning rang-barangligiga, uning o‘zgarishi va uyg‘unligiga qa- 
ratadi, tabiat hodisalariga qiziqish uyg‘otadi, unga muhabbat va 
ehtiyotkorlik munosabatini tarbiyalaydi, asrab-avaylashga o ‘rga- 
tadi. Bularning hammasi bolalarning estetik didlarini tarbiya­
laydi, ular kishilaming m ehnat natijalarini yaqqol ko‘rib, atrof­
dagi go‘zallik inson mehnati tufayli yuzaga kelishiga ishonch hosil 
' qiladilar.
Tarbiyachi bolalarning g‘unchadagi bir tomchi shabnamda 
ham, o‘tlarning biri ikkinchisi bilan qo‘shilib ketishida ham, 
quyoshning nur taratishida ham, oqshom bo‘yoqlarida ham tabiat 
go‘zalligini ko‘ra bilishlariga yordam beradi.
Bolalar bog‘chasida tabiat burchagi tashkil etiladi. Undagi hay­
vonlar va o‘simliklami kuzatish va parvarish qilish bolalarda estetik 
idrokni, ularga nisbatan to ‘g‘ri munosabatni, go‘zallik yaratish 
xohishini shakllantiradi va qizg‘in faoliyatga undaydi. Yilning yoz 
faslida polizda, gulzorda, bog‘cha maydonchasida mehnat qilishda 
ham bolalar estetik zavq oladilar. Kuzda o‘z mehnati mevasini yeyish
113


bolaga alohida estetik huzur bag‘ishlaydi. Dala va bog‘larga sayrga 
borganda tabiatning go‘zalligi va boyligidan, u yerdagi dehqonlar- 
ning yaratuvchilik mehnatlaridan benihoya zavqlanishadi.
Bolalar bog‘chasida bolalami estetik tomondan tarbiyalashda 
san’atning har xil turlaridan (musiqa, rassomchilik, haykalta- 
roshlik, xalq amaliy san’ati, adabiyot va h. k.) foydalaniladi. San’at 
yuksak estetik zavqning, kishi xursandchiligining tuganmas man- 
bayi bo‘lib xizmat qiladi. Shu bilan bir vaqtda u har bir kishining 
rivojlanishi, m a’naviy boyishi uchun ham vositadir.
Badiiy asar kishining his-tuyg‘ulariga ta’sir etsa, hissiy ke- 
chinmalar kishida fikrlashni uyg'otadi. Badiiy asardan hayajon- 
lanish fikrlashni faollashtiradi. Qiziqarli ertak yoki rasm bolada 
fikrlar o‘yinini uyg‘otadi. Bu to ‘g‘rida S.Y. Marshak shunday degan 
edi: «Qizil shapkacha» ertagini bolalar qatorasiga 20 marta eshi- 
tishga tayyorlar. Bunga sabab ertak o ‘z tuzilishi bo'yicha aniq, 
uning mantiqi va motivi izchil, har qanday bola o‘zini ertakdagi 
qahramon o ‘rniga qo‘ya oladi va «Qizil shapkacha»ni o ‘ynay 
oladi». San’atning hamma turlari — adabiyot, musiqa, rassom­
chilik, haykaltaroshlik, teatr, kino bolalarga tushunarlidir.
San’atdan bolalar bog‘chasini bezashda, ta’lim berishda, bola­
laming mustaqil faoliyatlarida foydalaniladi. Bolalar bog‘chasida 
ganch, chinni, yog‘och, loy, plastilindan xilma-xil buyumlar, 
o‘yinchoqlar yasash mumkin. Bolalar o‘yinchoqlarining yaxshi 
namunalaridan guruh xonasini bezatishda foydalansa bo‘ladi.
Gilamchilik, to ‘qimachilik, kulolchilik, zardo‘zlik, kash- 
tachilik, popopchilik, badiiy oyna, metall patnislar, to ‘qilgan 
hamda tikib gul solingan buyumlar va boshqalar tasviriy san’at­
ning manzarali shakliga kiradi. Bundan tashqari, bog‘chada har 
bir viloyat, o‘lka, respublikaning milliy madaniyatidan foyda­
lanish kerak.
Ta’lim-tarbiya ishlarida o‘zbek xalq amaliy san’ati nam una­
laridan foydalanish katta ahamiyatga egadir. Milliy naqshlar tu- 
shirilgan chiroyli guldor matolar qo‘g‘irchoqlar uchun ko‘ylak, 
oyna pardalari, dasturxon kabilar uchun ishlatilishi mumkin.
Musiqa bolalaming kayfiyatini ko‘tarib ertalabki badantar- 
biyada yangray boshlaydi. Yilning quruq va issiq vaqtlarida eks- 
kursiya, sayr va o‘yin vaqtlarida ashulalar ijro etilishi kerak, bu 
bolalami yanada bir-biriga yaqinlashtiradi, ruhini ko‘taradi. May- 
donchada mehnat qilish jarayonida ijro etilgan ashula harakat 
ritmini uyg‘unlashtiradi, bolalarga mehnat quvonchini bag‘ishlaydi.
114


Bolalarda estetik idrokning rivojlanishi uchun ularni haqiqiy 
san’at asarlari bilan tanishtirish zarur. Radio, oynayi jahonda san’at 
ustalari va tengdoshlari ijro etgan asarlar bolalarning estetik rivoj- 
lanishida katta yordam beradi.
Ashula aytib o‘yinga tushishda, asosan, xalq ijodi namunala- 
ridan foydalaniladi, bu bolalami axloqiy-estetik tarbiyalash uchun 
g‘oyat qimmatli vositadir. Bolalar xalq kuylarini ijro etayotib, xalq 
tili va kuyining hamohangligini, ravonligini bilib oladilar. Bu bo­
lalarda vatanparvarlik hislarini tarbiyalaydi, musiqaviy didini 
shakllantiradi, bolalami zamonaviy va klassik kuylami idrok eta 
olishga tayyorlaydi. Ashula va raqsga tushishga o‘rgatishda faqat 
to ‘g‘ri aytish va to ‘g‘ri harakat qilishni emas, balki ifodali aytish, 
yengil, chiroyli va latofat bilan raqsga tushishga o‘rgatiladi.
Bolalarning badiiy qobiliyatlarini tarbiyalash masalasi ulaming 
ijodiy o‘sishi bilan chambarchas bog‘liqdir. Shuning uchun bolaga 
o‘rgatish, undagi ijodiy tashabbusni rivojlantirish ishi bir-biri 
bilan uzviy aloqada amalga oshirilishi lozim. Pedagog tarbiyaviy 
nuqtayi nazardan yondashib, bola ijodining eng birinchi, hali to ‘liq 
namoyon bo'lmagan tomonini seza bilishi va baholay olishi kerak, 
bu bilan u boladagi kamolot yo‘lini to ‘g‘ri belgilashi mumkin.
Bolalar bog‘chasida o‘tkaziladigan bayramlar bolalarga chuqur 
ta’sir etadi. Bayramning tarbiyaviy kuchi va o‘ziga xosligi uning 
g‘oyaviy va estetik mazmuni san’atning turli ko‘rinishlari bilan 
bog‘liq bo‘lishidadir. Har qaysi bayram o ‘z g‘oyasiga ega bo‘lib, u 
bolalarga yorqin obrazlar orqali ta’sir ko‘rsatadi.
Estetik tarbiya vositalaridan biri qo‘g‘irchoq teatridir. Uning 
nihoyatda kuchli ta’sir etishining sababi soddaligi, odatdan tashqari 
jo ‘shqinligi va qo‘g‘irchoqligi (o'yinchoqligi), shuningdek, badiiy 
so‘z, musiqa, ashula, raqs, tasviriy san’at kabi tarkibiy qismlar- 
ning uzviy jipslashib ketganligi kishi ko‘zi o'ngida yaqqol namo­
yon bo‘lishidadir. Qo‘g‘irchoq teatrini bolalar faqat tomosha qi- 
libgina qolmay, balki unda o‘zlari ham qatnashadilar. Bu bola­
ning dramatik qobiliyati, tashabbusi, nutqini o‘stiradi, hayotiga 
quvonch bag‘ishlaydi.
Qo‘g‘irchoq teatri, soya teatri ko‘rsatish ham bolalami estetik 
tomondan tarbiyalashda alohida o‘rin egallaydi. Bu o‘yinchoq, 
qo‘g‘irchoqlar bolalarga tanish bo‘lsa-da, ulami tarbiyachi qo‘li 
yordamida harakatga keltirib, badiiy so‘zlar bilan qo‘shib olib 
borishi natijasida ular bolaning ko‘z o‘ngida jonlanadi, boshqacha 
tus oladi va bolalar ertak mazmunini chuqur idrok eta boshlaydilar.
115


Badiiy didning shakllanishida kitoblar muhim rol o‘ynaydi. 
Kitoblar faqat bolalaming yoshiga mos, mavzu va mazmuni bi- 
langina emas, shu bilan birga bayon qilish usuli hamda bezatilishi 
bilan ham ajralib turishi juda muhimdir.
Kichkintoylar, ayniqsa, 2—3 yoshli bolalar uchun chiqarilgan 
kitoblarda so‘zlardan ko'ra, rasmlaming ta’siri katta bo‘ladi. Bola 
kitobchadagi rasmlami qayta-qayta o‘z o‘rtoqlariga, kattalarga, 
qo‘g‘irchog‘iga «o‘qib» berish bilan uning mazmunini o‘z xotirasida 
mustahkamlaydi. Kitobdagi chiroyli, yorqin rasmlar bolalaming 
badiiy didini tarbiyalaydi.
Kattalar mehnati, qahramonlik, shuningdek, ona Vatanga bo‘l- 
gan muhabbat, do‘stlik, birodarlik, bolalaming ota-onalariga nis­
batan mehribon bo‘lishlari kabi mavzularda yozilgan hikoyalar 
bolalarga tushunarlidir.
Bolalaming sevimli yozuvchi va shoirlari Qudrat Hikmat, 
Mirmuhsin, Shukur Sa’dulla, Quddus Muhammadiyning bolalar 
uchun yozgan she’rlari ularda ijobiy his-tuyg‘ulami tarbiyalaydi, 
ularni yashashga o‘rgatadi, dunyoqarashini shakllantiradi, ona tilining 
boyhgini, so‘zlaming ta’sirchanligini his qilishga yordam beradi.
Kichkintoylar hammadan ham ertaklami sevadilar. Ertakning 
yaxshi tomoni shuki, unda uzoq fikr yuritilmaydi. Ertak qahra- 
monlari bolaga yaqin va tanish. Ertak tili hayotiy hamda jonli 
bo‘ladi. Eng muhimi, tarbiyachining o‘zi badiiy adabiyotni sevishi 
va tushunishi, nasriy asar va she’rlami ifodali o‘qiy bilishi kerak.
Bolalar bog‘chasida kattalar rahbarligida bolalar tomonidan 
konsertlar, bayramlar, kichkintoylaming tug‘ilgan kunlarini nishon- 
lash bolalarda quvonchli hislami uyg‘otadigan, mazmunli va ularning 
xotiralarida uzoq vaqt saqlanib qoladigan qilib tashkil etilishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, estetik tarbiya bolalarni har to m o n ­
lama barkamol inson qilib tarbiyalashning m uhim qismi b o ‘lib 
xizmat qiladi.

Download 3,92 Mb.
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   106




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish