xizmat va gigiyena; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, o‘qish va
savodga tayyorgarlik; bilish jarayoni, atrof olam to ‘g‘risidagi bilimga
ega bo‘lish va uni anglash). Bu to ‘rt yo‘nalish bo‘limlarga bo‘linib,
birgalikda bola rivojlanishining yaxlitligini tashkil etadi.
«Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan
Davlat talablari»ning vazifalari:
• kichik yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishga har tom on
lama yondashuvni ta’minlash;
• maktabgacha ta’lim metodikasini yaxshilash;
• kichik yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berish o‘quv dastur-
larini
yaratish;
• maktabgacha ta ’lim muassasalari
pedagoglari malakasini
oshirish (pedagog kadrlami o‘qitish o‘quv rejalari);
• maktabgacha ta’lim monitoringi va tahlilini olib borish;
• turli ko‘rinishdagi talablar (dasturlar uchun talablar, mak
tabgacha ta ’lim muassasalari pedagog xodimlarni sertifikatlashga
oid standartlar, ota-onalar uchun standartlar)ning yaratilishiga
zamin yaratish;
• ota-onalarga bolalarning talab darajasiga erishishlarida yor
dam ko‘rsatishga oid ko‘nikma va malakalami shakllantirish;
• jamiyatda bolalar rivojlanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlami boyitish.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta ’lim-tarbiyasiga qo‘yiladi-
gan Davlat talablarida maktabgacha yoshdagi bolalarning psixo-
logik xususiyatlari yosh guruhlar bo‘yicha ko'rsatkichlar asosida
berilgan: tafakkur, nutq, ixtiyoriy bilish jarayoni, jismoniy his
etish,
bilish obyekti, bilish usuli, muvaffaqiyatli o ‘zlashtirish
shartlari, muloqot shakllari, ko‘rsatkichlari orqali berilgan.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta ’lim-tarbiyasiga qo‘yiladi-
gan Davlat talablari quyidagi atamalar asosida berilgan: talab,
indikator, ta ’limga yondashuv va hayot xavfsizligi bo‘limlaridan
iborat. Bular:
Talab —
aniq yosh davrida bolalar bilishi va bajara olishi shart
bo‘lgan talablar majmuyi.
Indikator —
bolaning ko‘z bilan ko‘rsa va o‘lchansa bo'ladigan
ko‘nikma va malakalari ko‘rsatkichi. Har bir talab tarkibiga kiruvchi
bu komponent, mazkur talabni egallashi uchun bola nimalar
qilishni bilishi kerakligini ko‘rsatadi.
Har bir talab bir nechta
ko‘rsatkichni o‘z ichiga olishi mumkin.
T a ’limga yondashuv —
kattalarning bolalar bilan ta’lim ja-
rayonini tezlashtirish va talabni egallashga yo‘naltirish maqsadida,
39
иУ yoki maktabgacha ta ’lim muassasasida amalga oshiradigan
faoliyat turlari. Ushbu chora-tadbirlar mazkur talabni o‘zlashti-
rish v* bajarishga yo‘naltirib, aksariyat hollarda ta ’lim olish jarayo-
niga qiziqtirish uchun kattalar hamda bolalaming birgalikdagi
harakatlari bo‘lishi lozim.
Hciyot xavfsizligi
— berilgan talablar doirasida turli ko‘rinish-
dagi rivojlantiruvchi faoliyatlar uchun xavfsiz muhitni tashkil
etishga oid tavsiyalar.
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta ’lim-tarbiyasiga qo‘yiladi-
gan davlat talablarida 2,5 oylikdan — 3 oylik bolaning, 3
oylik-
d an 's. 6 oylik bolaning, 6 oylikdan — 12 oylikkacha bolaning,
12 oylikdan — 24 oylikkacha bolaning, 24 oylikdan — 36 oylik
kacha, 3 yoshdan — 5 yoshgacha bo‘lgan bolaning, 5 yoshdan —
7 yoshgacha bo‘lgan bolalaming rivojlanish ko'rsatkichlari to ‘rt
yo‘nalish bo‘yicha: jismoniy rivojlanish, o‘z-o‘ziga
xizmat va gi-
giyen^; ijtimoiy-hissiy rivojlanish; nutq, o‘qish va savodga tayyor-
garlik; bilish jarayoni, atrof-olam to ‘g‘risidagi bilimga ega bo‘lish
va uni anglash bo‘yicha pedagogik vazifalalar asosida rivojlanish
ko‘rsatkichlari berilgan. Masalan, 3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan
bolaning rivojlanish ko‘rsatkichlari:
l~$!o ‘nalish.
Jismoniy rivojlanish, salomatlik, madaniy-gigiyenik
ko‘nikmalar.
Bo ‘Um.
Yirik motorikaning rivojlanishi.
2~yo ‘nalish.
Ijtimoiy-hissiy rivojlanish.
Bo ‘Um.
Hissiy rivojlanish.
3~bo ‘lim.
Hissiy rivojlanish.
‘nalish.
Nutq, o‘qish va savodga o‘rgatish.
5~bo ‘lim.
0 ‘qish va savodga tayyorlash.
Yo ‘nalish.
Bilish jarayoni.
6~bo ‘lim.
Elementar matematik bilim va ko‘nikmalar.
7~bo ‘Um.
Atrof-olamni bilish va anglash.