Madaniy-gigiyenik ко ‘nikmalarni tarbiyalash.
Ilk yoshdagi bola
larda kiyinishga, yuvinishga, ovqatlanishga
ijobiy munosabatlami
tarbiyalash o‘ziga o‘zi xizmat qilish ko‘nikmalarini, mustaqil ha-
rakatlarni shakllantirishga tayyorgarlik bo‘lib xizmat qiladi.
1,5—2 yoshli bola deyarli hamma kiyimlarini o‘zi yecha oladi,
taxlab qo‘yadi va kiyimlarining ayrimlarini kiya oladi.
Bu yoshdagi
bolalar o‘zlari yuvinadilar va artinadilar. 2—3 yoshli bolalar mus
taqil ovqat yeyishga, kiyimlarini kiyib-yechishga o ‘rganadilar.
Jismoniy mashqlar va uqalash.
Bola hayotining dastlabki yilida
uqalash va gimnastika har kuni yakka tartibda o‘tkaziladi.
2
yoshga qadam qo‘ygan bolalar bilan mashg‘ulotlar o‘tkazayot-
ganda yurish, sakrash, buyumni uloqtirish o ‘rgatiladi, muvo-
zanatni rivojlantirishga alohida e’tibor beriladi.