Pedagogikasi




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/106
Sana02.08.2024
Hajmi3,92 Mb.
#269074
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   106
Bog'liq
Pedagogikasi

10-bob.
MEHNAT TARBIYASI
10.1. Mehnat tarbiyasining mohiyati
Mehnat inson hayoti uchun, uning farovon turmush kechirishi 
uchun hamisha asos bo‘lib keladi. Mehnat — faqat shaxsiy moddiy 
farovonlik manbayigina emas, balki el-yurtga xizmat qilish, vata- 
nimiz gullab-yashnashi va uning qudratini oshirish manbayi hamdir.
Ota-bobolarimiz asrlar davomida mehnatni ulug‘lab keUshgan. 
Ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan ilmiy-badiiy kitoblar, me’mor- 
chilik obidalari, san’at asarlarining barchasi mehnatning mahsulidir.
Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy inson kamolotida 
mehnat va mehnat tarbiyasi haqida muhim fikrlami bayon etgan. 
U har bir hunar egasini mehnatiga qarab turlarga bo‘lgan. Og‘ir 
m ehnat sifatida binokor, ko‘m ir qazuvchi, hunarm and, fan 
sohiblari mehnatini keltirgan. Ayniqsa, ilm ahli — olimlar mehnatiga 
alohida e’tibor berish, hayrixoh bo‘Ushga chaqirgan. Ularni ma’rifat 
tarqatuvchilar deb bilgan. Shu bilan birga og‘ir mehnat qiluvchilar
— konchilar, dehqonlar haqida gapirib, ularning m ehnatini 
rag‘batlantirib turish kerak, degan edi.
Olim bolalami eng kichik yoshdan mehnatga o‘rgatish me­
todlari, yo‘llari haqida fikr yuritib, shu bilan birga inson har 
tomonlama kamolga yetishi uchun ilmli bo‘lishi ham kerak degan 
g‘oyani ilgari suradi.
Buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir Alisher Navoiy m ehnat- 
sevarlikni chinakam insonning eng asosiy xususiyati deb bilgan. 
Mehnat kishini bezashini, uni har tomonlama kamol toptirishini 
yuksak ko‘tarinki ruh bilan ifoda etgan. Yosh avlodni sidqidildan 
mehnat qilishga, mehnatni qadrlashga chaqirgan.
Sharqning buyuk m a’rifatparvarlari yosh avlodni m ehnat 
ta ’limi va tarbiyasi masalalariga alohida e ’tibor berganlar. Ular 
o‘z asarlarida yosh avlodda qiziquvchanlik, tejamkorlik, do‘stlik- 
odamiylik kabi insoniy fazilatlar faqat mehnat orqaligina vujudga 
kelishini g‘oyatda ta ’sirchan ifoda etganlar.
99


Oczbek ma’rifatparvarlaridan Abdulla Avloniy yoslilaming biror 
kasb bilan mashg‘ul bo‘lishini birinchi galdagi muhim ish deb 
hisoblagan. «Turkiy guliston yoxud axloq» asarida dangasalik, 
yalqovlikni qoralab, harakatchanlikni ulug‘lab shunday yozgan: 
«Sihatimiz, saodatimiz, qanoatimiz, sabrimiz, fazilatlarimiz, bu­
tun hayotimiz harakatimizga bog‘liq. Harakatsiz kishilar har 
narsadan mahrum, doim boshqalaming yordamiga muhtoj bo‘lib 
qolurlar». Shuning uchun bolalarni hunar o‘rganishga chaqirib, 
kishilarni biror kasb bilan shug‘ullanishga undab, yoshlar bu ko‘- 
mirchilik, bu temirchilik menga munosib ish emas, deb dangasalik 
qilib, ishsiz yursa, zo‘r ayb hisoblanishini uqtirgan.
Yosh avlodni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashda xalqimiz 
tomonidan yaratilgan m ehnatni ulug‘lovchi maqollarning o‘rni 
beqiyos. 0 ‘zbek xalq maqollarida mehnat tufayli inson o‘z baxtini 
topishi mumkinligi, mehnat saodatga erishish kaliti ekanligi g‘o- 
yasi birinchi o‘rinda turadi:
Halol mehnat — yaxshi odat,
Berur senga saodat.
Mehnatli non — shakar,
Mehnatsiz non — zahar.
Uzoq umming siri mehnatda.
Mehnat shaxsni har tomonlama kamol toptirishning asosiy 
omilidir. Shuning uchun har bir bola maktabgacha ta’lim yoshidan 
boshlab mehnat jarayonida ishtirok etishi kerak. Bolalar bog‘- 
chasida, oilada bajariladigan, murakkab bo‘lmagan har bir top- 
shiriq bolaning kundalik vazifasiga aylanishi lozim.
Bola mehnatning ahamiyatini, mohiyatini tushunib yetishi 
uchun tarbiyachi kattalar mehnati, bolalarning o‘zlari bajaradigan 
mehnat turlarini kuzatish bo‘yicha ekskursiyalar uyushtiradi.
Quruvchilar mehnatini kuzatish jarayonida bolalar g‘isht te- 
ruvchining, bo‘yoqchi, duradgorning mehnati bilan tanishadi. 
Bolalar qurish bilan tanishish davomida bilib olgan barcha ta- 
saw ur va tushunchalari, ularning ko‘zi oldida ajoyib bino barpo 
etgan kishilar mehnatining go‘zalligi namoyon bo‘ladi.
Mehnat bolalardan diqqat, o‘tkir zehnlilik, topqirlik, ijodkor- 
lik, qobiliyatlarini egallashni talab etadi. Mehnat jarayoni bola 
nutqini yangi so‘zlar bilan boyitadi.

Download 3,92 Mb.
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   106




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish