12-bob.
EKOLOGIK TARBIYA
12.1. Ekologiya haqida tushuncha
Ekologiya yunoncha
«oikos»
so‘zidan olingan, «tom» yoki «uy»
m a’nosini anglatib, nemis olimi Ernest
Gekkel tomonidan ilk bor
fanga kiritilgan. Ekologiya fani ko‘pgina tarmoqlarga ega: o‘simliklar
ekologiyasi, zooekologiya,
tuproq ekologiyasi, inson ekologiyasi
va boshqalar. Ekologiya fani tanlab
olingan bir yoki bir necha
obyektning yashash sharoitini yoki normalarini o'rganadi va
yashashning optimal darajasini aniqlashga yordam beradi. Bu
yo‘nalishdagi ishlar bizga ekologik bilim lam i yetkazadi, ammo
bu bilan insoniyat cheklanib qolmaydi. Davr yana boshqa
yo'nalishda ham ish oUb borishni talab etmoqda. U ham bo‘lsa
ekologik tarbiya masalasidir.
Insoniyatni xavf ostida qoldirayotgan hodisalardan biri — eko
logik vaziyat bugungi kunning dolzarb muammosiga aylangan. In-
soniyatning tabiiy boyliklardan keragidan
ortiq foydalanishi oqi-
batida sayyoramizning qiyofasi o‘zgarib bormoqda.
Tabiat qonunlarining buzilishiga insonlarda ekologik bilim -
ning yetishmasligi, tabiatning kelajakdagi ahvoli qanday bo'lishini
oldindan ko‘ra bilmasligi sabab bo'layotir.
Ekologik bilim tirik tabiatning tuzilishi, rivojlanishi, o‘zgarishi
yer yuzidagi tirik jonzotlaming holatini o ‘rganish, tabiiy boyliklar
dan tejamkorlik bilan foydalanish yo‘llarini o‘zlashtirishdan iborat.
Ozon
qatlamining yemirilishi, Orol dengizining qurishi nati-
jasida ekologik muammolar kelib chiqmoqda.
Zavod-fabrika-
lardan chiqayotgan zaharli gazlarning havoga ko‘tarilishi, avto-
mobillardan zaharli gazlarning havoga chiqishi, turli xildagi port-
lashlar oqibatida xlorli gazlar havoga ko‘tarilib, ozon qatlam i
ning yemirilishiga olib kelmoqda.
Havoning
bunday ifloslanishi, uning tarkibidagi karbonat