• B olalam ing jam oa b o ‘lib mehnat qilishini
  • Pedagogikasi




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet58/106
    Sana02.08.2024
    Hajmi3,92 Mb.
    #269074
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   106
    Bog'liq
    Pedagogikasi

    Yakka tartibdagi mehnat
    turli maqsadlar bilan amalga oshiriladi. 
    Ko‘p hollarda u tarbiyachi tomonidan bolalardan kimdir ta’lim 
    beruvchi mashg‘ulotda qatnasha olmagan yoki o‘z shaxsiy xusu­
    siyatlari tufayli biror mehnat jarayonini o‘zlashtira olmagan taqdirda 
    tashkil etiladi. Tarbiyachining vazifasi bolaga mehnat jarayonining 
    yaxlit yoki uning eng og‘ir qismini bajarishini o‘rgatishdan iborat.
    101


    Yakka tartibdagi mehnat bola mazkur mehnat jarayoniga qiziqish 
    bildirib, uni xatosiz bajarishni o ‘rganishga intilganda, uning 
    tashabbuskori b o ‘lib maydonga chiqqanda yuz beradi. Masalan, 
    5 yoshli qizaloq tarbiyachidan o‘zini ertaga navbatchi qilib tayinla- 
    shini so‘rab murojaat qiladi: «Men qoshiqlami taxlashni o‘rganib 
    olaman. Bugun yanglishib, ularni noto‘g‘ri taxladim. Ertaga, al- 
    batta, ularni to ‘g‘ri joylashtiraman». Bu o‘rinda mehnatga rahbarlik 
    qilish hali o‘zlashtirib olinmagan mehnat usullarini shakllanti­
    rishga qaratiladi. Ko‘p hollarda tarbiyachi maslahat berishdan, 
    o‘z-o‘zini nazorat qilish, mehnat usullarini eslatishdan foydala- 
    nadi. Katta guruhlardagi yakka tartibdagi mehnat u yoki bu meh­
    nat jarayonlariga qiziqishning shakllanish ko‘rsatkichi bo‘lib qo- 
    ladi. Bolalar jonivorlami parvarish qiladilar, o‘yinchoqlar yasay- 
    dilar, biror narsa tikadilar. Umuman o‘z tashabbuslari bilan o‘z- 
    lari uchun qiziqarli bo‘lgan mehnat turlari bilan shug‘ullanadilar.
    B olalam ing jam oa b o ‘lib mehnat qilishini
    m aktabgacha 
    yoshdayoq kuzatish mumkin. Jamoa mehnatiga quyidagilar xos- 
    dir: umumiy maqsad, ishlovchilar o‘rtasida mehnat taqsimoti
    mehnatning jamoa natijasi, mehnat ishtirokchilarining umumiy 
    mas’uliyati, ularning bir-biriga bog‘liqligi. Jamoa mehnatining eng 
    oddiy turi umumiy m ehnat b o ‘lib, u bolalarni ikki jihatdan 
    birlashtirish bilan ajralib turadi, u ham bo‘lsa umumiy maqsad va 
    mehnatning umumiy natijasidir. M ehnat jarayoni xuddi yakka 
    tartibdagi kabi kechadi. Masalan, har bir bola bir tup o‘simlik 
    barglarini artadi, umumiy yakunda esa hamma o‘simliklar toza 
    bo‘ladi. Natijalami yagona mehnat natijasi qilib umumlashtirish 
    har kimga o‘zining ishi jamoa qilgan ishiga bog‘liqligini tushunish 
    imkonini beradi. Biroq bolalar tegishli mehnat jarayonini o‘rganib 
    olganlaridan keyin umumiy mehnatni joriy qilish mumkin.
    Umumiy mehnat tarbiyachining umumiy maqsadni qo‘yi- 
    shidan, umumiy ish hajmini belgilashidan, nima uchun mehnat 
    bolalar guruhi tomonidan bajarilishi mumkinligini tushuntiri- 
    shidan boshlanadi: «Bizning ishimiz ko‘p, qo‘g‘irchoqning hamma 
    idishlarini yuvishimiz kerak. Har kim bittadan buyumni yuvsa
    hamma idishlar toza bo‘ladi».
    So‘ngra bolalar o‘z ish o‘rinlarini mustaqil tashkil etadilar: 
    zarur mehnat jihozlarini tanlab oladilar, ularni qulay qilib joy- 
    lashtiradilar. Shundan keyin mehnatga kirishish uchun ruxsat 
    so‘raydilar. M ehnat jarayonida tarbiyachi bolalam ing ishini 
    nazorat qiladi, qo‘shni jamoadagilar diqqatini natijaning sifatiga
    102


    qaratadi. Agar kerak bo‘lsa, ulardan maslahat so‘raydi. M ehnatni 
    tez uddalagan bolalarga yana bitta buyumni yuvishni taklif etish 
    mumkin.

    Download 3,92 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   106




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish