qalar. Bolalar boshqa xalq ertaklarini ham turli usullarda qo‘-
g‘irchoq, soya, stol teatri orqali sahnalashtirishga ehtiyoj sezadilar.
Badiiy asami eslab qolishlari uchun uni qayta o‘qib berish,
sahna ko‘rsatish, rasmlar namoyish etish, didaktik o‘yinlardan
foydalaniladi.
Sahnalashtirish o‘yinlari qiziqarli o‘tishi
va uzoq vaqt davom
etishi uchun kerakli jihozlar tayyorlanishi va unga to‘g‘ri rahbarlik
qilinishi kerak. Kattalar o‘yin rejissori rolini amalga oshira borib,
bolalaming xatti-harakatlari, qobiliyatlari, intilishlarini hisobga
olib boradilar. 0 ‘yinda faol ishtirok etgan bolalami alohida rag‘-
batlantirilib, kelgusida qaysi asarlarni
sahnalashtirish kerakligini
aniqlaydilar.
Bolalaming ijodiy qobiliyatlarini yanada takomillashtirishda
qurilish materiallari bilan o‘ynaladigan o‘yinlaming roli kattadir.
Pedagoglardan Z.V. Lishtvan, V.G. Nechayeva o‘z tadqiqotlarida
qurish-yasash o‘yinlarining o‘ziga xos
tomonlari va ahamiyatini
yoritib berganlar.
Qurish-yasash o‘yinlari bolada buyum obrazini fazoviy ifodada
tasvirlashni talab qiladi. 0 ‘yin jarayonida biror-bir material yoki
buyumning hajmi, katta-kichikligi, bir-biriga mosligi,
fazoviy
m o‘ljallay olish ko‘nikmasi shakllanadi, rivojlanadi. Qurish-
yasash o‘yinlari bolalarda kuzatuvchanlikni shakllantiradi, bu-
yumlami fazoviy joylashtira olishga o‘rgatadi.
Bu o‘yinlami o‘tkazish quyidagi bosqichlarda o‘tkaziladi: