• Qo ‘Ibola о ‘yinchoqlamx
  • 7.7. Maktabgacha ta’lim tizimida o‘yinlar texnologiyasi 0 ‘yin texnologiyasining nazariy asoslari.
  • «techne» — «mahorat», «san’at» va «logos»
  • Musiqali va teatrlashtirilgan о ‘yinchoqlar




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/106
    Sana02.08.2024
    Hajmi3,92 Mb.
    #269074
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   106
    Bog'liq
    Pedagogikasi

    Musiqali va teatrlashtirilgan о ‘yinchoqlar
    bolalaming musi- 
    qaviy ohang va ritmni eshita olish qobiliyatini o ‘stirishga yordam 
    beradi. Katta yoshdagi bolalar ertaklami sahnalashtiradilar.
    Oyinchoq-ovutmachoqlar
    harakatchan, ko‘pincha ovoz chiqa- 
    radigan bo‘ladi. Ular bolalami o‘zlarining ajoyib xatti-harakatlari 
    bilan quvontiradilar, sujetlari esa vaqtichog‘lik bag‘ishlaydi.
    Qo ‘Ibola о ‘yinchoqlam'x
    kattalar bolalar bilan birgalikda tay- 
    yorlaydilar va turli ertak, hikoyalami sahnalashtiradilar.
    0 ‘yinchoqlarni materialiga ko‘ra hunarmandchilik, qo‘Ibola 
    usulda, fabrikada tayyorlanadi.
    Taniqli pedagog A.S.Makarenko o‘yinchoqlaming uch turini 
    ajratib ko‘rsatgan edi: tayyor o‘yinchoqlar, yarim tayyor o‘yin- 
    choqlar va о‘yin materiallari. Birinchi tori bolalami buyumlar va 
    narsalaming rang-barangligi bilan tanishtiradi, tasawurini o‘stiradi. 
    Ikkinchi tori boladan aktiv faoliyatni talab qiladi, mantiqan va 
    aqlan o‘sishga yordam beradi. Uchinchi tori bevosita bolaning ijodiy 
    faoliyatini ta’minlaydi.
    7.7. Maktabgacha ta’lim tizimida o‘yinlar texnologiyasi
    0 ‘yin texnologiyasining nazariy asoslari. 
    Bugungi kunda ta ’­
    lim tizimiga, jumladan, maktabgacha ta ’lim tizimiga ham yangi 
    pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar kirib kelmoqda. Bu 
    texnologiyalarning mazmun-mohiyatini, asosiy tamoyillaiini, qo- 
    nuniyatlarini, ulardan samarali foydalanish yo‘llarini amaliyotchi- 
    tarbiyachi va o ‘qituvchilarga yetkazib berish pedagogika fani ol- 
    dida turgan dolzarb m uam m olardan biridir.
    «Texnologiya» yunoncha so‘z bo‘lib, 
    «techne»
    — «mahorat», 
    «san’at» va 
    «logos» —
    «tushuncha», «o‘rganish» demakdir. Tex­
    nologiya so‘zi zamirida jarayonlarni amalga oshirish usullari va 
    vositalari haqidagi bilimlar yig‘indisi, shuningdek, obyektda sodir 
    bo‘ladigan sifat o ‘zgarishlari tushuniladi.
    74


    T a’lim texnologiyasi tushunchasi ta ’lim maqsadiga erishish 
    quroli, ya’ni oldindan loyihalashtirilgan ta ’lim jarayonini yaxlit 
    tizim asosida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish va shu maq- 
    sadga erishishning metod, usul va vositalari tizimini, ta’lim jarayo­
    nini boshqarishni ifodalaydi.
    Pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi bola shaxsini 
    rivojlantirish orqali ta ’lim maqsadiga erishishni ta ’minlashdan 
    iborat. Pedagogik texnologiyaning tamoyillari quyidagilardir: 
    kafolatlangan yakuniy natija, ta ’limning samaradorligi, qaytuv- 
    chan aloqaning mavjudligi, ta ’lim maqsadining aniq shakllan- 
    ganligi.
    0 ‘yin texnologiyasi ham o‘yin metodidan o‘zining aniq maq- 
    sadi, amalga oshirish kerak bo‘lgan jarayonlaming mantiqiy ketma- 
    ketligi va o‘zaro bog‘liqligi, oldindan belgilangan natijalarga erishish 
    kafolati bilan farq qiladi.
    L.S. Vigodskiy o‘yinni bolaning ichki ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy 
    buyurtmalami o‘zlashtirish vositasi sifatida ta’riflaydi.
    Har qanday o‘yin muayyan vazifalarni bajaradi:
    • maftunkorlik;
    • kommunikativlik;
    • o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish;
    • tashxis;
    • o‘yin ishtirokchilari o‘rtasidagi muloqot;
    • ijtimoiylashuvlik.
    S.A. Shmakovning ta’kidlashicha, o‘yinlar quyidagi to ‘rt asosiy 
    xususiyatga ega:
    — erkin rivojlantiruvchi faoliyat, ya’ni bola o‘yinni o‘zi tanlaydi, 
    unda faol ishtirok etadi. Bunda birinchi navbatda yakuniy natija 
    emas, balki о‘yin jarayoni muhim ahamiyatga ega;
    — ijodiy xarakter, ya’ni o‘yin jarayonida bolalar uchun ijod 
    qilishga katta imkoniyatlar mavjud;
    — emotsional ta’sir — bola o‘yinda markaziy o‘rin egallashni 
    xohlaydi, g‘olib bo‘lishga intiladi, bu bolaning faolligini oshi- 
    rishga yordam beradi;
    — asosiy va qo‘shim cha qoidalar o ‘yin m azmuni, uning 
    mantiqiy ketma-ketligini belgilaydi.
    0 ‘yin strukturasiga maqsad, rejalashtirish, maqsadga erishish, 
    natijalami tahlil qilish kabi komponentlar kiradi. 0 ‘yinning eng 
    asosiy xususiyati uning ijodiyligidadir. U o‘zaro kurash, musoba- 
    qalashish, raqobat shaklida namoyon b o ‘ladi.
    75


    Nazariy jihatdan o‘yinga faoliyat, jarayon va o‘qitish metodi 
    sifatida qarash mumkin.
    0 ‘yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish 
    va amalga oshirish, natijalarni tahlil qilishni qamrab oladi va 
    bunda shaxs subyekt sifatida o ‘z imkoniyatlarini to ‘la amalga 
    oshiradi.
    0 ‘yinli faoliyatni motivatsiyalash o‘yin xarakterining muso- 
    baqalashish shartlari, shaxsning o‘zini namoyon qila olishi, o‘z 
    imkoniyatlarini amalga oshirish ehtiyojlarini qondirishdan kelib 
    chiqadi.
    Jarayon sifatida o ‘yin tuzilmasi (G.K. Selevko ta’biricha) quyi- 
    dagilarni qamrab oladi:
    • o‘ynash uchun olingan rollar;
    • bu rollarni ijro etish vositasi bolgan o‘yin harakatlari;
    • haqiqiy narsalami shartlilarga almashtirish;
    • o‘yinda ishtirok etuvchilaming real o‘zaro munosabatlari;
    • o‘yinda shartli ravishda yaratilgan sujet (mazmun).
    Har qanday texnologiyada, jumladan, o‘yin texnologiyalarida 
    ham, o‘quv maqsadi aniq belgilanishi zarur. Bu texnologiyaning 
    asosiy negizidir. Maqsad to ‘g‘ri qo‘yilishi uchun tarbiyachi bolaga 
    nimani o ‘rgatmoqchi bolganligini bilishi kerak. Bitta mashg‘u- 
    lotda bitta maqsad qo‘yilishi maqsadga muvofiq. Masalan, bola­
    larni 3 raqami bilan tanishtirish yoki yil fasllari haqida tushuncha 
    berish va h.k.
    0 ‘yin texnologiyalari (ayniqsa, bog‘cha bolalari uchun) rivoj- 
    lantiruvchi maqsadlarni (bolaning idrok, xotira, diqqat, tafak- 
    kurini rivojlantirish) amalga oshirishi ham mumkin. Bunda o‘yin 
    jarayonida yakuniy natija muhimroq boladi.

    Download 3,92 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   106




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Musiqali va teatrlashtirilgan о ‘yinchoqlar

    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish