Bolalami sevish pedagogning murakkab mehnatini jozibali va
yengil qiladi. 0 ‘qituvchi, tarbiyachining bolalarga munosabati
pedagogikada
tarbiyalanuvchi shaxsga hurmat, unga talabchanlik
bilan bir qatorda turadi. Bu munosabat bolada pedagogga nisbatan
ishonchni uyg‘otadi, o‘qituvchiga bolalarga chinakam m a’naviy
murabbiy bo‘lishga imkon beradi.
Pedagog faoliyatining muvaffaqiyati pedagogik qobiliyatlari-
ning mavjudligiga ham bog‘liqdir. Pedagogik qobiliyatlar — peda
gogik mahoratga erishishning zaminidir. Pedagogik qobiliyatlar
tarkibiga pedagogik kuzatuvchanlik, pedagogik tasawur,
diqqatni
taqsimlash, tashkilotchilik qobiliyati va pedagogik muomala kiradi.
Pedagogik qobiliyatlar pedagogik faoliyat jarayonida, shuningdek,
uni bu faoliyatga tayyorlash jarayonida shakllanadi. Pedagogik
mahorat — yosh avlodga ta ’lim-tarbiya berishni yuksak darajada
va doimiy ravishda takomillashtirib borish san’atidir.