• MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI BOLALARNING RIVOJLANISHI, TARBIYASI VA KAMOLOTI 2.1. Shaxsni rivojlantirish haqida tushuncha
  • Pedagogikasi




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/106
    Sana02.08.2024
    Hajmi3,92 Mb.
    #269074
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
    Bog'liq
    Pedagogikasi

    > P o 4
    < / > 
    Nazorat savollari
    V
    1 ----------------------------------------
    1. Maktabgacha ta’lim pedagogikasining predmeti nirna?
    2. Pedagogika metodologiyasi haqida nimalami bilasiz?
    3. Maktabgacha ta’lim pedagogikasining maqsad va vazifalari haqida 
    nimalami bilasiz?
    4. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi qaysi fanlar bilan aloqador?
    5. Ilmiy tadqiqot metodlaridan kimlar foydalanadilar, ular qaysilar?
    10


    2-bob. MAKTABGACHA TA’LIM YOSHIDAGI
    BOLALARNING RIVOJLANISHI,
    TARBIYASI VA KAMOLOTI
    2.1. 
    Shaxsni rivojlantirish haqida tushuncha
    Shaxsning rivojlanishi jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon bo‘lib, 
    u barcha tug‘ma va egallangan miqdor, sifat o ‘zgarishlarini o‘z 
    ichiga oladi.
    Jismoniy rivojlanish o‘sish, vaznning, kuchning ortishi, sezgi 
    a’zolarining mukammallashuvi, harakatlarni to ‘g‘ri boshqara bi- 
    lish bilan bog‘liqdir. Ruhiy rivojlanishda esa kishi shaxsidagi psi- 
    xologik sifatlar va belgilarning shakllanishi, emotsional-irodaviy, 
    bilish jarayonida muhim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bolaning ijtimoiy 
    rivojlanishi u ijtimoiy hayotda qatnasha boshlaganda uning xulqida, 
    tevarak-atrofga bo‘lgan munosabatida namoyon bo‘ladi.
    Shaxsning shakllanishi kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan 
    ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish, ta’lim-tarbiya berish orqali 
    amalga oshiriladi. Bu har xil faoliyatlarda yuzaga keladi. Bolalar 
    egallashlari lozim bo‘lgan mazmunni tanlash, uning egallab olishiga 
    rahbarlik qilish kattalar tomonidan ta’lim-tarbiya jarayonida amalga 
    oshiriladi. Tarbiya va ta’limning mazmuni, vositalari, metodlari, 
    bolaning rivojlanish jarayoni ulaming yoshi bilan izohlanadi. Jum- 
    ladan, kichik yoshdagi bolalar bilan ish olib borilganda ulaming 
    mustaqil hayotga butunlay moslashmaganligi hisobga olinadi.
    Keyingi yosh guruhlarida maktabgacha yoshdagi bolaning mus- 
    taqilligi, moslashishi ancha oshib boradi. Shunga muvofiq tarzda 
    ta ’lim-tarbiyaviy ishlarning vazifalari, mazmuni, vositalari o‘z- 
    garadi. Bolalaming maktabgacha yoshning oxiriga borib erishgan 
    rivojlanish darajasi ular bilan olib boriladigan ta’lim-tarbiya ishini 
    murakkablashtirish imkonini beradi.
    Ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirish faol ish jarayonida yuz 
    beradi. Faollik bolaga xos xususiyatdir. Tarbiya jarayonidagi faollik 
    asosida faoliyatning har xil turlari shakllanadi. Ulardan asosiylari: 
    munosabatda bo‘lish faoliyati, bilish, buyumlar bilan bo‘ladigan 
    faoliyat, o ‘yin, oddiy mehnat va o‘quv faoliyatlaridir. Ta’lim-
    11


    tarbiya orqali amalga oshiriladigan faoliyatlami maktabgacha yosh­
    dagi bolalar birdaniga o‘zlashtirib olmaydi, ularni bolalar tarbiyachi 
    rahbarligida sekin-asta egallab boradilar.
    Bolalar hayotining birinchi yilidanoq faoliyatning eng oddiy 
    turlari undagi shaxsiy qobiliyatlar, xususiyatlar, tevarak-atrofga ma’­
    lum bir munosabatning shakllanishida asos bo‘lib xizmat qiladi. Ma- 
    salan, kattalaming bolalar bilan bo‘ladigan hissiy, hissiy-predmetli 
    munosabatlaridanoq bolada dastlabki ijtimoiy talab vujudga keladi, 
    dastlabki harakat va tasawurlar, taassurotlar shakllana boshlaydi.
    Harakat usullarini egallab borish orqali bolada faollik rivojlanadi. 
    Ammo faollikning qay darajada rivojlanib borishi irsiyatga hamda 
    taqlidchanlik qobiliyatiga bog‘liq. Bola hayotining dastlabki yillarida 
    kattalar bilan bo‘ladigan munosabati va narsa-buyumlar bilan 
    bajargan harakati asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Bola bilan muomala 
    qilish orqali kattalar ularni asta-sekin buyumlar olamiga olib kira- 
    dilar. Mana shu yo‘l bilan bola buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyat­
    ning o‘ziga xos tomonlarini egallab boradi.
    2,5 
    yoshdan keyin buyumlar bilan bo‘ladigan faoliyatda bolalar 
    ancha yuqori ko‘rsatkichlarga erishadilar va ularning о‘yin hamda 
    tasviriy faoliyatga o‘tishlari uchun asos yaratiladi. Kattalar tomo- 
    nidan tashkil etilgan muomala, munosabatlarda, faoliyatlarda o‘z- 
    o‘zini anglab olishning dastlabki shakllari shakllanadi.
    Mashg‘ulotlardagi o‘quv faoliyati orqali bolalar tevarak-atrof- 
    dagi tabiat, ijtimoiy hayot, kishilar to ‘g‘risidagi bilimlami o‘zlash-
    l irib oladilar. Shuningdek, ularning aqliy va amaliy bilimlari ken- 
    ^.ayib boradi.
    Agar ta’lim jarayonida 3—4 yoshli bolalar diqqati tabiat, kishi- 
    l.ii io‘g‘risidagi aniq faktlarga qaratilsa, 5—6 yoshli bolalarga ta’lim 
    Ix iishda asosiy e’tibor muhim bog‘liqliklar va munosabatlarga, 
    nl.mliiKM oddiy tushunchalami shakllantirishga qaratiladi. Bular
    • и<|.i1
    1
    bolalarda tushunarli tafakkur rivojlantiriladi. Kichik maktab 
    so'.ludiipi bolalar uchun o‘qish asosiy faoliyat bo‘lib qoladi va bu 
    liioliviilm bolalar ijtimoiy ahamiyatli faoliyat deb anglay boshlay- 
    tliltH KdIii o'/ini maktab o‘quvchisi deb tushuna boshlaydi.
    I>t*muk, bolani tarbiyalashda, uning rivojlanishida faoliyat 
    ViHiiki'lil ml o'ynaydi. Shuning uchun ta’lim-tarbiya muassasalarida 
    vm
    olliulii boliining hayotini u turli-tuman faoliyatlar bilan shug‘ul- 
    1йПй otitctiglin qilib tashkil etish kerak. Bunga, albatta, bolalar 
    fholiyntlnlnn mu/.munini boyitib borish, yangi bilim, malakalarni 
    slngdlrlNh mtiKtaqilligini rivojlantirish bilan erishiladi.
    12


    Inson shaxsini shakllantirish bu tevarak-atrofdagi dunyoga, 
    tabiatga, mehnatga, boshqa odamlarga va o ‘ziga munosabat sis- 
    temasini izchil o ‘zgartirish va murakkablashtirishdir. Bu uning 
    butun hayoti davomida ro‘y beradi. Bunda bolalik va o ‘smirlik 
    yoshi, ayniqsa, muhimdir.
    Insonning shaxs sifatida rivojlanishi uning jismoniy va ma’naviy 
    kuchlari birligida har tomonlama va yaxlit amalga oshiriladi. Dunyo- 
    qarash, e’tiqod, ma’naviy sifatlar, his-tuyg‘ular (burch, vijdon, 
    mas’uliyat, muhabbat) madaniyati aniq tarixiy ijtimoiy sharoitda 
    yaratiladi va shaxsning shakllanishiga ta ’sir etadi.
    Psixologiya va pedagogika inson shaxsi faoliyat va muomalada 
    shakllanadi hamda rivojlanadi, deb ta’kidlaydi. Agar inson ijtimoiy 
    faoliyatning turli xillarida: o‘quv, ishlab chiqarish faoliyati va hoka- 
    zolarda ishtirok etsa, bu faoliyat shaxsni rivojlantiradi, lekin fao­
    liyat odamni u yoki bu ijtimoiy munosabatlardan chegaralab 
    qo‘ysa, u yo shaxsning rivojlanishiga to ‘sqinlik qiladi yoki uning 
    rivojlanishini buzadi. Shaxsning yetakchi xususiyatlari shaxsga, 
    uning ichki dunyosiga tashqi ta’sir natijasida rivojlanadi. Shaxs 
    ma’naviyati shaxsning o‘z ichki ishining yakuni bo‘lib, bu jara- 
    yonda tashqi ta’sirlar qayta ishlanadi va o‘zlashtiriladi.
    Insonning rivojlanishi miqdor va sifat o ‘zgarishi, eskining yo‘q 
    bo‘lishi va yangining vujudga kelishi jarayoni bo‘lib, uning man- 
    bayi va harakatlantiruvchi kuchlari shaxsning ham tabiiy, ham 
    ijtimoiy tomonlarining ziddiyatli o‘zaro aloqasida yashiringandir.
    Inson jismonan butun umri davomida rivojlanadi va o‘zgaradi. 
    Bu rivojlanish va o‘zgarishlar yosh xususiyatiga ega bo‘ladi.
    Maktabgacha pedagogika fani bu ziddiyatli o‘zaro aloqani ochib 
    tashlaydi va ulardan shaxsni shakllantirish uchun foydalanadi. 
    Jumladan, bolaning odamlar hayotida ishtirok etish ehtiyoji bilan 
    intilishini amalga oshirish imkoniyatlari o‘rtasidagi ziddiyat o‘yin- 
    ning vujudga kelishi va rivojlanishiga hamda bolalardagi o‘ym fao- 
    liyatida ijtimoiy xulq-atvor shakllari, ijtimoiy munosabatlar va 
    hokazolaming shakllanishiga olib keladi.
    Shaxsni shakllantirish tarbiya jarayonida ro‘y beradi, inson 
    tarbiyasi xalq baxt-saodati yo‘lidagi bunyodkorlik mehnatida, 
    ijtimoiy hayotda, sotsial-iqtisodiy vazifalami hal etishda amaliy 
    ishtirokida yuzaga keladi.
    Shaxsni shakllantirishga uch omil: 

    Download 3,92 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




    Download 3,92 Mb.
    Pdf ko'rish