• 10.3. Maktabgacha yoshdagi bolalarni uyidagi mehnatga o‘rgatish
  • Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning navbatchilik




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet59/106
    Sana02.08.2024
    Hajmi3,92 Mb.
    #269074
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106
    Bog'liq
    Pedagogikasi

    Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning navbatchilik
    qilishi. 
    Navbatchilik kundalik m ehnatning bir turi sifatida, bo­
    lalar mehnat mashg‘ulotlarida tegishli mehnat jarayonlarini ba- 
    jarishnibilib olganlaridan keyinjoriy etiladi. Navbatchilik vaq- 
    tida bolalarning mustaqil mehnat faoliyati takomillashadi. Nav- 
    batchining ishi kattalarga yordam berishga, bolalar ehtiyojini qon- 
    dirishga qaratilgan bo‘ladi. Navbatchilik vaqtida bolalarda top- 
    shirilgan ish uchun mas’uliyat, odamlarga nisbatan g‘amxo‘rlik 
    qilish, mehnat vazifalarini bajara olish odati tarkib topadi. Nav­
    batchilik turlari «МТМ ta ’lim-tarbiya dasturi»da belgilab be­
    rilgan bo‘lib, bularga oshxonada, tabiat burchagida, mashg‘ulot- 
    larda navbatchilik qilish turlari kiradi.
    Oshxonada navbatchilik o‘rta guruhda yil boshidan, mashg‘u- 
    lotlarda navbatchilik o ‘rta guruhda yilning ikkinchi yarmidan, 
    tabiat burchagidagi navbatchilik katta guruhda joriy etiladi.
    M ehnat bolalarga quvonch bag‘ishlaydigan qilib rejalashtiri- 
    lishi, u m a’lum izchillik bilan amalga oshirilib borishi, vaqti bo­
    lalar yoshiga qarab to ‘g‘ri belgilanishi kerak: kichik yoshli bolalar 
    uchun 10—12 daqiqa, katta guruh bolalari uchun 15—20 da- 
    qiqa mehnat qilish maqbul hisoblanadi.
    10.3. Maktabgacha yoshdagi bolalarni uyidagi
    mehnatga o‘rgatish
    Maktabgacha yoshdagi bola serharakat, sepg‘ayrat bo‘lib, u 
    o ‘zini o ‘rab olgan dunyoni tezroq bilishga intiladi. Bolaning ha- 
    rakatchanligi, har narsani bilishga qiziqishi, havaskorligi va mus­
    taqil ish qilishga intilishi maktabgacha yoshdagi bolaning xarak- 
    terli xususiyatlaridandir. Bu xususiyatlar, awalo, bolaning o‘yin- 
    larida aks etadi. Bolaning tashqi dunyoga bo‘lgan munosabati 
    o‘yinlarda o‘z ifodasini topadi. 0 ‘yin bolaning jismoniy rivojla­
    nishi uchun ham zarur.
    Bolalar o‘z o‘yinlarida atrofdagi hayotni aks ettiradilar. Mak­
    tabgacha yoshdagi bolalarda atrofdagi buyumlami sezish va idrok 
    qilish bilan juda ko‘p aniq tasawurlar paydo bo‘ladi. Bu yoshdagi 
    bolalarning fikrlashi juda konkretdir. Ular o'zlarining o‘yinlarida 
    kattalarga taqlid qilishni yaxshi ko‘radilar. Masalan, o‘g‘il bolalar
    103


    ko‘pchilik vaqtda askarlarga taqlid qilib, dushman ustidan g‘alaba 
    qozonishni o‘zlariga o‘yin qilib olsalar, qiz bolalar ko‘pincha qo‘- 
    g‘irchoq o‘ynaydilar hamda o ‘z o‘yinlarida uy-ro‘zg‘or tutishga 
    tegishli hamma ishni qiladilar: uy yig‘ishtirish, ovqat pishirish, 
    bolalarini uxlatish, ularni kiyintirish, ovqatlantirish, kinoga olib 
    borish va hokazolar. Maktabgacha yoshdagi bolalaming o'yinlarida 
    ba’zan ularning kasblarga bo‘lgan qiziqishlari ham namoyon bo‘- 
    ladi. Masalan, oiladagi beshta boladan to ‘rttalasi oq xalat kiygan 
    shifokomi ko‘rishi bilan onasining pinjiga kirib, qo‘rqib yig‘la- 
    salar, onasi bergan dorini ichmasalar, beshinchi qiz dorini gap- 
    so‘zsiz ichadi, chunki u ko‘p vaqt «doktor opa» bo‘lib o‘ynagan. 
    U o‘z opa-singillariga cho‘pdan yasalgan termometrni qo‘yib, 
    ularning issig‘ini o‘lchagan, gugurt bilan «ukol» qilgan. Bolalar 
    maktab-maktab o ‘yinini yaxshi ko‘radilar, har xil ro‘znoma, 
    kitoblami ko‘tarib «maktabga» keladilar, «o‘qituvchi»ning gapla- 
    rini diqqat bilan tinglaydilar.
    Ba’zan bolaning stulini yerga yotqizib, uni avtomashina qilib 
    haydaganini, mashina yurg‘izishdagi qoidalami amalga oshirishga 
    harakat qilayotganini ko‘rish mumkin. Bola o‘yinchoqlarini bir 
    burchakka tartib bilan terib qo‘yadi, qo‘g‘irchoqlarini joy-joyiga 
    o‘tqazadi, mashinasiga yuk yuklaydi yoki yukni tushiradi, qumdan 
    «shirinlik» pishiradi, «muzqaymoq» qiladi, uy-joy yasaydi. Bola 
    mehnat o‘yini bilan chegaralanib qolmaydi. U o‘ziga sotib olib 
    berilgan o‘yinchoqlardan tashqari qo‘liga tushgan har bir narsani 
    to ‘plab boradi. Masalan, konfet qog‘ozlari, gugurt, charm, sigaret 
    qutilari, daraxt barglari, mix, sim, ip g‘altaklarni to ‘playdi va 
    ulami o‘z o‘yinida qo‘llab, o‘zining qurilish ishlarida ishlatadi. 
    Bolalar to ‘p-to‘p bo‘lib o‘ynaganlarida rahbar bo‘lishni, hammasi 
    faqat insoniy, «yaxshi» rolni o ‘ynashni va albatta, g‘alaba 
    qozonishni istaydilar.
    Ko‘pgina yirik pedagoglar o‘yinni mehnatga tayyorgarlik ko‘- 
    rish, deb hisoblaydilar. A.S. Makarenko: «Bola o ‘yinda qanday 
    bo‘lsa, katta bo'lganida ishda ham ko‘p jihatdan shunday bo‘- 
    ladi», deydi. Buyuk pedagogning aytishi bo‘yicha, yaxshi o‘yin 
    yaxshi ishga o‘xshaydi, har bir yaxshi 
    0
    ‘yinning birinchi xususiyati 
    ishchanlik va fikmi zo‘r berib ishlatishdir.
    0 ‘yin bolani quvontiradi, yaxshi ish ham xuddi ana shunday 
    shodlik beradi. Ishdagi javobgarlik qanchalik katta bo‘Isa, o‘yindagi 
    javobgarlik ham bamisoli shundaydir. Bu ayniqsa, bolalaming ko‘p- 
    chilik bo‘lib, jamoa bo‘lib o‘ynaydigan o‘yinlariga ko‘proq taalluqlidir.
    104


    Shuni ham aytish kerakki, tarbiyachilar, ota-onalar bolalar­
    ning o‘yinlarini tashkil qilganda va o‘tkazganda ularga 
    0
    ‘yinchoq- 
    lar olib bergarida «hech kimga berma» demasliklari kerak, chunki 
    biz faqat o‘zimiznigina deyuvchi xudbinlami emas, balki jamoa 
    a’zosini tarbiyalashimiz kerak.
    Bolalar o‘yini bilan bolalar mehnatining o‘zaro uzviy aloqasi 
    bo‘lib, o‘yin bolalar yoshiga organik bog‘langan faoliyatdir. Bu 
    to ‘g‘rida Maksim Gorkiy: «Bola uch yoshgacha ko‘ngil ochadigan 
    o‘yinlarni istaydi, uning istagi biologik jihatdan qonuniydir. 
    U o‘ynashni xohlaydi, u hamma o‘yinlami o‘ynaydi va o‘z atro- 
    fidagi dunyoni hammadan ko‘ra o‘yinda, o‘yin orqali yaxshi va 
    osonroq biladi, taniydi», deb yozgan edi.
    0 ‘yinda bolalarning moyilligi va qiziqishlari, atrofdagi hayotga 
    bo‘lgan munosabatlari aniq ko‘rinadi. Xullas, o ‘yin bolalami ta- 
    raqqiy ettirishning eng muhim vositalaridan biridir. Shuning 
    uchun mohir tarbiyachilar, ota-onalar tomonidan ustalik bilan 
    yaxshi tashkil etilgan o‘yin bolalami aqliy, jismoniy va axloqiy 
    jihatdan to ‘g‘ri tarbiyalashga yordam beradi va shu bilan ularni 
    hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlaydi.
    2—3 yashar bolada hamma ishni «o‘zi» bajarishga intilish katta. 
    Uning har bir narsani o‘zi olishiga, har bir ishni o‘zi qilishiga 
    intilishi, tabiiydir. Uni hech kirn majbur qilmaydi, lekin qilgan 
    ishining samarasi uni xursand qiladi. Demak, shunday ekan, ota- 
    onalar bolalarni yoshligidanoq mehnat qilishga psixologik jihatdan 
    tayyorlab borishlari kerak.
    Awalo, bolani o‘ziga o‘zi xizmat qilishga o‘rgatish kerak. Chunki 
    bolaning ishni o‘zi qilishiga bo‘lgan qiziqishi asta-sekin oilada 
    tarbiyalanadi. Ota-onaning talabi bo‘yicha, bola o‘zining kiyim- 
    kechaklarini kiyadi, yuvinadi. Agar 2—3 yashar bolaga kiyinish va 
    yuvinishni o‘rgatmasdan, uni o‘ziga qo‘yib bersangiz, u bu ishni 
    «mustaqil» bajaradi: paypog‘ining tovonini albatta oyog‘ining yuziga 
    qilib kiyadi, tugmasini qo‘shni tugma teshigiga taqib qo‘yadi, 
    botinkalarini poyma-poy kiyadi. Yuz yuvishda esa, faqat ho‘l 
    qo‘llari bilan yuzini ishqalab, uni tozalash bir yoqda tursin, 
    aksincha, iflos qilib qo‘yadi. Shu bilan birga bola o‘z ishini bajarib 
    bo‘lgandan keyin jismonan ham, m a’nan ham charchaydi, aft- 
    basharasi kulgili, o‘zi beso‘naqay bo‘ladi. Sababi: bolada mana shu 
    ishlami bajarish iqtidori va ko‘nikmasi yo‘q.
    Ba’zi ota-onalar bolalarini bironta ishni bajarishda beso‘na- 
    qayligini, ishni tez bajara olmasligini ko‘rib, bolalariga ish top-
    105


    shirmaydilar yoki topshirgan taqdirda ham «bolaga ish buyur, 
    ketidan o ‘zing yugur» maqoliga asoslamb, ishm о ‘/lari ado qilib 
    qo‘yaqolishadi. Natijada bola kundan kunga m ehnat qilishdan 
    uzoqlashadi yoki qilayotgan ishini oxirigacha yetkazmasdan 
    «oyimning o‘zlari qilib oladilar» deb tinchib, doim o biror ki- 
    shining yordamiga tayanib, shunga o‘rganib o‘sadi.
    Ota-onalar tarbiyachilar, oila a’zolan bolalar oldiga yangi va 
    yangi vazifalar qo'yib («botinkangni kiy», «hovlinitig m a’lum bir 
    ioyini supur» singari vazifalami topshirib), ishm bajarishni o‘r- 
    gatib tushuntirib va asosan ishni bajarish tartibini shoshilmas- 
    dan ’ba’zan bir necha mapta takrorlab k o ‘rsatishlari lozim. Bolani 
    mehnatga o‘rgatishda ota-onalar uni hurm at qilm og‘i kerak. Bo­
    laning qilgan nojo‘ya ishi ustidan kulmasdan, u n i masxara qil- 
    masdan jerkib bermasdati, aksincha, uning mehnatidagi kichki- 
    nagina b o ‘lsa ham muvaffaqiyatni ko‘ra bilishlan kerak. Shu bilan 
    birga ota-onalar birorta ish qilayotganlarida bolalanga tez-tez mu- 
    roiaat ailib ularning kuchiga yarasha topshm q berib turishlari
    <<ггюпёа yordam ber>>, deb murojaat qilishlari yaxshi natija beradi. 
    Bolalar o ‘zlariga nisbatan qilingan m an a shunday murojaatm 
    jon-u dili bilan bajaradilar. Masalan, 4 yashar bola o ‘zining o‘ym- 
    choqlari turgan burchagini o‘zi yig‘ishtira oladi.
    Maktabgacha yoshdagi bolani o‘ziga о zi xizm at qilishidan 
    tashqari uy uchun foydali bo£lgan m ehnatga ham o^rgatish kerak. 
    Bola ota-onalar rahbarligida o‘z yoshiga, kuchiga yarasha asta- 
    sekin oddiy yengil, ammo foydali m ehnatm bajanshni o‘rganadi. 
    Bunda, birinchi navbatda, oiladagi kattalar shaxsiy namunasinmg
    ahamiyati beqiyos. 


    .
    Ikki yashar 

    Download 3,92 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   106




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabgacha ta’lim muassasasida bolalarning navbatchilik

    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish