biyani yetakchi omil deb qaraydi, chunki bu to ‘plangan
ijtimoiy
tajribani yetkazish uchun yosh avlodga ta ’sir ko‘rsatishning
maxsus uyushtirilgan sistemasidir. U oilada, bolalar bog‘chasida,
maktabda, m ehnat jam oalarida amalga oshirilib, turmushni,
faoliyatni, muomalani tashkil etishga qaratilgandir.
Shaxsni shakllantirishga ijtimoiy va tabiiy muhit katta ta*sir
ko‘rsatadi. Ijtimoiy m uhit shaxsni
rivojlantirishda ustun aha-
miyatga ega: ishlab chiqarishning taraqqiyot darajasi va ijtimoiy
m unosabatlar xususiyati kishilar faoliyati va dunyoqarashi
xususiyatini belgilab beradi. U shaxsni
shakllantirishda muhim omil
hisoblanadi.
Tabiiy muhit
(iqlim sharoitlari, o‘simliklar, hayvonot dunyosi-
ning ahvoli) ham shaxsning shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bizning
jamiyatimiz tabiiy boyliklarni muhofaza qilib va ko‘paytirib, kishi-
lami hayvonlar, o‘simliklar, suv havzalari va hokazolami muhofaza
etishga jalb qiladi, tabiat bilan faol muloqotda bo‘lish uchun keng
imkoniyatlar yaratadi, bu esa o‘z navbatida insonga har tomonlama
ta ’sir ko‘rsatadi.
Irsiyat nishonalari
shaxsni shakllantirishning obyektiv omilla-
riga kiradi. Insonlar organizmdagi
anatomik tuzilishni, flziologik
harakatni, modda almashinuvi tipini,
asab sistemasi tipi va qa-
yishqoqligini (bular uni atrof-muhit ta’siriga beriluvchan qilib
qo‘yadi), asab reaksiyalari jo ‘shqinligi va tezligini meros qilib
oladi. Irsiyat qonunlari to ‘g‘risidagi fan —
genetika odamlarda
yuzlab turli qobiliyat nishonalari — mutlaq eshitish, favqulodda
ko‘rish xotirasi, g‘oyat tez ta’sirlanishdan tortib
nodir matematik
va badiiy iste’dodgacha mavjud bo‘lishini nazarda tutadi.