hosil bo‘ladi. 0 ‘yinda o‘ynaladigan har bir buyum yoki o ‘yinchoq
o‘zining tashqi ko‘rinishiga ega bo‘lishi, narsaning asosiy belgisini
ajrata bilish imkonini berishi lozim. Bunday o‘yinlar bolalarning
narsalarning shakli, hajmi, belgisi, sifati haqidagi bilimlarini
kengaytiradi.
Stol-bosma о yinlari
bolalarning tevarak-atrof haqidagi tasav-
vurlarini aniqlash, bir tizimga solish, tafakkurini (tahlil qilish,
sintez,
umumlashtirish, tavsiflash) o‘stirish imkonini beruvchi
o‘yin usulidir. Bu o ‘yin turiga a) lotto; b) juft rasmlar; d) domino;
e) labirint kiradi.
Og‘zaki so ‘z о yinlari
katta maktabgacha yoshdagi bolalar bilan
o‘tkaziladi. Ular bolani eshita olish,
zudlik bilan javob topa olish,
o‘z fikrlarini tez va aniq ifoda eta olishga o‘rgatadi. Tadqiqotchi-
larning fikricha, bunday o ‘yinlar bolaning aqliy rivojlanishida
katta ahamiyatga ega. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan o ‘yin turlarida
didaktik maqsad va o‘yin materiallarining
mavjudligi muhim
ahamiyat kasb etadi.
Qoidali-harakatli о ‘yinlar
asosini bolaning jismoniy rivojlani-
shiga' qaratilgan harakatlar tizimi egallaydi. Bunda asosan yurish,
yugurish, sakrash, chirmashib chiqish,
uloqtirish, emaklash kabi
harakatlar o ‘yin mazmunini belgilaydi. Qoidali-harakatli o‘yinlar
kelib chiqishiga ko‘ra: a) xalq milliy o'yinlari; b) mualliflik o‘yin
turlariga bo‘linadi.
Har ikki o ‘yin turida ham asosiy mezon — o‘yin qoidasi bo‘lib
hisoblanadi. Harakatli o‘yinlar harakatlaming aniqligi, ifodaliligi,
bolalarda tezkorlik,
epchillik, qo‘rqmaslik, mardlik kabi oliyjanob
fazilatlarni tarbiyalab boradi. K o‘pchilik harakatli o‘yinlar jamoa
bo‘lib o‘ynashga mos, bu jamoada uyushgan holatda harakat qilish
qobiliyatini shakllantiradi. Qoidali harakatli o‘yinlami o‘tkazishda
bolalarga rolni to ‘g‘ri taqsimlash o‘yin jarayonini kuzatib borish,
unga rahbarlik qilish, o‘z vaqtida yaxshi harakatlarni rag‘batlan-
tirish o ‘yin nufuzini oshiradi. 0 ‘yin jarayonida quvnoq kayfiyat,
ijobiy his-tuyg‘ular yuzaga keladi.
Kichik yoshdagi bolalar uchun o‘yin
sujeti ochiq xarakterga
ega bo‘ladi. Masalan, «To‘pni quvla!», «To‘pni ushlab ol!». Katta
yoshdagi bolalar uchun o‘yin maqsadi, qoidasi va o‘yinni tashkil
etish murakkablashadi. Qoidali-harakatli o‘yinlar awal jismoniy
tarbiya mashg‘ulotida o‘rganiladi. So‘ngra boshqa jarayonlarda tak-
roran o‘ynatilishi lozim. «Bolajon» dasturiga
turli yosh guruhlari
bo‘yicha o‘tkaziladigan harakatli milliy o‘yinlar turkumlari kiritilgan.