8-bob.
AQLIY TARBIYA
8.1. Aqliy tarbiya haqida tushuncha
Hayotning har bir davri rivojlanish xususiyatlari va ehtiyojlariga
ko‘ra, o‘ziga xos bosqichlarga ega. Bolaning o‘sib ulg‘ayishida
maktabgacha bolgan davmi shular sirasiga kiritish mumkin. «Bo-
lajon» tayanch dasturida, «Maktabgacha ta’lim bola shaxsini soglom
va yetuk, shu bilan birga maktabga tayyorlangan holatda shakllanti
rish maqsadini qollaydi», deyilgan. Buning uchun esa aqliy qobiliyatni
rivojlantirish, aqliy mehnat qilish madaniyatini o‘rgatish zarur.
Aqliy tarbiyasi yetuk, o ‘tkir zehnli, zukko va zakovatli inson-
larni xalqimiz donishmand kishilar deb ataydilar. Donishmandlik,
bu — donolik. Donolik insonning eng buyuk va oliyjanob fazilatidir.
Donolik shunday bir noyob ne’matdirki,
u har kimga ham nasib
etavermaydi. Shuning uchun b olsa kerak, xalqimizda «Aql toji
oltindan, oltin har kimda ham bolmas», deyiladi.
Aql — keng ma’noda sezish va idrok etishdan boshlanib, ta-
fakkur va hayotni o‘z ichiga oladigan bilish jarayonlari yig‘in-
disidir. Aqliy faoliyat diqqatning har doim m a’lum maqsadga qa-
ratilgan b o lish in i talab etadi. Kishining aqli uning asosiy fao-
liyatida erishgan muvaffaqiyati xususiyati bilan boglanadi.
Insoniyat paydo bolgandan beri odamlar orasida yetishib chiq-
qan barcha olim-u fozillar, shoir-u yozuvchilaming barchasi mu-
kammal ilm egallash orqali o ‘z davrining e’tiborli kishilari dara-
jasiga ko‘tarilganlar.
Sharq allomalaridan
Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Foro-
biy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Koshg‘ariy, Alisher Navoiy va
boshqalar mukammal ilm egallash orqali fanning turli sohalarida
buyuk kashfiyotlar yaratganlar.
0 ‘z davrining yirik m a’rifatchilaridan
hisoblangan Abdulla
Avloniy ham yoshlami ilmli bolishga chaqirgan. U aql va ilmni
uluglab: «Aql insonning piri komili, murshidi yagonasidir. Ruh
ishlovchi, aqlboshlovchidir», deb yozgan edi. U o‘z fikrini aniqroq
80
va ravshanroq anglatish uchun shunday deb yozgan: «Hayvonlar
o‘zlariga bo‘laklar tarafidan qiladurg‘on zulm va jabrlami shox,
tish, tirnoqlari ila qaytarurlar. Lekin inson aql-idroki soyasida
o ‘ziga keladurg‘on zarar va zulmlardan saqlanur.
Yer yuzidagi
hayvonlami asir qilib, bo‘ynidan bog‘lab iplari uchini qo‘llariga
bergan insonlaming aqlidir».
Abu Ali ibn Sino aqlning rivojlanish bosqichlarini ishlab chiqqan.
Mushohada bilan idrok etishning birinchi bosqichi aqliy ka-
tegoriyalami tushuntirishdir. Ikkinchi bosqichga ikki xil fikmi idrok
etish, uchinchi bosqichga o'zlashtirilgan bilim, fikrlami idrok etish
bilan erishiladi. Shunda u haqiqiy aql deyiladi.
Olim aqlni uch bosqichga b o lar ekan, birinchi bosqichda yodlay
oladigan, lekin hali harflarni ham, yozishni ham bilmaydigan
bolalarni nazarda tutgan. Ikkinchi bosqichda tayoqchalami chiza
boshlagan, qalamdan foydalanishni o ‘rganayotgan bolalaming
aqli, uchinchi bosqichda aqliy shakllarni va ularga muvofiq hissiy
obrazlami egallagan inson tasvirlanadi.
Ibn Sino aql deganda insonning tug‘ma iste’dodini, bilish ja
rayonida shakllanadigan fikrlash qobiliyatini tushunadi.
Aqlni ikki kategoriyaga bo‘ladi:
1. Nazariy aql — borliqdagi umumiy narsalami idrok etish.
2. Amaliy aql — buyumlami tanlashda turtki sifatida ko'rina-
digan qobiliyatlar.
Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish g‘oyasi
birinchi bo‘lib chex pedagogi Yan
Amos Kamenskiy tomonidan
ilgari surilgan. U ona rahbarligida 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga
ta’lim-tarbiya berish mumkinligini ko‘rsatib berdi. Shu davrda bola
yoshini e’tiborga olgan holda kishi o‘rganishi lozim bo‘lgan hamma
narsaga o‘rganishi lozim, deydi. Demak, maktabgacha yoshdagi
bolalarga, ya’ni biz ta ’lim -tarbiya beradigan bolalarga har
tomonlama bilim, ko‘nikma va malakalarni singdirishimiz mumkin
ekan. U 19 bo‘lim&an iborat maktabgacha ta’lim dasturini tuzdi.
Y.A. Kamenskiy «Onalar maktabi» kitobida kichik bolalaming
ta’lim-tarbiyasiga, o‘qish metodikasiga katta e’tibor bergan.
Maktabgacha yoshdagi
bolalami aqliy tarbiyalash, bu bolani
faol fikrlash faoliyatini rivojlantirishga kattalaming m a’lum maqsad
bilan ta’sir etishidir. U bolalarga tevarak-atrofdagi olam haqida
bilimlar berishni, ulami sistemalashtirishni, bolalarda bilishga qi-
ziqish uyg‘otishni, aqliy malaka ko‘nikmalarini tarkib toptirishni,
bilish qobiliyatlarini rivojlantirishni o‘z ichiga oladi.
81
Bolalami 6—7 yoshdan boshlab maktabda o‘qishga o‘tishi mu-
nosabati bilan ularni maktab ta ’limiga
tayyorlash uchun aqliy
rivojlanish yetarli darajada bo‘lishini ta’minlash tarbiyachilarning
javobgarligini yanada oshiradi.
Aqliy kamolot, bu — yoshning o‘sib, tajribaning boyib borishi
oqibatida tarbiyaviy ishlar ta ’sirida bolaning aqliy faoliyatida ro‘y
beradigan miqdor va sifat o‘zgarishlarining majmuasidir. Maktab
gacha yoshdagi bolalarda bilim tez sur’atlar bilan boyib boradi,
nutq shakllanadi, bilish jarayonlari takomillashadi. Xullas, bola
eng oddiy aqliy faoliyat usullarini egallab boradi. Maktabgacha
yoshdagi bolalarning aqliy rivojlanishini ta’minlash ulaming kela-
jakdagi butun faoliyati uchun katta ahamiyatga ega.
Bola ijtimoiy
muhit ta’sirida aqliy tomondan rivojlanib boradi. Atrofdagi kishilar
bilan muomala qilish jarayonida u tilni va u bilan tarkib topgan
tushunchalar sistemasini o‘zlashtiradi. Natijada maktabgacha tarbiya
yoshidagi bola tilni shunchalik egallab oladiki, undan muomala
vositasi sifatida erkin foydalanadigan bo‘lib qoladi.
Aqliy rivojlanish fikming kengligida, voqealarning har xil bog‘-
lanishlarida, munosabatlarda, ko‘ra bilish, umumiylashtirish qo-
biliyatida namoyon bo‘ladi.