7.4. Didaktik o‘yinlar
Didaktik o‘yin!ar
ta’limiy o‘yin sifatida bolalaming yosh xusu-
siyatlariga mos keladigan o‘yinlar sirasiga kiradi. Didaktik o‘yin-
larning muhim belgisi undagi qoidalarning mavjudligidir. 0 ‘yinda
o‘yin niyati, o‘yin qoidalari, o‘yin harakatlari o‘rtasida uzviy aloqa
mavjud. 0 ‘yin niyati o‘yin harakatlarining tabiatini belgilaydi. 0 ‘yin
qoidasi esa, o‘yin harakatlarini, vazifasini hal etishga va o‘yindagi
harakatlami amalga oshirishga yordam beradi.
Didaktik o‘yinlar orqali bolalarga yangi bilimlar,
tushunchalar
berib boriladi. Bu o‘yinlarda bolaning har tomonlama rivojlanishi,
bilim jarayoni, sensor madaniyati, nutq faoliyati, aqliy qobiliyatlari
takomillashadi. 0 ‘yin qoidasiga rioya qilish, unga amal qilish o‘yin
mazmunini boyitadi.
Didaktik o‘yinlarda tabiiy narsa va buyumlardan keng foydala-
niladi. Bolaning kun tartibida didaktik o‘yin uchun vaqt va joy
ajratilishi kerak. Bunday o‘yinlar mashg‘ulot jarayonida va o‘yindan
tashqari vaqtlarda guruh yoki yakka-yakka o‘tkaziladi. Bunda o‘yin
mazmuni va natijasi puxta aniqlanadi. Didaktik o‘yinlarda quvidagi
qoidalarga amal qilinishi kerak:
1. Navbatma-navbat ta’sir etish.
2. So‘ralganda javob berish.
3. 0 ‘rtoqlari fikrini eshita olish.
4 . 0 ‘yin jarayonida boshqalarga xalaqit bermaslik.
5. 0 ‘yin qoidasini bajarish.
6. 0 ‘z xatosini tan olish.
Didaktik o‘yinlarda bolalaming yosh, individual xususiyatla
rini hisobga olish lozim. 0 ‘yinda o‘yin
tempi va ritmi katta rol
o‘ynaydi, juda sekin va bir tekisdagi temp bolani ko‘p kuttiradi,
juda tez temp
esa bolalami hayajonga soladi, turli bahs-munoza-
ralarga olib keladi. Kattalar tomonidan o‘yin ishtirokchilarini to‘g‘ri
baholash muhim ahamiyatga ega.
Didaktik o‘yinlaming quyidagi turlari mavjud: a)
buyum va
o‘yinchoqlar bilan o‘ynaladigan; b) stol-bosma; d) og‘zaki so‘z
o‘yinlari.