Tarbiyachi shaxsini shakllantirish




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/106
Sana02.08.2024
Hajmi3,92 Mb.
#269074
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   106
Bog'liq
Pedagogikasi

4.3. Tarbiyachi shaxsini shakllantirish
Tarbiyachi maktabgacha yoshdagi bolalarga tabiat, jamiyat 
hodisalari, kattalarning mehnati haqida boshlang‘ich bilim va tu- 
shunchalar beradi, ularga madaniy axloq, o‘z tengdoshlari va kat­
talar bilan madaniyatli munosabatda bo‘lish odatlarini singdiradi. 
Ularda yaxshilik, haqiqatgo‘ylik, adolat, jasurlik, kamtarinlik, 
kattalarga hurmat bilan qarash, tabiatga qiziqish, kuzatuvchanlik, 
o‘simlik va hayvonlarga g‘amxo‘rlik bilan qarash, mehnatsevarlik, 
kattalarning mehnati natijalarini asrab-avaylash kabi axloqiy si- 
fatlami tarbiyalaydi.
Xalq san’ati, musiqa, ashula, adabiyot, tasviriy san’atni 
bilish, san’atga muhabbat tarbiyachini madaniyatli qiladi, bolalar 
bilan olib boradigan ishida yordam beradi. Pedagog kerakli bilim, 
malaka va ko‘nikmalami m a’lum bir izchillik bilan egallab bor- 
sagina bolalami tarbiyalash va ularga ta’lim berish ishida yaxshi 
natijalarga erishadi. Tarbiyachi o‘z kasbining mohir ustasi bo‘lishi 
uchun maxsus tayyorgarlik ko'rishi kerak. U quyidagi shartlarga 
amal qilishi kerak:
• yosh avlodni tarbiyalash uchun yuqori malakali, kerakli 
bilimlami egallab, kerakli adabiyotlami tanlay oladigan, il­
miy adabiyotlar bilan ishlay oladigan, ilg‘or tajribali pe- 
dagoglaming tajribasini o‘rganib, o‘z ishiga tatbiq eta oltt- 
digan kishi bo‘lishi;
33


• bolalami kuzata oladigan ularning xulqi, xatti-harakati sa- 
bablarini to ‘g‘ri tahlil qilib, unga ijobiy ta’sir etuvchi vosi- 
talami topa olishi;
• yosh avlodni kerakli bilim, malaka, ko‘nikmalardan xabar- 
dor qilish uchun pedagogning nutqi ravon, aniq, mantiqiy, 
ixcham bolishi, ta’lim berishda texnikaviy vositalardan sa- 
marali foydalana olishi kerak. Bolalar bilim, malaka, ko‘nik- 
malarni yaxshi o‘zlashtirib olishlari uchun faollashtiruvchi 
savollardan foydalanishi;
• o‘ziga yuklangan vazifani bajarishi uchun bolalarda o‘sha fao- 
liyatiga nisbatan qiziqish uyg‘ota olishi, ularning diqqatini 
jalb qilib, faolligini o ‘stirishi, bolalaming xulqini, xatti- 
harakatini haqqoniy baholay olishi;
• har bir faoliyat uchun kerakli materiallami oldindan tayyor- 
lab qo‘yishi;
• kun tartibini to‘g‘ri tashkil eta bilishi, bolalar jamoasiga undagi 
har bir a’zoni e’tiborga olgan holda rahbarlik qila bilishi;
• bolalaming ruhiy va jismoniy holatini aniqlay bilishi va buni 
bolalar bilan amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiyaviy ishlarida 
e’tiborga olishi;
• ota-onalar bilan muntazam ravishda suhbatlar, uchrashuvlar 
o‘tkazib, axborot almashtirib turishi;
• bolalarga nisbatan xayrixoh bo‘lishi, har bir bola uchun 
qulay sharoit yaratishi, xafa bo‘Isa ovuntira olishi;
• oUb borgan ta’lim-tarbiya ishini tahlil qila bilishi va uni yanada 
yaxshilash yo‘llarini topa olishi kerak.
Eng muhimi — tarbiyachi bolalarga ishonch bilan qarashi
ulaming mehnatsevarligi, mustaqilligi, tashabbuskorligini to ‘g‘ri 
taqdirlashi va mustaqil faoliyatlari uchun imkoniyat yaratishi ke­
rak. Buni bolalar yuqori baholashadi.
< ?

Download 3,92 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   106




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish