Maktabgacha ta’lim muassasasining ta’lim-tarbiyaviy ishlar




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/106
Sana02.08.2024
Hajmi3,92 Mb.
#269074
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   106
Bog'liq
Pedagogikasi

Maktabgacha ta’lim muassasasining ta’lim-tarbiyaviy ishlar
sohasidagi huquq va burchlari. 
Maktabgacha ta’lim muassasasi ta’lim- 
tarbiyaviy muassasa bo‘lib, ijtimoiy vazifalar bilan bir qatorda 
bolalarga maktabgacha ta’lim konsepsiyasiga asoslangan o‘z Nizomi 
va Dasturiga muvofiq malakali ta’lim va tarbiya berilishini ta’minlaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasasining bolalami tarbiyalash va 
ta’lim berish bo‘yicha aniq vazifalari tegishli dasturiy-metodik huj- 
jatlar, maktabgacha ta’lim muassasasining Nizomi bilan belgila­
nadi. Maktabgacha ta’lim muassasalari Xalq ta’limi vazirligi to­
monidan tasdiqlanadigan ko‘p variantli taxminiy dasturlardan bi- 
rini tanlash huquqiga ega. Maktabgacha ta’Hm muassasalari o‘z 
(mualliflik) dasturi va metodikasini ishlab chiqish va amaliy fao- 
liyatida qo‘llash huquqiga ega. Ularni tasdiqlash tartibi Xalq 
ta ’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Maktabgacha ta ’lim muassasasi tarbiyachisi bolalarni tar­
biyalash va o'qitish bo‘yicha qo‘llanmalami va metodikani erkin 
tanlash huquqiga ega. Maktabgacha ta ’lim muassasasi tarbiyachi- 
larning pedagogik metodlar va usullami mustaqil ishlab chiqish 
va ulardan o‘z pedagogik faoliyatida foydalanish imkoniyatlarini 
berish yo‘li bilan ularning pedagogik ijodiyotga bo‘lgan huquqini 
ta ’minlaydi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi maktab bilan vorislik aloqa- 
larini o‘matadi va uni doimiy qo‘llab-quvvatlaydi. Muassasa o‘z 
pedagogik faoliyatida quyidagi prinsiplarga og‘ishmay amal qi­
ladi. Bu prinsiplari
148


• bola shaxsiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish asosiga qu- 
riladigan butun pedagogik jarayon insoniylik yo‘nalishlari 
bilan7sug‘orilgan bo'lishi;
• psixologik-pedagogik fikr va aralash fanlarning zamonaviy 
yutuqlarga asoslangan o‘z-o‘zini rivojlantirishga zo‘r berilishi;
• kadrlar tanlashda, bolalar va ta ’lim-tarbiya ishlarini tashkil 
qilishda, agar ular respublikada xalq ta ’limi prinsiplariga 
zid bo‘lmasa, ta ’limning har qanday shakli va uslublaridan 
foydalanishda mustaqillik berilishi;
• ota-onalarning maktabgacha ta ’lim muassasasini kadrlar va 
bolalar bilan to ‘ldirishda, bolalar hayoti va ovqatlanishining 
maqbul kun tartibini belgilash hamda tashkil qilishda, sog‘- 
lomlashtirish tadbirlarini o ‘tkazishda, dasturlar va metodi- 
kani tanlashda, m aktabgacha ta ’lim muassasasi ishining 
boshqa asosiy, prinsipial m asalalarini mustaqil hal qilishda 
ishtirokining ta ’minlanishi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi o‘z pedagogik vazifalarini hal 
qilish uchun pedagogik (metodik) kengash tuzadi. Kengash Ni- 
zomga muvofiq faoliyat ko‘rsatadi.
Ta’lim-tarbiya ishini rivojlantirish va takomillashtirish maqsa- 
dida maktabgacha tarbiya muassasasi ko‘ngillilik asosida turli birlash- 
malar va o‘quv-tarbiya komplekslari (bolalar bog'chasi — maktab, 
bolalar bog‘chasi — maktab — pedagogika bilim yurti, bolalar 
bog‘chasi — maktab — oliy o‘quv yurti va h.k.) tuzishi, shuning­
dek, ular tarkibiga kirishi mumkin. Ular faoliyatini ushbu birlash- 
malar yoki komplekslar haqidagi nizom bilan belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi yuqori tashkilot ruxsati bilan 
tajriba-sinov ishlarida ishtirok etishi, shuningdek, mustaqil ish 
olib borishi mumkin. Tajriba-sinov ishlari tegishli xalq ta ’limi 
bo‘limi va Ta’lim markazi tomonidan nazorat qilib boriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasasi bolalarning hayoti, jismoniy va 
ruhiy sog‘lomligi uchun, har bir bolaning shaxsiy xususiyatlariga 
mos keluvchi emotsional va to‘laqonli rivojlanishi, bolalami tarbiya­
lash va ta’lim berishning tanlangan tizimi samaradorligi uchun 
mas’uldir. Maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyaviy jarayonni 
psixologik ta’minlash psixologik xizmat tomonidan amalga oshiriladi.
Pedagogik jarayon barcha qatnashchilarining aniq huquq va 
burchlari maktabgacha ta ’lim muassasasining Nizom i, ichki 
mehnat kun tartibi qoidalari, mansab yo‘riqnomalari, ota-onalar 
qo‘mitasi haqida Nizom bilan belgilanadi.

Download 3,92 Mb.
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   106




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Maktabgacha ta’lim muassasasining ta’lim-tarbiyaviy ishlar

Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish