Kunduzgi uyqudan keyin guruh xonasini yig‘ishtirish, yir-
tilgan kitoblarni ta ’mirlash, qo‘g‘irchoq kiyimini yuvish, kichik
bolalar uchun о ‘yinchoqlar
yasab berish, o ‘simlik va hayvon-
larni parvarish qilish kabi mehnat faoliyati rejalashtiriladi. Tar
biyachi, shuningdek, ko‘ngilochar o‘yinlarni ham unutmaydi.
Bunga qo‘g‘irchoq, soya teatri, konsertlar, sport, musiqa va badiiy
ko‘ngil
ochish soatlari, gramplastinka eshitish va shunga o ‘x-
shashlar kiradi. Tarbiyachi badiiy asarlarni o‘qib berish, klassik
va zamonaviy rassomlarning rasmlarini tomosha qilishni ham
esdan chiqarmaydi. Kunning ikkinchi yarmida har kuni sayr o‘t-
kaziladi, uning mazmuniga harakatli va ijodiy o ‘yinlar, m ehnat
faoliyati kiradi.
Buyumlami, ijtimoiy
hayot voqealarini kuzatish, jonli obyekt
bilan muloqotda bo‘lish ham kalendar rejasidan o‘rin oUshi kerak.
Tarbiyachi bolalaming o ‘zlari qiziqqan faoliyat bilan shug‘illa-
nishlari uchun shart-sharoit yaratadi. Reja kun davomida har bir
bola
mazmunli, qiziqarli faoliyat bilan shug‘ullanadigan qilib
tuzilishi lozim.