Pedagogikasi




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/106
Sana02.08.2024
Hajmi3,92 Mb.
#269074
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   106
Bog'liq
Pedagogikasi

87


9-bob.
AXLOQIY TARBIYA
9.1. Axloqiy tarbiyaning mohiyati
«Axloq» so‘zi lotincha 
«moros»,
ya’ni moral so‘zidan kelib 
chiqib, u hech qayerda qat’iy yozib qo‘yilmagan ijtimoiy qonundir. 
Inson kundalik hayotida undan (axloq normalaridan) norma si- 
fatida foydalanadi. Axloqiy tarbiya normalari har bir jamiyatning 
huquqiy normalariga asos bo‘ladi. Axloqiy bilimlarni o‘zlashti- 
ribgina qolmay, har qanday vaziyatlarda o‘zini ana shu normalarga 
munosib tuta oladigan kishilar axloqiy tarbiyalangan hisoblanadi. 
Bunday kishida barqaror m a’naviy motivlar shakllangan bo‘ladi. 
Yosh avlodni jamiyatga, mehnatga, o ‘ziga munosabatni ochib 
beruvchi ma’naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash tarbiya- 
lanuvchi shaxsning axloqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik 
asoslarini chuqur bilishini talab qiladigan murakkab jarayondir. 
Axloqiy bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirib olishgina bolalarga 
atrofdagi kishilar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qay- 
silari yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi.
Axloq kishilaming xulq-atvor normalari va qoidalarini, ularning 
o‘z-o‘ziga, boshqa kishilarga, mehnatga, jamiyatga munosabati 
kabi axloqiy tushunchalarni o‘z ichiga oluvchi ijtimoiy ongning 
shakllaridan biridir. Axloq tarixiy xususiyatga ega, chunki u kishilik 
jamiyatida avlodlar tomonidan to ‘plangan axloqiy tajribalar va 
munosabatlarni aks ettiradi. Axloq yaxshilik bilan yomonlik o‘r- 
tasidagi muammolar haqida bahs yuritib, insonlarning kamo- 
lotga erishish yo‘lini yoritib boradi. H ar bir inson bir olam 
bolgani kabi uning axloq-odobi ham juda murakkab olam desak 
yanglishmaymiz. Chunki shaxsning ichki va tashqi olamini 
o ‘rganish, bilish, tahlil qilish g‘oyatda murakkab, bu ruhiyat 
bilan bog‘liq holatdir.
Binobarin, yurtboshimiz o‘zining «Yuksak ma’naviyat — yengil- 
mas kuch» asarida ta’kidlaganidek, «Ma’naviyat — insonning ru- 
han shakllanish, qalban ulg‘ayishga chorlaydi, odamning ichki


dunyosini irodasini baquwat, im on-e’tiqodini butun qiladi, vij- 
donini uyg‘otadi, beqiyos kuch, uning barcha qarashlari mezo- 
nidir». 
'
Axloqli, odobli, komil insonda odamiylikning eng yaxshi 
xislatlari: mehr-muhabbat, rahm-shafqat, adolat-u diyonat, hayo- 
iffat, im on-e’tiqod kabilar mujassam bo‘ladi, ayni paytda shu 
xislatlaming aksi beburd, axloqsiz kimsalar fe’lida ko‘rinadi. Har 
bir xalqning nufuzi va obro‘-shuhrati kishilaming axloq-odobi, 
yaxshi xislat va fazilatlari bilan belgilanadi.
Qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bola tarbiyasini 
jamiyat o‘z ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ish- 
larni davlat bajarishi lozim degan g‘oyani ilgari surgan edilar. Ular 
o‘z flkrlarini farzand tarbiyasi jamiyat manfaatlari bilan bog‘liq 
deb isbotlamoqchi bo‘lganlar. Shunga ko‘ra, bola tarbiyasi bilan 
asosan, davlat shug‘ullanishi kerak, degan g‘oya ilgari surilgan. 
Ammo sharq mutafakkirlari bola tarbiyasi bilan, asosan, ota-ona 
shug‘ullanishi kerak degan xulosaga kelishgan. Bu bilan ular oilaviy 
tarbiyaning roliga katta e’tibor berganlar.
Eramizdan awalgi 528—529-yillar orasida Zardusht tom o­
nidan yaratilgan «Avesto» kitobida ham ta’lim-tarbiyaga, axloq- 
odobga oid qator g‘oya va qarashlami ko‘rish mumkin. «Avesto»da 
ta ’kidlanishicha, tarbiya hayotning tayanchi, shu boisdan har 
bir yoshni yaxshi o‘qish va yozishga o‘rgatish lozim. Uni yosh 
paytidanoq mehnat qilib, mehnatning tagi rohat ekanligini ang- 
latish uchun daraxt ko‘chati o‘tqazishga, uy-ro‘zg‘or qurollari 
yasash, yerga ishlov berish va chorva bilan shug‘ullanishga o‘r- 
gatilishi shart. Zotan, uning fikricha, yaxshi va ezgu ishlar yaratish 
uchun kishi mehnat qilishi zarur, o‘z qo‘llari bilan moddiy noz- 
ne’matlar yaratmas ekan, u yashash lazzatini ham his qilmaydi, 
hayotning qadriga ham yetmaydi.
U yuqoridagi flkmi davom ettirib: «Inson, nafaqat mehnat 
tufayli o ‘zini hamda oilasini boqadi, balki unda yerga va yurtga 
b o ‘lgan muhabbat paydo bo‘ladi. Zotan, har bir inson o‘zi o‘sib- 
ulg‘aygan zaminni, mamlakatni eng yaxshi va go‘zal mamlakat 
deb tushunmog‘i kerak», deb yozgan. Uning bu fikrlaridan har 
bir inson faqat o‘zini emas, balki farzandlarini ham mehnatsevar 
qilib tarbiyalashi lozimligi kelib chiqadi. Chunki, inson mehnatse­
var bo‘lmasdan turib, o‘z yerini, o‘z Vatanini seva olmasligi tabiiy.
Qur’oni Karim va Hadisi Sharifda oila va oilaviy munosabatlar 
hamda oilaviy tarbiyaga oid bir butun izchil qarashlar tizimi mavjud
89


bo‘lib, u o‘z ichiga oilaning shakllanishi, rivojlanishi va mus- 
tahkamlanishiga qaratilgan barcha jihatlarni qamrab oladi. Bu 
qarashlar kishilarning turmush tarzlari, oilaviy munosabatlari 
talabidan kelib chiqqanligi uchun ham kundalik turmushga mu- 
vofiqdir. Islomda oilaviy tarbiyaning o‘ziga xos xususiyatlari ham 
ko‘rsatib o‘tiladi. Bu xususiyatlar musulmonchilik talablaridan 
kelib chiqqan bo‘lib, insonni m a’naviy-axloqiy tarbiyalash ha- 
qidagi umumiy g‘oya bilan bog‘liq. Musulmon oilalarda kuyov va 
kelinning avlod-ajdodlarining kelib chiqishini o‘rganish, jismoniy 
va m a’naviy poklikka e’tibor berish an’anaga aylangan. Islomiy 
m a’naviyatda bolani oilada axloqiy tarbiyalash haqidagi qarashlar 
insoniylikka, ezgulikka va yaxshilikka da’vat etgani uchun ham 
umuminsoniy mazmunga egadir. Shunga ko‘ra, islom musulmon- 
largagina xos bo‘lgan diniy qadriyat bo‘lib qolmasdan, balki umum­
insoniy qadriyatdir. Mustaqillik tufayli dinga va diniy qadriyat- 
larga bo‘lgan munosabat tubdan o ‘zgardi va u oilada bolalarni 
axloqiy tarbiyalashning muhim omillardan biriga aylanib bormoqda.
Sharq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiya, oila va oilaviy tarbiya 
haqidagi qarashlari islom mafkurasi va uning qobig‘ida shakllan- 
gan. Sharq mutafakkirlari ijodida aks etgan umuminsoniy g‘oyalar 
islomiy ma’naviyat bilan hamohangdir.
Sharq mutafakkirlari oila va farzand tarbiyasi masalalariga 
katta e’tibor berganlar. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu 
Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Abu Rayhon 
Beruniy, M ahm ud Koshg‘ariy, Kaykovus, Alisher Navoiy, 
Husayn Voiz Koshifiy kabi mutafakkirlarning qator asarlarida 
bolalami ma’naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari o‘rtaga qo‘yilgan 
va ularni hal etish yo‘llari ko‘rsatib berilgan.
Abu Rayhon Beruniy insonning axloqiy fazilatlarini, umuman 
axloqiy tushunchalami insonning tabiati bilan bog‘laydi. Inson 
tabiati esa oilada shakllanadi. Shunga ko‘ra, bola tarbiyasiga ota-ona 
ta’siri va namunasi benihoya kattadir, deb hisoblagan olim.
Beruniy tan va ruh pokligi masalasini o‘rtaga tashlaydi. Oilada 
tozalik, poklik va tartib mavjud ekan, u yerda ma’naviy poklik ham 
bo‘ladi. Bu fikrini tanani toza tutish bilangina cheklamaydi, balki 
ko‘p harakat qilishga chaqiradi.
Harakat mehnat qilish demakdir. Uning qalb va harakat ha­
qidagi fikri inson tani bilan ruhi pokligining bir butunligi to ‘g‘- 
risidagi g‘oya bilan bogMiqdir. Bu narsa bola tarbiyasida jismoniy 
sog‘lomlik bilan m a’naviy-axloqiy boylik o‘rtasidagi o‘zaro mu-
90


vofiqlik haqidagi bugungi kun talabi bilan hamohangdir. Beruniy 
ota-onalarga qarata bolani mo‘tadillikda saqlashni tavsiya etadi. 
Bunga, asosan, bolani qattiq g‘azablanishdan, qo‘rqish va xafa- 
likdan, uyqusizlikdan saqlash orqali erishilishini aytib, ularni 
xohlagan va foydali narsasini topib berishga, sevmagan narsasidan 
uzoqlashtirishga harakat qilish kerakligini uqtirgan. Ota-onaning 
bolaga turli munosabati turlicha xulqlarni keltirib chiqaradi. Mu- 
tafakkir bola xulq-atvorining m o‘tadilligi natijasida tan va ruh 
sog‘lomligi kelib chiqishini ham ilmiy asoslab bergan. Beruniy 
bola tarbiyasida irsiyat, muhit va tarbiya ta ’sirining birdek muhim 
ekanligini ta ’kidlab o‘tgan edi.
Alisher Navoiy ijodida ham axloq-odob masalalariga katta 
ahamiyat berilgan, insonparvarlik g‘oyalari ulug‘langan. «Odobli 
inson barcha odam laming yaxshisidir va barcha odamlar uchun 
yoqimlirog‘idir», degan edi ulug‘ shoir.
Pedagogika fani yosh avlodning axloqiy rivojlanishida tarbiya 
va ta ’limni muhim omil deb hisoblaydi. Pedagogika va ruhiyatga 
oid tadqiqotlar natijalarining ko‘rsatishicha, maktabgacha tarbiya 
davri bolaning ma’naviy shakllanishida eng muhim bosqichdir. 
Shu davrda m a’lum maqsadga qaratilgan ta ’lim-tarbiya ta’sirida 
shaxsning axloqiy sifatlari shakllana boshlaydi. 6—7 yoshda ijobiy 
xulq normalarining ancha barqaror shakli yuzaga keladi. Bola 
atrofdagilar bilan b o ‘ladigan m unosabatlarida egallab olgan 
axloq normalariga asoslangan holda ish tutadigan bo‘lib qoladi. 
Shuning uchun bolalarga ilk yoshdan boshlab axloqiy tarbiya 
berib borish muhimdir.

Download 3,92 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   106




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish