7.5. Milliy xalq o‘yinlari




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/106
Sana02.08.2024
Hajmi3,92 Mb.
#269074
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   106
Bog'liq
Pedagogikasi

67


7.5. Milliy xalq o‘yinlari
Milliy xalq o‘yinlari ikki guruhga bo‘linadi: 1. Milliy harakatli 
o‘yinlar. 2. Milliy xalq o‘yinlari.
Milliy harakatli o‘yinlar sport turlari hamda xalqimiz qadriyatlari 
bilan aloqador bo‘lib, ular asrlar davomida davrlarga mos ravishda 
rivojlanib, takomillashib, e’zozlanib kelingan. U bolalaming jismo- 
nan baquwat, sog‘lom, jasur, qat’iyatli, chaqqon, uddaburon bo‘lib 
o ‘sishlarida muhim omil bo‘lib hisoblanadi. Xalq milliy o‘yinlarida 
millatning o‘tmish tarixi, m a’naviy va madaniy rivojlanishining 
xarakter xususiyatlari, urf-odatlari, an’analari jamlangandir.
Xalq milliy o‘yinlari orqali bolalami m a’naviy, aqliy, jismoniy, 
estetik jihatdan tarbiyalab borish jarayonida bolalarda o‘z Vatanini 
sevish, uning boyliklari qadriga yetish, buyuk ajdodlarimiz me- 
roslarini hurmat qilish, milliy kuy va qo‘shiqlardan zavqlanish 
tuyg‘ulari, shuningdek, o‘sib kelayotgan yosh avlodda chidamlilik, 
sabr-toqatlilik, tezkorlik, ildamlik, botirlik kabi shaxsiy sifatlar 
shakllanib boradi.
Xalq milliy o‘yinlarini maktabgacha ta’lim muassasalarida tash­
kil etishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim:
• xalq milliy o‘yinlarining turlari va ularni tashkil etish yo‘llari, 
usullari hamda uslublarini ishlab chiqish;
• milliy o‘yinlarni tashkil etishda m a’naviy qadriyatlar va urf- 
odatlarimizni kundalik hayot jarayoniga singdirib borish;
• maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy istiqlol ruhida tar- 
biyalashda xalq milliy o‘yinlaridan maqsadli foydalanish;
• xalq ertaklari, xalq og‘zaki ijodi durdonalaridan unum li 
foydalanish;
• bolalaming o'ynashlari uchun shart-sharoit (o‘yin uchun 
jihozlar, atributlar) yaratish;
• maktabgacha ta’lim muassasalari, oila va mahallalar o'rtasida 
milliy o ‘yinlar b o ‘yicha k o ‘rik tanlovlari va m usobaqalar 
o ‘tkazish.
Milliy harakatli o ‘yinlar bolalaming yosh xususiyatlariga
o ‘yindagi harakatlar rivojiga qarab takomillashib boradi.

Download 3,92 Mb.
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   106




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish