• JISMONIY TARBIYA 6.1. Jismoniy tarbiyaning mazmuni Asosiy tushunchalar.
  • Pedagogikasi




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet22/106
    Sana02.08.2024
    Hajmi3,92 Mb.
    #269074
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   106
    Bog'liq
    Pedagogikasi


    Nazorat savollari
    1. Maktabgacha yoshdagi bolalami rivojlantirish Davlat talablari- 
    ning mazmuni.
    2. Maktabgacha ta’lim dasturining yaratilish tarixi.
    3. «Bolajon» dasturi mazmunini so‘zlab bering.
    4. Maktabgacha ta’lim tayanch dasturi asosiy bo‘limlarining mohiyati.
    5. Dastumi takomillashtirishga sizning fikringiz.
    42


    6-bob.
    JISMONIY TARBIYA
    6.1. Jismoniy tarbiyaning mazmuni
    Asosiy tushunchalar. 
    0 ‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomon­
    lama jismoniy tarbiyalash ta’lim-tarbiya muassasalari, oila, jamoat 
    tashkilotlarining birgalikdagi kuch-g‘ayratlari bilan amalga oshi­
    riladi. Jismoniy tarbiya sog‘liqni yaxshilashga, jismoniy sifatlami 
    rivojlantirishga, yoshlami mehnatga va Yatanni himoya qilishga 
    tayyorlashga qaratilgandir.
    Jismoniy tarbiya to ‘g‘risidagi ta’limot pedagogikaning tarki- 
    biy qismi hisoblanadi. Pedagogika fanining mazkur sohasiga qa- 
    rashli turli hodisalarga ta’rif berilganda, «badantarbiya», «jismoniy 
    barkamollik», «jismoniy tarbiya», «jismoniy rivojlanish» degan 
    asosiy tushunchalar qo‘llaniladi.
    «Badantarbiya»
    tushunchasi eng umumiy hisoblanadi. U xalq 
    madaniyatining bir qismi sifatida qaraladi. Badantarbiya jamiyat 
    odamlarini jismoniy jihatdan mukammallashtirish uchun to ‘p- 
    langan, vujudga keltirilgan va foydalaniladigan moddiy hamda ma- 
    daniy qadriyatlar yig‘indisidir.
    Badantarbiyaning mazmuni quyidagilardan iborat:
    1) mehnat va turmushdagi ko‘nikmalami (tartiblilik, kiyimlar- 
    ning ozodaligi, xonalaming tozaligi) va gigiyenik rejimga doir 
    odatlar (faoliyat va dam olishning oqilona tartibi, uyqu, ov- 
    qatlanish gigiyenasi va h.k.);
    2) tabiatning tabiiy sharoitlarida (havo, quyosh va suv) or- 
    ganizmni chiniqtirish;
    3) jismoniy mashqlami o‘z ichiga oladi.
    Jismoniy barkamollik
    odamning tarixan shart qilib olingan uyg‘un 
    jismoniy rivojlanishi, salomatligi, jismoniy tayyorgarligi darajasi bo'lib, 
    u jamiyat talablariga eng maqbul tarzda mos kelishi kerak.
    Jismoniy rivojlanish —
    odam organizmining tarkib topishi, 
    uning shakllari va vazifalarining o‘zgarishini ifodalaydigan biolo- 
    gik jarayon. Tor ma’noda bu antropometrik va biometrik ko‘r-
    43


    satkichlar: bo‘y, tana og‘irligi, ko‘krak qafasi aylanasi, o ‘pka si- 
    g‘imi, qaddi-qomat va boshqalardir. Jismoniy rivojlanish biologik 
    hayot qonunlari — muhit va organizmning birligi, miqdor o‘zga- 
    rishlarining sifat o‘zgarishlariga muntazam ravishda o‘tishiga mu­
    vofiq tarzda amalga oshadi. Zotan, turmush sharoitini, jumladan 
    jismoniy tarbiya metodlarini o‘zgartirib, organizmning funksional 
    imkoniyatlari darajasini ancha oshirish, jismoniy rivojlanish ko‘r- 
    satkichlarini o‘zgartirish mumkin.
    Jismoniy tarbiya bilan tarbiya boshqa jihatlarining o‘zaro alo- 
    qasi, bir tomondan, tarbiya maqsadi va vazifalari birligi bilan, 
    boshqa tomondan, shaxs tuzilishi va uning rivojlanishida biologik 
    va ijtimoiy hodisalaming birligi bilan belgilanadi. Jismoniy tarbiya 
    jarayonida ongni rivojlantirishga, axloqqa muvofiq odamlar xulq- 
    atvoriga faol ta’sir etish mumkin.
    Mustahkam salomatlik va to ‘laqonli jismoniy rivojlanish ish- 
    chanlikni, turli xildagi vazifalarni bajarishga tezda moslashishni 
    belgilaydi. Jismoniy mashqlar organizmning o'sishi va rivojlani­
    shiga, uning funksional imkoniyatlari kengayishiga chuqur ta’sir 
    ko'rsatadi. H arakat faoliyati miya peshona qismidagi b o ‘lim- 
    larining rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, u aqliy faoliyatni 
    amalga oshirishda yetakchi o ‘rin tutadi. Qo‘llar va barmoqlaming 
    harakati nutq harakati markazi rivojlanishini rag‘batlantiradi. Shu 
    munosabat bilan bolaning nutqi, shu bilan birga fikrlashi ertaroq 
    va to ‘laqonliroq rivojlanadi. Harakat barcha analizator sistema- 
    larning ishini faollashtiradi. Shu tariqa hissiy organlar tezroq va 
    muvaffaqiyatliroq rivojlanadi. Jismoniy va aqliy tarbiyaning mus­
    tahkam aloqasi fazodagi m o‘ljal olishlarini rivojlantirishda ham 
    namoyon bo‘ladi. Ular aqliy faoliyat xilma-xil turlarining zarur 
    jihati bo‘lib, faqat ko'rish organi orqaligina emas, shu bilan birga 
    harakat organlari va boshqa analizatorlar ishtirokidagi jismoniy 
    mashqlar yordamida, ayniqsa, faol o‘zlashtiriladi.
    Rejim jarayonlarini, jismoniy mashqlami o‘tkazish, chiniqish 
    paytida bolalarning dunyoqarashi o‘zgaradi, ular ayrim eng oddiy 
    bilimlami egallaydilar. Mustahkam sog‘lik faol aqliy faoliyatning 
    asosi hisoblanadi.
    Jismoniy tarbiya axloqiy tarbiya bilan bog‘liqdir. Bolalar gi­
    giyena, chiniqtirish tadbirlarini, harakatli o‘yinlami bajarish cho- 
    g‘ida faqat axloqiy xulq-atvor (mardlik, halollik, tartiblilik va h.k.) 
    to ‘g‘risidagina tasawurlarga ega bo‘lib qolmay, shu bilan birga ana 
    shu xulq-atvor xususida mashq qiladilar, ularda irodaviy sifatlar
    44


    (qat’iyat, mustaqillik va h.k.) rivojlanadi. Aksariyat jismoniy 
    mashqlaming his-tuyg‘uga boyligi ularning bola shaxsini shakl­
    lantirishga ta ’sirini kuchaytiradi.
    Jismoniy tarbiya asosan ishning jamoa shakllarida amalga oshiri­
    ladi. Jismoniy mashg‘ulotlarda, harakatli o‘yinlarda bolalarda jamoat- 
    chilik tuyg‘usi shakllanadi, uyushqoqlik, intizom tarbiyalanadi.
    Jismoniy tarbiya bilan estetik tarbiyaning aloqasi dastawal 
    shunda o‘z ifodasini topadiki, to ‘laqonli jismoniy rivojlanish — 
    bola estetik tashqi ko‘rinishining garovidir. Bolalarda chiroyli qaddi- 
    qomat, umumiy estetik qiyofa (chiroyli kiyinish, tartiblilik va h.k.) 
    to ‘g‘risida tasaw urlar shakllanadi. Bolalar mashqlami bajarar 
    ekanlar, erkin, chiroyli, ifodali harakat qilishga o ‘rganadilar, bu 
    esa estetik tuyg‘ulami tarbiyalashga ko‘maklashadi.
    Jismoniy tarbiya mehnat tarbiyasi bilan chambarchas bog‘- 
    liqdir. Umumiy chidamlilikni rivojlantirish — ishchanlikni tarbiya- 
    lash asosidir. Jismoniy mashqlar jarayonida harakat tajribasini 
    to ‘plash, harakatlar uyg‘unligini, kuchni chamalashni va boshqa 
    qobiliyatlami rivojlantirish mehnat harakatlarini egallashda o ‘z 
    ta’sirini ko‘rsatadi. Irodaviy kuch-g‘ayrat sarflash odatini tarbiya- 
    lash ham muhimdir. Sog‘lom, chaqqon bola mehnat topshiriq- 
    larini oson bajaradi.

    Download 3,92 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   106




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish