• Maktabgacha ta’lim muassasasining hujjatlari.
  • Umumiy ota-onalar majlisida




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet91/106
    Sana02.08.2024
    Hajmi3,92 Mb.
    #269074
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106
    Bog'liq
    Pedagogikasi

    Umumiy ota-onalar majlisida
    bolalar muassasasining butun ishi 
    muhokama qilinadi, tegishli chora-tadbirlar ko‘riladi. Ota-onalar 
    majlisiga rais qilib ota-onalar qo‘mitasining raisi belgilanadi.
    Bolalar muassasalarida tashkil etiladigan ochiq eshiklar kuni 
    g‘oyat ahamiyatlidir. Bunda bog‘chaning butun faoUyati ota-onalar 
    tomonidan kuzatiladi, yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar joyida hal 
    etiladi. Bolalar muassasasining barcha xodimlari bunga tayyorgar­
    lik ko‘radilar.
    Bola tarbiyasida qiynalgan ota-onalar uchun yakkama-yakka 
    suhbatlar tashkil qilinadi, bunda guruh tarbiyachisi va bog‘cha 
    mudirasi masalalami ilmiy asoslangan holga hal etmog‘i lozim. 
    Maslahatlar qisqa, aniq shaklda olib boriladi, ayniqsa, guruhlarda 
    «ko‘chirma papka»lardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
    Maktabgacha ta’lim muassasalarida ota-onalarga yaqindan yor­
    dam berishda — kutubxona tashkil etish ahamiyatlidir. Bola tar- 
    biyasiga oid kitoblar ota-onalarga katta yordam beradi, kitoblar 
    bog‘cha mudirasi, metodist va tarbiyachilar tomonidan tanlanadi. 
    Adabiyotlar ro‘yxati hisobot tarzida olib boriladi.
    Pedagogik tashviqot ishlaridan eng qulayi ota-onalar burchagidir. 
    Bu ota-onalarga bola tarbiyasiga hamda muassasa ishiga ijodiy yon- 
    dashishga yordam beradi.
    Maktabgacha ta’lim muassasasining hujjatlari. 
    Bolalar bog‘- 
    chasining Nizomiga muvofiq maktabgacha ta’lim muassasasida 
    muayyan hujjatlar olib borilishi kerak.
    Buyruqlar daftari bolalar bog‘chasiga tartib raqami berilgandan 
    keyin rasmiylashtiriladi. Uning hamma sahifalari raqamlanadi, oxi- 
    rida uning necha varaqligi ko‘rsatiladi.
    165


    Bolalami hisobga olish daftari (DP-2-shakli) bolalar va ota- 
    onalar haqidagi m a’lumotlami, bolalaming uy manzili, bog‘chaga 
    kelgan va undan (butunlay) ketgan sanalami o‘z ichiga oladi.
    Har bir guruhda bolalaming har kungi davomati (bog‘chaga 
    kelishi) hisobga olinadi (DP-3-shakli). Shuningdek, xodimlarning, 
    bolalaming shaxsiy hujjatlari; tibbiy kartalari; xodimlarning ish 
    jadvali, ularning ish vaqtini hisobga olish tabeli; maktabgacha tar­
    biya muassasasiga yo‘l-yo‘riq beradigan, uni tekshiradigan va na­
    zorat qiladigan kishilarning mulohaza va takliflarini yozish daftari; 
    sanitariya jumali; pedagogika, ishlab chiqarish yig‘ilishlari va ota- 
    onalar majlislarining bayonnomalari; inventar va oziq-ovqat 
    mahsulotlarini hisobga olish daftari; muassasaning yillik, oylik ish 
    rejasi va boshqalar olib boriladi.
    < ?


    Download 3,92 Mb.
    1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   106




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish