Shov-shov etadi ariq,
7
Karim ekadi tariq.
Yoki:
Echki keladi m a’rab,
0 ‘z egasiga qarab.
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o‘yinlarni
ertalab va kechki soat-
larda o‘ynash mumkin.
7.6. Bola tarbiyasida o‘yinchoqning ahamiyati
O‘yinchoq
— bola hayotining dastlabki davrlaridan boshlab
ularga yo‘ldosh quvonch manbayi. 0 ‘yinchoq bolaning o‘ynashi
uchun mo‘ljallangan va boshqa maqsadlarda
foydalanilmaydigan
buyum hisoblanadi. Unda buyumlarning tipik xususiyatlari um u
miy tarzda aks etadi.
«Qisqacha aytganda, xonadondagi har bir narsa — daraxt va
o‘simliklar bo‘ladimi, turli o‘yinchoqlar uy hayvonlari bo‘ladimi
— bulaming barchasi bolaning ko‘ziga, go‘yoki,
olamning be-
qiyos mo‘jizasi bo‘lib ko‘rinadi va shu tariqa u yorug‘ dunyoni
o‘zi uchun kashf qiladi», deb to ‘g‘ri ta ’kidlagan edi yurtboshimiz
I.A. Karimov.
Xalq pedagogikasida o ‘yinchoqlaming butun bir tizimi ishlab
chiqilgan b o ‘lib, bular bolaning
sensor qobiliyatini rivoj-
lantirishga qaratilgan. 0 ‘yinchoqlar bolalarning nutqiy faolligini
uyg‘otadi, lug‘at boyligini oshiradi,
ularda tahlil qilish, yaxlit
holatga keltirish, umumlashtirish, taqqoslash, tavsiflash, diqqatni
jamlash kabi qobiliyatlarni rivojlantiradi. 0 ‘yinchoqlar bola
larda m a’naviy-axloqiy tuyg‘ulami (mehribonlik,
avaylash, e ’ti-
borlilik) shakllantiradi, atrof-muhitga ijobiy munosabatni uy-
g‘otadi. 0 ‘yinchoqlar tanlashda bolaning yosh va individual xu
susiyatlari,
qiziqishlari, istaklari hisobga olinadi. Maqsadga qara
tilgan bunday yondashuv o ‘yinchoq tanlashga bo‘lgan talabni
yanada oshiradi. Asosan, pedagogik, gigiyenik, badiiy talab orqali
o ‘yinchoq tanlanadi.