• MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA TA’LIM-TARBIYA DASTURI 5.1. Maktabgacha yoshdagi bolalami tarbiyalash dasturining yaratilishi va tarixi
  • Pedagogikasi




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/106
    Sana02.08.2024
    Hajmi3,92 Mb.
    #269074
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   106
    Bog'liq
    Pedagogikasi


    Nazorat savollari
    1. Tarbiyachining shaxsiy sifatlari va pedagogning odobi qanday bo‘-
    lishi kerak?
    2. Hozirgi davr tarbiyachisiga qo‘yilgan pedagogik talablar.
    3. Kasbiy layoqatlilik deganda nimani tushunasiz?
    4. Tarbiyachi o‘z kasbining mohir ustasi bo'lishi uchun nimalarga rioya
    qilishi kerak?
    34


    5-bob. MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA
    TA’LIM-TARBIYA DASTURI
    5.1. Maktabgacha yoshdagi bolalami tarbiyalash
    dasturining yaratilishi va tarixi
    Tarixdan m a’lumki, maktabgacha tarbiyaning rivojlanishi 
    bilan birgalikda tarbiyalash dasturi ham takomillashib boradi. 
    Maktabgacha muassasalar ishini tashkil etish, uning mazmuni 
    va metodlari yuzasidan asosiy ko‘rsatmalar 1919-yilda M aorif 
    xalq komissariati maktabgacha tarbiya bo‘limining vazifasi «Oila 
    o‘chog‘i va bolalar bog‘chasini yuritish yuzasidan instruksiya»da 
    bayon qilib berilgan edi. Maktabgacha tarbiya sifatini yaxshilash 
    uchun bolalar bog‘chasi ishining ilmiy asoslangan dasturini 
    yaratish katta ahamiyatga ega bo‘ldi. «Programma»ga oid har bir 
    hujjat muayyan tarixiy bosqichda vujudga keldi va maktabgacha 
    tarbiya nazariyasi va amaliyoti rivojlanishining tegishli bosqichini 
    aks ettirdi.
    «Programma»ning dastlabki loyihasi 1932-yilda chiqarilgan edi. 
    Bu hujjat bolalar faoliyatining tegishli turlariga mos keladigan 
    bilimlardan: ijtimoiy-siyosiy tarbiya, mehnat tarbiyasi, musiqa- 
    harakat tarbiyasi, tasviriy faoliyat, matematika, savod bo‘limla- 
    ridan iborat edi. Unda bolalar bog‘chasidagi bolalar bilan ishlash 
    vazifalari va hajmini belgilashga urinib ko‘rilgan edi. «Program- 
    ma»ning vujudga kelishi esa maktabgacha tarbiya muassasalari 
    ishini tartibga solishga, tarbiyachi-pedagoglar faoliyatiga ko‘proq 
    yo‘nalish va mazmun bag‘ishlashga yordam berdi. 1934-yilda ta- 
    komillashtirilgan «Tarbiyalash programmasi» nashr etildi. Unda 
    bolalar bog‘chasida bolalarning ko‘p qirrali hayotini tashkil etish 
    va uning mazmuni masalalariga katta e’tibor berildi.
    «Programma»da ijtimoiy tarbiya, jismoniy tarbiya, rasm chi- 
    zish, loy va plastilindan narsalar yasash, mehnat mashg‘ulotlari, 
    nutqni o ‘stirish, kitob va rasmlar bilan mashg‘ulotlar, tabiat 
    haqidagi bilimlaming kurtaklari, dastlabki matematik tasawurlami 
    rivojlantirish, savod chiqarish mashg‘ulotlari bo‘limlari bor edi. 
    Shu bilan birga unda muhim kamchiliklar mavjud edi, chunonchi,
    35


    murakkab bilish materialining kiritilganligi, bolalaming yosh 
    xususiyatlari hisobga olinmaganligi, pedagogik jarayonni tashkil 
    etishda tarbiyachining rahbarlik roliga yetarli baho berilmagan- 
    ligi shular jumlasidandir. 1938-yilda «Bolalar bog‘chasining tar- 
    biyachisi uchun qo‘llanma» nashr etildi. Unda maktabgacha tar­
    biya yoshidagi bolalami tarbiyalash vazifalari to ‘g‘ri yoritildi. 
    Shaxsni har tomonlama kamol toptirish, bolalaming yosh xusu- 
    siyatlarini hisobga olish haqida aniqroq gap yuritildi. «Qo‘l- 
    lanm a»da ilgarigidek, bolalar bilan ishlash mazmunini yosh 
    guruhlariga qarab emas, balki tarbiyaning ayrim bo‘limlari bo‘yicha 
    belgilangan edi. Bu esa u yoki bu yoshdagi bolalar bilan ishlash 
    uchun dastur materialini tanlashda tarbiyachini qiyin ahvolga solib 
    qo'yar edi. Jismoniy, aqliy, axloqiy tarbiyaning ko‘pgina masala- 
    lari «Qo‘llanma»da yetarli darajada o‘z aksini topdi. Maktabgacha 
    tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berish masalalari ilmiy asosda 
    ochib berilgan, ota-onalar bilan ishlash ham yetarli yoritilgan edi.
    1953-yilda bolalar bog‘chasida ta ’limning joriy etilishi mu- 
    nosabati bilan ta ’lim-tarbiya ishlari sifatini oshirish va bolalami 
    maktabgacha tayyorlash maqsadlarida «Qo‘llanma» qayta ishlab 
    chiqildi. Unda tarbiyachining rahbarlik roli ta ’minlangan holda 
    tashkil etilgan mashg‘ulotlarda bolalar o‘zlashtirishlari kerak bo‘lgan 
    bilim mundarijasi ancha aniq ko‘rsatib berildi.
    1959-yil may oyida «Maktabgacha tarbiya muassasalarini 
    yanada rivojlantirish, maktabgacha yoshdagi bolalarga tarbiya be­
    rish va tibbiy xizmat ko‘rsatishni yaxshilash tadbirlari to ‘g‘risida» 
    qaror qabul qilindi. Q arorda jum ladan m ahalliy sharoit va 
    imkoniyatlami hisobga olgan holda bolalar muassasalarining ikki 
    tipini — yasli va bolalar bog‘chalarini yagona maktabgacha muas- 
    sasaga (yasli bog‘cha) birlashtirilishi hamda yasli va maktabgacha 
    tarbiya yoshidagi bolalami tarbiyalashning yagona dasturini ishlab 
    chiqish ko‘zda tutildi.
    Yangi hujjatga maktabgacha tarbiya pedagogikasi, bolalar 
    psixologiyasi va bolalaming o‘sishini o‘rganadigan yondosh fanlar 
    to ‘plagan ma’lumotlar hamda maktabgacha tarbiya yoshidagi bo­
    lalami tarbiyalashning eng yaxshi usulini umumlashtirish asos 
    qilib olindi. «Ilk yoshdan to maktabga kirish yoshigacha bo‘lgan 
    bolalar bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishlarining yagona prog- 
    rammasi» birinchi marta 1962-yilda e ’lon qilindi.
    «Programma»da e’tibor tarbiya jarayonida yosh davomiyligi o‘r- 
    tasidagi aloqa uzilib qolishini tugatishga qaratilgan edi. Ilgarigi pro-
    36


    grammaning metodik jihatlariga qaraganda unda maktabgacha 
    tarbiya yoshidagi bolalarga ta’lim berish masalalari ko‘proq aks 
    ettirildi. «Mashg‘ulotlarda ta’lim berish» bo‘limida taqdim etilgan 
    material ta ’lim berishda sistemalilikni amalga oshirish, bolalarning 
    bilim minimumini to la o‘zlashtirish, ulaming atrofdagi voqelik, 
    predmetlar va hodisalaming o‘zaro bog‘liqIigini anglay olishlari 
    uchun qulay sharoitlar yaratdi.
    «Programma», shuningdek, bola shaxsiyatini har tomonlama 
    kamol toptirish uchun zarur bo‘lgan muayyan bilimlar, ko‘nik- 
    malar va malakalar, yurish-turishdagi ijobiy odatlar, axloqiy 
    fazilatlami shakllantirishni ham ko‘zda tutdi. Unga mashg‘ulotlar, 
    dam olish, ko‘ngil ochish, uyqu, ovqatlanish, sayr qilish rejimi 
    kiritilgan. Tarbiyachi «Bolalar bog‘chasida tarbiya programmasi»ga 
    ko‘ra, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaga o ‘yinlar, ko‘ngil 
    ochish va mehnat orqali ta ’lim berish, turmush jarayonida tar- 
    biyalashning ko‘p tomonlama vazifalari hal etilishini ta’minlamog‘i 
    kerak edi. 1969-yilda takomillashtirilgan «Bolalar bog‘chasida tar­
    biya dasturi» chop etildi. U ilmiy tadqiqot va eng yaxshi ish taj- 
    ribasidan foydalanish asosida tuzilgan bo‘lib, maktablar bosh- 
    lang‘ich ta ’limining yangi programmaga o‘tishi bilan bog‘liq bo‘l- 
    gan talablami hisobga oldi. Shundan keyingi yillarda bu «Prog­
    ramma» ba’zi qo‘shimcha va tuzatishlar bilan bir necha marta, 
    masalan, 1978-yilda, 1988- va 1995-yillarda qayta nashr etildi.
    Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, barcha sohalar singari 
    ta’lim-tarbiyada ham ko‘pgina yangilanishlami amalga oshirish 
    ehtiyoji tug‘ildi. Buning uchun esa pishiq-puxta ishlangan, ma’lum 
    maqsad va vazifalarni o‘zida mujassamlashtirgan istiqbolli dastur 
    talab etilardi. Bola dunyoga kelgan kunidan boshlab, davlat, jamiyat 
    hamda ota-ona zimmasiga uni sog‘lom, aqlli, xushxulqli tarbiyalash 
    vazifasi qo'yiladi. Davlat va jamiyatning kelajagi yosh avlodning 
    qanday voyaga yetishiga ko‘p jihatdan bog'liqdir. 0 ‘z navbatida 
    jamiyat taraqqiyoti millatning m a’naviy darajasi bilan belgilanadi. 
    Sog‘lom avlodni tarbiyalash davlat va jamiyatning ustuvor yo‘- 
    nalishidir.
    Davlat va jamiyat maktabgacha yoshda bo‘lgan bolalami yagona 
    talab asosida rivojlantirish vazifasini qo'yadi. Shunga ko‘ra, «Mak- 
    labgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasiga qo‘yiladigan davlat 
    lalablari»ga tayangan holda maktabgacha yoshdagi bolalarga in­
    tegral tarzda ta’lim-tarbiya berish maqsadida 2002-yilda «Uchinchi 
    ming yillikning bolasi» dasturi o‘zbek olimlari tomonidan yara-
    37


    tildi. Bugungi kunda respublikamizning qishloq joylarida maktab­
    gacha yoshdagi bolalaming 17 foizi ta’lim-tarbiya muassasala- 
    rida, qolgan 83 foizi esa bevosita oilada tarbiyalanadi. Shu bois, 
    taqdim etilgan dastur tarbiyachilar va ota-onalarga mo‘ljallangan.

    Download 3,92 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   106




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish