Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/106
Sana02.08.2024
Hajmi3,92 Mb.
#269074
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   106
Bog'liq
Pedagogikasi

2.3. Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda
faoliyatning roli
l-chizma.
Shaxsni shakllantirishning asosiy omillari.
16


xilligi va boyligi, uni egallashdagi muvaffaqiyat oiladagi, bolalar 
bog‘chasidagi tarbiya va ta’lim sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi.
Bolaning dastlabki yoslilaridan boshlab faoliyatning eng od- 
diy turlari uning shaxsiy qobiliyatlarini, xususiyatlarini va at- 
rofdagi narsalarga munosabatini shakllantirishning asosi hisob- 
lanadi.
Ilk yoshdagi bolaning kattalar bilan (hissiy va hissiy-predmetli) 
muomalasining eng oddiy turlari unda taassurotlarga bo‘lgan ehti- 
yojini rivojlantiradi, tasawurlarini shakllantiradi. Yangi harakat 
usullarini egallab borgan sayin bolalarning faolligi oshib boradi. 
Biroq faollik darajasi, uning rivojlanishi irsiy jihatdan shart qilib 
qo‘yilgan zaminga, taqlid qilishga ham bog‘liq bo‘ladi. Hayotining 
dastlabki yillarida kattalar bilan muomala qilishni va buyumlar 
bilan ish olib borishni o‘z ichiga oladigan yo‘l-yo‘riq, tadqiqot 
faoliyati bolalar faoliyatining asosiy turlari bo‘ladi. Tarbiyachilar 
bolalar bilan m uom alada b o ‘lar ekanlar, ularni buyum lar 
dunyosiga olib kiradilar. Shunday yo‘l bilan bolalar o‘ziga xos 
buyumlar bilan bog‘liq faoliyatni egallaydilar. Bunda muomalaning 
o‘zi bola uchun zarur ehtiyojga aylanadi.
Buyumlar bilan bog‘liq faoliyatni tashkil etish oilada ham, 
maktabgacha ta ’lim muassasasida ham bir va ikki yoshli bolalami 
tarbiyalash vazifalaridan biri hisoblanadi, chunki bu faoliyatda 
barcha bilish jarayonlari, maqsadlari va xulq-atvor sabablari rivoj­
lanadi. Bu faoliyatda bolalar tarbiyachilar rahbarligida buyum- 
laming xususiyatlari, ular bilan qilinadigan harakatlar to ‘g‘risida 
dastlabki bilimlarni o‘zlashtiradilar.
Bola ikki yarim yoshga to ‘lganda buyumlar bilan bog‘liq fao­
liyat va muomala ancha yuqori rivojlanish darajasiga ko‘tariladi, 
o ‘yin va tasviriy faoliyatga o'tish uchun asos yaratiladi. Kattalar 
uyushtiradigan muloqot va faoliyatda bolalarda o‘zini o‘zi anglash- 
ning dastlabki shakllari shakllanadi. Bola o‘zini atrofdagi odam- 
lardan ajratadigan, o ‘z imkoniyatlarini anglab yetadigan bo‘la 
boshlaydi. Mustaqillik rivojlanishining ana shu bosqichida bolalar 
kattalaming vasiyligini qisman cheklashga intiladilar. 0 ‘zini o‘zi 
anglashning dastlabki shakllari xulq-atvor sabablarini shakllan­
tirishning boshlanishi bo‘ladi.
Ilk yoshdagi bolalarning faolligi va mustaqilligi bevosita katta 
odamning ishtiroki va ta’siri ostida ro‘y bersa, 4—6 yoshli bolalar 
xilma-xil faoliyatga tobora mustaqil, o‘z xohishlariga ko‘ra qo‘shiladilar, 
bunda ongning roli oshadi va ba’zan ijodiy xususiyatga ega bo‘ladi.
17


Ilmiy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, maktabgacha tarbiya 
yoshida yetakchi bo‘ladigan o ‘yin faoliyatida maktabgacha yosh­
dagi bolaning ijtimoiy bilish faolligi rivojlanadi. Tarbiyachilar rah- 
barligidagi o‘yinlar chog‘ida bolalar turli harakat usullarini, bu­
yumlar, ularning xususiyatlari va belgilari to ‘g‘risidagi bilim- 
larni o‘zlashtiradilar. Bolalar makon, vaqt munosabatlarini, o‘x- 
shashlikka va bir xillikka oid aloqalami anglab yetadilar, tushun- 
chalami egallaydilar. Harakatli o ‘yinlar harakatlaming rivojla- 
nishiga, makonda yo‘l-yo‘riq topishga yordam beradi. Birgalikdagi 
o‘yinlarda bolalar odamlar o‘rtasidagi munosabatlarni, harakat- 
larni muvofiqlashtirishning ahamiyatini anglab yetadilar va o‘z- 
lashtiradilar, atrofdagi narsalar to ‘g‘risidagi tasawurlarini ken- 
gaytiradilar.
Katta maktabgacha yoshdagi bolalarda o‘yin faoliyatining maz- 
muni xilma-xil bo‘ladi va har tomonlama rivojlanish imkoniyatlari 
kengayadi. 0 ‘yin xayolni rivojlantirishga, atrofdagi voqelik, odam­
lar mehnati to ‘g‘risidagi bilimlami chuqurlashtirishga, shaxsning 
jamoatchilik xususiyatlarini shakllantirishga ko‘maklashadi.
Muntazam mehnat topshiriqlari o‘z faoliyatini jamoat man- 
faatlariga bo‘ysundirish, ijtimoiy foyda keltirishga harakat qilish
mehnatning umumiy natijalaridan quvonish ko‘nikmalarini tar- 
biyalaydi va rivojlantiradi.
Mashg‘ulotlardagi eng oddiy o‘quv faoliyati atrofdagi tabiat, 
ijtimoiy turmush, odamlar haqidagi bilimlarni o ‘zlashtirishga, 
shuningdek, aqliy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yor­
dam beradi. Agar 3—4 yoshda ta ’lim paytida bolalarning e’tibori 
tabiat, odamlar hayotidagi aniq faktlar va hodisalarga qaratilsa,
5—6 yoshli bolalarga ta’lim berish muhim aloqalar va munosa- 
batlami o'zlashtirishga va aloqalami umumlashtirishga hamda eng 
oddiy tushunchalarni shakllantirishga qaratilgan bo‘ladi, bu esa 
bolalarda tafakkuming rivojlanishiga olib keladi. 0 ‘zlashtirilgan 
bilimlar va rivojlangan aqliy qobiliyatlami bolalar xilma-xil o‘yin- 
larda va mehnatda qo‘llaydilar. Bulaming hammasi bola shaxsining 
rivojlanishiga ta’sir etadi, unda faoliyatning yangi mazmuniga qi- 
ziqishni shakllantiradi.
Maktabgacha yosh davridagi ehtiyojlar, his-tuyg‘ular, maqsad- 
lami tarbiyalash va rivojlantirish shu darajaga yetadiki, u bolaga 
maktabdagi muntazam o‘qishga o‘tish imkonini beradi.
Bolaning jamiyatdagi yangi mavqeyi o‘z xatti-harakatini va teng- 
doshlarining xatti-harakatini o‘zgacha nuqtayi nazardan baholashni


sliart qilib qo‘yadi. Bola faollik, ijodkorlik ko‘rsatib, kattalarning 
uning xulq-atvoriga va faoliyatiga qo‘yayotgan tobora murakkab- 
lashib borayotgan talablarini bajarishga intiladi.
Har bir faoliyat turi, mazmuni va tuzilishi, ijtimoiy-tarixiy 
xarakteri yosh avlodga obyektiv ravishda ta ’sir ko‘rsatadi. Odam- 
larning ishlab chiqarish qurollarida, bilimda, san’atda, axloqda va 
hokazolarda jamlangan sermahsul faoliyati natijalari birgalikdagi 
faoliyatda va muloqotda bo‘lgan paytda tarbiya va ta ’lim vositasida 
katta avloddan kichiklarga beriladi. Odam shaxsining ijtimoiy 
labiati ana shunday shakllanadi.
Tarbiyachi tarbiyalanuvchida kuchli faoliyat ehtiyojini uyg‘otib, 
yangi xulq-atvor sifatlarini shakllantirishga yordam bergandagina 
kntilgan natijalarga erishadi.
Bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning yetakchilik 
roli to ‘g‘risidagi qoidadan kelib chiqib, uning o‘quv-tarbiya muas- 
sasalaridagi va oiladagi hayotini faoliyatning har xil turlariga boy 
boladigan qilib uyushtirish zarur. Bunda ularga mazmunni boyi- 
lishga, yangi ko‘nikmalami o‘zlashtirishga, mustaqillikni rivoj- 
lantirishga qaratilgan rahbarlik ta ’minlanishi kerak.

Download 3,92 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   106




Download 3,92 Mb.
Pdf ko'rish