Tarbiya va ta ’lim jarayonida katta yoshli odam bolaga tushu-
narli bo‘lgan mazmunni tanlaydi, uning o ‘zlashtirishiga rahbarlik
qiladi. Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning yetakchilik roli shu
bilan belgilanadi. Bunda bolaning
ruhiy-fiziologik imkoniyatlari,
ularning jo ‘shqinligi hisobga olinadi. Shu munosabat bilan tarbiya
jarayonining o‘zi doimiy bo‘lib qolmaydi. U o‘zgarib boradi: uning
mazmuni boyiydi va murakkablashadi, shakllari o‘zgaradi, o‘sa-
yotgan odam shaxsiga ta’sir ko‘rsatish usullari tobora xilma-xil
bo‘lib boradi.
Tarbiyaning o ‘zgarishi bolaning «eng yaqin rivojlanish zona-
lari» (L.S. Vigotskiy) bilan bog‘liq bo‘lib,
ular ancha murakkab
mazmundagi bilimlar, ko‘nikmalar, faoliyat turlari va hokazolarni
o‘zlashtirishga ruhiy-fiziologik imkoniyatlar paydo bo‘lishi bilan
ajralib turadi (masalan, emaklashdan keyin yurish; bijir-bijirdan
keyin faol nutqni o‘zlashtirish; ancha miqdordagi tasawurlarga
ega bo‘lgandan keyin tushunchalar darajasidagi bilimlarni o‘z-
lashtirish; buyum asosidagi o‘yin, mehnat faoliyatining vujudga
kelishi va h.k.). Tarbiya va ta ’lim eng yaqin
rivojlanish zonasiga
asoslanib, bugungi rivojlanish darajasidan oldinda boradi va bola
ning rivojlanishini olg‘a harakatlantiradi.
Inson shaxsining rivojlanishi bir qancha bosqichdan o'tadi.
Har bir navbatdagi bosqich awalgisi bilan mustahkam bog‘liq
bo‘ladi, aw al erishilgan bosqich yanada yuqoriroq bosqichning
tuzilishiga uzviy tarzda qo‘shiladi. Ilk yosh bosqichida shakllanadigan
rivojlanish odam uchun doimiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Mazmun,
metodlar, tashkil etish shakllarining aloqadorligi birinchi bos
qichdan oxirigacha tarbiyaning o‘ziga xos xususiyati hisoblanadi.
Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning hal qiluvchi roli ko‘zi
ojiz va kar bolalar uchun m o‘ljallangan jamoat muassasalarida,
ayniqsa, aniq namoyon bo‘ladi. Bunday bolalar uchun ishlab chi-
qilgan tarbiya sistemasi ularni turmushga va mehnat faoliyatiga
tayyorlashni ta’minlaydi.
Biroq tarbiya bola rivojlanishini jadallashtirmasligi, uning ruhiy
rivojlanishini sun’iy ravishda tezlashtirmasligi kerak.
Shuning
uchun maktabgacha tarbiya pedagogikasida bola shaxsini har
tomonlama va uyg‘un rivojlantirish, uning rivojlanishini boyitish
maqsadi o ‘rtaga qo‘yiladi.
Bola shaxsini rivojlantirishda tarbiyaning yetakchilik roli pe-
dagogning ham yetakchilik rolini, uning har bir bola shaxsini
shakllantirish uchun mas’uliyatini qaror toptiradi. Taniqli pedagog
15
A.S. Makarenko pedagogning roli va mas’uliyatini ta’kidlab, shun-
day yozgan edi: «Tarbiyaviy ta’sirning g‘oyat qudratli ta’sir ko‘r-
sata olishiga ishonchim komil. Agar
odam yomon tarbiyalangan
bo‘Isa, bunda faqat tarbiyachilar aybdorligiga aminman. Agar bola
yaxshi bo‘lsa, buning uchun u o‘z bolaligida tarbiya topganidan
qarzdordir».
Bolaning faolligi ijtimoiy tarixiy tajribani o‘zlashtirishga yordam
beradi, buning asosida uning bilish, ko‘rgazmali o‘yin, eng oddiy
mehnat va o‘quv kabi xilma-xil faoliyat turlari, shuningdek, muo-
malasi shakllanadi. Bola u yoki bu faoliyatni o‘zlashtirib,
faollik
ko‘rsatadi, ayni paytda shu faoliyat bilan bog‘liq bilimlar, malaka,
ko‘nikmalami o‘zlashtiradi. Shu asosda unda xilma-xil qobiliyatlar
va shaxs xususiyatlari shakllanadi.
Bolaning faoliyatdagi faol mavqeyi uni faqat tarbiya obyektiga
emas, shu bilan birga tarbiya subyektiga ham aylantiradi. Bu
bolani tarbiyalash va rivojlantirishda faoliyatning yetakchilik rolini
belgilaydi. Bolalarning rivojlanishi va tarbiyalanishining yosh
bilan bog‘liq davrlarida faoliyatning turli xillari yonm a-yon
bo‘ladi va o‘zaro ta’sir ko‘rsatadi, lekin bunda ulaming roli bir
xil bo‘lmaydi: har bir bosqichda faoliyatning yetakchi turi ajratiladi,
unda bolaning rivojlanishidagi asosiy yutuqlar namoyon bo‘ladi.
Har bir faoliyat ehtiyoj,
sabablar, faoliyat maqsadi, mavzuyi,
vositalari, buyumlar bilan amalga oshiriladigan harakatlar va
nihoyat, natija bilan ajralib turadi. Ilmiy m a’lumotlarning dalolat
berishicha, bola ularni darhol emas, balki asta-sekin va katta
yoshdagi odamning rahbarligida egallaydi.
Bola faoliyatining xilma-