Shunda ular har bir xatti-harakatini ongli ravishda, axloq nor-
malari va qoidalari doirasida bajarishga urinadilar. Badiiy ada-
biyotni o ‘qib berish, san’at asarlari va amaliy san’at buyumlarini
tomosha qilish, musiqa va ashula eshitish bolalarda estetik hisni
uyg‘otardi, shu bilan bir qatorda axloq qoidalari va normalarini
singdirib boradi.
Ikkinchi guruh metodlariga amaliy va o ‘yin metodlari kiradi.
Bular: o ‘yin-mashqlar, mashqlar, muammoli vaziyatlar, izla-
nuvchanlik faoliyati, pedagogik masalalarni yechish, didaktik va
harakatli, sahnalashtirilgan o ‘yinlar, inssenirovkalardir; bola
larning hamma faoliyatiga rahbarlikni ham shu metodlarga ki-
ritish mumkin (o‘yinning hamma turlari, mehnat, tasviriy fao
liyat va sh.k.). Hamma m etodlar axloqiy tasaw ur va tushun-
chalarni mustahkamlashga, bolalarda axloqiy tajribani to ‘p-
lashga, axloq normalari va qoidalarini ongli ravishda egallab olish-
lariga yordam beradi.
Mashq (o‘yin kichik bog‘cha yoshidagi bolalar uchun mashq
hisoblanadi) axloqiy xulq va odatlarni tarbiyalashning eng ta ’sirli
usulidir. Unga qoidalarni mashq qildirish, foydali odatlarni qay-
tarish kiradi. Eslatish — o‘rgatilgan tajribani yangilash, nazo-
rat — o ‘rgatilgan odatning to ‘g‘ri va samarali ekanligini tek-
shirishdir. 0 ‘z-o‘zini nazorat qilish, bolani faollashtiruvchi shax-
siy gigiyena qoidalarini, ovqatlanish madaniyatini, ko‘chada,
bolalar bog‘chasida xulq madaniyatini egallashni mashq qildirish
bunga misol bo‘la oladi.
Axloqiy tarbiya berishda uchinchi guruh metodlari ham m u
him rol o‘ynaydi. Bu guruh m etodlaridan tarbiyachi bolalarda
ijobiy axloqiy sifatlarni mustahkamlash, bola xulqidagi salbiy
tom onlarni yo‘qotish maqsadida foydalanadi. Bunda tushunti-
rish, ishontirish, suhbat shakllari qulay b o ‘ladi.
Tushuntirish bolalami xulq qoidalari bilan tanishtirishda keng
qo‘llaniladi va ko‘pincha ko‘rsatish bilan bog‘lab olib boriladi.
Ishontirish tarbiyachining faoliyatida katta yordam beradi
(«Kasai bo‘lmaslik uchun ovqatlanishdan oldin qo‘lni yuvish ke
rak», « 0 ‘rtog‘ini urish yomon»). Rag‘batlantirish va jazolash
axloqiy tarbiyaning metodi bo‘lib, u asosiy metodlarga ta ’sir
etishning o ‘ziga xos vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Tarbiyachi
boladagi ijobiy xulqni qo‘llab-quwatlash, bunday xatti-harakatni
faollashtirish yoki bo‘lmasa bolani yomon qiliqlardan qaytarish
uchun rag‘batlantirishdan foydalanadi.