• Gigiyenik talablar.
  • Pedagogikasi




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet40/106
    Sana02.08.2024
    Hajmi3,92 Mb.
    #269074
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   106
    Bog'liq
    Pedagogikasi

    Pedagogik talablar.
    0 ‘yinchoq obrazi va mazmunining bola 
    tarbiyasiga muvofiqligi jamiyatimiz g‘oyasi nuqtayi nazariga mos 
    kelishi, g‘oyaviy jihatdan qimmatli bo‘lishi pedagogik talabning 
    muhim belgisi hisoblanadi. 0 ‘yinchoq bolada oliyjanob tuyg‘ulami 
    uyg‘otishi, boshqa millat bolalari bilan do‘stona munosabatlami 
    tarbiyalashi, voqelikka nisbatan oliyjanob tuyg‘ular uyg‘otishi,
    71


    ijobiy axloqiy tajriba to ‘plashga yordam berishi lozim. Bolaning 
    faollikka bo‘lgan intilishini qoniqtirishi va uni uyg‘otishi kerak. 
    Obrazli o ‘yinchoq real haqiqatni ifoda etadi, buyum, uning 
    xususiyatlari va hayotdagi ahamiyatini aks ettiradi.
    0 ‘yinchoqning dinamiklik xususiyati undan ko‘p marotaba 
    rejali tarzda foydalanish imkonini yaratadi. Bu xususiyatidan kelib 
    chiqib, o‘yinchoqqa quyidagi talablar qo‘yiladi.
    Gigiyenik talablar.
    0 ‘yinchoq qanday m aterialdan va rang- 
    dan tayyorlanganligi, bolaning hayotiga hech qanday xavf sol- 
    masligi, yaxshi tozalanishi mumkinligi asosiy talablardan h i­
    soblanadi.
    Badiiy talablar.
    Shakl, bo‘yoq va bezaklaming har tomonlama 
    uyg‘unlashuvi, bir-birini rang va shakl jihatdan to ‘ldirib, ta’kidlab, 
    o ‘yinchoqning badiiy ifodaliligini oshiradi. 0 ‘yinchoqlarning 
    tuzilishi va bezalishi bolalaming turli yosh bosqichlarida idrok 
    etish xususiyatlariga to ‘la mos kelmog‘i lozim.
    To‘g‘ri tanlangan o‘yinchoq bolaning jismoniy, axloqiy, aqliy 
    va badiiy-estetik tarbiyasi rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolani 
    aqliy jihatdan tarbiyalashda didaktik o‘yinchoqlaming butun bir 
    tizimi katta ahamiyat kasb etib, sensor va nutq rivojiga ta’sir etadi, 
    fikrlash jarayonlari va diqqatini tarbiyalaydi, buyum va uning xusu­
    siyatlariga, qurilishiga bo‘lgan qiziqish shakllanadi, bilimi, tushun- 
    chalari boyib boradi.
    0 ‘yinchoq bolani quvontiradi, atrofdagilarga nisbatan ijobiy 
    munosabat hosil qiladi, birgalikda o‘ynash tuyg‘usini uyg‘otadi va 
    ijobiy his-tuyg‘ulami tarkib toptiradi. Axloqiy his-tuyg‘ulami shakl- 
    lantirishda qo‘g‘irchoq muhim ahamiyatga ega. Milliy qo‘g‘irchoq 
    bolalami boshqa millatga mansub bo‘lgan tengdoshlariga bo‘lgan 
    ijobiy munosabatini tarbiyalash manbalaridan hisoblanadi. San’at- 
    ning birinchi yorqin obrazli va eng tushunarli buyumi bo‘lgan 
    o‘yinchoq estetik hislar va kechinmalarni uyg‘otadi, estetik tar- 
    biyani to'plashga yordam beradi va badiiy didni shakllantiradi. 
    Shu o‘rinda bolalarga yaqin va tushunarli bo‘lgan xalq o‘yin- 
    choqlarining ahamiyatini alohida ta’kidlash lozim.
    0 ‘yinchoq bolalami turli rang-barang harakatlarga undaydi va 
    bolaning faol harakatga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi. Tezkor javob 
    reaksiyasini, harakatlarning aniqligi va m uvofiqlashtirishini 
    rivojlantiradi.
    Ilk yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan ko‘p o‘yinchoqlar (sha- 
    qildoqlar, rezina koptokchalar, shaklchalar va boshq.) bolada
    72


    ko‘rish va eshitish diqqatini rivojlantiradi, ushlash harakatlari va 
    buyumli harakatlami o‘stirishga yordam beradi.
    0 ‘yinchoqlami turlari va ko‘rinishlari bo‘yicha quyidagi tur- 
    kumlarga ajratiladi:
    • sujetli-obrazli;
    • texnika o‘yinchoqlari;
    qurish-yasash, qurilish materiallari o‘yinchoqlari;
    • didaktik o‘yinchoqlar;
    • sport va harakatli o‘yinlar uchun m o‘ljallangan o‘yinchoqlar;
    • yig‘m a-bo‘linma o‘yinchoqlar;
    • teatr va dekorativ o ‘yinchoqlar (soya va qo‘g‘irchoq teatr-
    larining personajlari, dramalashtirilgan o ‘yinlar uchun ki-
    yimlar, archa о‘yinchoqlari);
    • o‘yinchoq-ermaklar;
    • ohang chiqaruvchi musiqaviy o‘yinchoqlar;
    • qo‘lbola o‘yinchoqlar va o‘yin materiallari, turli-tuman o ‘yin
    jihozlari.

    Download 3,92 Mb.
    1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   106




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish